Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Fransuz burjua inqilobi
http://eduportal.uz


40

1789-yil 5-may ...

XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida ...

Lyudovik XVI faoliyati ...

Gabriel de Mirabo faoliyati ...
Qirolning taxtdan ag‘darilishi va respublikaning e’lon qilinishi.
1791-yili yangi Qonun chiqaruvchi majlis o‘z ishini boshladi. U zafarli
urush mamlakatda vatanparvarlik hissini kuchaytiradi va inqilobiy
holatni bartaraf etadi, degan fikr bilan Avstriyaga qarshi urush e’lon
qildi. Fransuzlar Belgiyaga qo‘shin kiritdi, bunga javoban avstriya-
liklar va prusslar Fransiyaga bostirib kirdi hamda bir nechta qal’ani
egallab oldi. Fransiyaga qarshi urushga Angliya ham qo‘shildi.
Shunda Qonun chiqaruvchi majlis «Vatan xavf ostida!» degan cha-
qiriq bilan xalqqa murojaat qildi. Valmi qishlog‘i yaqinidagi jangda
fransuz qo‘shinlari pruss armiyasi hujumlarini qaytardi. Bu mam-
lakatni bosqinchilardan ozod qilishning boshlanishi edi. Shu kuni,
ya’ni 
1792-yil 22-sentabrda
Konvent monarxiyani bekor qilish va
Fransiyada Respublika tuzumini o‘rnatish to‘g‘risida dekret qabul
qildi.
Poytaxtda Milliy gvardiya va ko‘ngillilar lashkari qirol saroyini
qurshab oldi. Qirol Lyudovik XVI oilasi bilan birga qamoqqa olindi.
Shu tariqa inqilobning ikkinchi bosqichida monarxiya ag‘darib
tashlandi. Ko‘pgina monarxistik gazetalar yopildi, sobiq vazirlar
qamoqqa olindi. 25 yoshga to‘lgan barcha erkaklarga saylash huquqi
berildi.
1789-yil 14-iyulda
Bastiliya qal’asi egallandi.
1791-yil sentabrda
Òa’sis majlisi Fransiya tarixida ilk konstitutsiyani
qabul qildi.
1792-yil 22-sentabrda
Fransiyada Respublika tuzumini o‘rnatish
to‘g‘risida dekret qabul qilindi.
Yakobinchilar diktaturasining o‘rnatilishi va halokati.
Konventning
qaroriga binoan, 1793-yil yanvarda qirol Lyudovik XVI qatl qilindi.
Qirolning qatl qilinishi Angliya va Ispaniyani Fransiyaga qarshi
urushga chorladi. Avstriya armiyasi hujumga o‘tdi. Fransuz qo‘shin-
lari mag‘lubiyatga uchray boshladi. Yakobinchilar va oddiy xalq bun-
da jirondachilarni aybladi. Ayni paytda yakobinchilarning obro‘yi
oshib, Fransiyada hokimiyat yakobinchilarga va ularning yo‘lbosh-
chilari – Robespyer, Marat va Dantonga o‘tdi. Ular shafqatsiz terror
http://eduportal.uz


41
boshqaruvini o‘rnatdi. Jirondachi deputatlar qatl qilindi. Aksilinqilob-
chilar esa qamoqlardan shahar tashqarisiga olib chiqilib, otib tash-
landi. Yakobinchilarning shafqatsizligi chegarasiz, ayovsiz va ma’nosiz
edi.
Konventda Robespyer va uning tarafdorlariga qarshi fitna yetilib
borardi. 1794-yil 27-iyulda Robespyer Konventda gulduros qarsaklar
ostida qamoqqa olindi. Robespyer va uning tarafdorlari qonundan
tashqari deb e’lon qilindi, bu esa sudsiz qatl degani edi. Hammasi
bo‘lib yuzga yaqin kishi qatl qilindi, ular, asosan, Parij Kommunasi
a’zolari edilar. Kommuna bekor qilindi.

1793-yil yanvarda ...

1794-yil 27-iyulda ...

Robespyer, Marat, Danton faoliyati – bu ...

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə