Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Gabriel de Mirabo
bo‘l-
di. U boy va mashhur oiladan chiqqan, tajribali hamda dono siyosat
arbobi edi. Mirabo uchinchi tabaqani birlikka chaqirdi.
Shu orada Milliy kengash o‘zini 
Òa’sis majlisi
deb e’lon qildi. Parij
gazetalari inqilob bir tomchi ham qon to‘kilmasdan yakunlandi, deb
yozdilar. Ammo Parij xotirjam emasdi.

Birinchi tabaqa – ruhoniylar.

Ikkinchi tabaqa – dvoryanlar.

Uchinchi tabaqa – savdogarlar, hunarmandlar, dehqonlar, burjuaziya.
Bastiliyaning olinishi.
O‘zgarishlardan norozi bo‘lgan olomon
1789-yil 14-iyulda
Bastiliya qal’asiga bostirib kirdi. Qal’adagi qo‘-
shinlar taslim bo‘ldi, qal’a komendanti (boshlig‘i) qatl etildi. Shu
tariqa inqilob olomonning shafqatsiz terrori bilan boshlandi. Lyudo-
vik XVI qo‘zg‘olonchilarga yon berishga qaror qildi. Qirol Òa’sis maj-
lisini tan oldi. Poytaxtda hokimiyat shahar kengashi – Parij Kom-
munasi qo‘liga o‘tdi. Hukmron doiralarning mavjud ziddiyatlarni o‘z
vaqtida hal qila olmaganligi shu tarzda inqilobga olib keldi. Absolut
monarxiya quladi.
Burjuaziya hokimiyat tepasida.
Absolutizmning qulashi bilan ho-
kimiyat yirik burjuaziya qo‘liga o‘tdi, ammo mamlakatda tinchlik
o‘rnatilmadi. Butun mamlakatni inqilob va dehqonlar qo‘zg‘olonlari
qamrab oldi. Òa’sis majlisi 
«Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiya-
si»
ni qabul qildi. U so‘z va matbuot erkinliklari hamda xususiy mulk-
ning daxlsizligi kabi burjua huquqlarini e’lon qildi. Deklaratsiyaning
mohiyati
 «Ozodlik, Òenglik, Birodarlik!»
degan uchta so‘zda o‘z ifo-
dasini topdi.
1791-yil sentabrda
Òa’sis majlisi Fransiya tarixida ilk kons-
titutsiyani qabul qildi. Unda qirol hokimiyati cheklandi. Shu tariqa
Fransiyada yirik burjuaziyaning hokimiyati o‘rnatildi va inqilobning
birinchi bosqichi yakunlandi.
Inqilob jarayonida fransuz jamiyati turli siyosiy oqimlarga bo‘linib
ketdi. Òa’sis majlisi deputatlaridan qirol tarafdorlari bo‘lganlar o‘nglar
yoki 
royalistlar 
(
royal
– qirol) deb ataldi. So‘l deputatlarning ko‘p-
chiligi Jironda viloyatidan saylanganligi tufayli ular 
jirondachilar
de-
gan nom olishdi.
Ayni paytda inqilob hali oxiriga yetgani yo‘q, o‘rta va kichik bur-
juaziya hokimiyatga kelmadi, dehqonlarga yer berilmadi, deb hisob-
http://eduportal.uz


39
lovchilar ham anchagina edi. Bu o‘ta so‘l oqim 
yakobinchilar
(ular
Avliyo Yakob monastirining kutubxonasida yig‘ilganligi uchun shun-
day atalgan) faoliyatida o‘z ifodasini topdi.
– inqilobiy armiya harakati
– dushman kuchlarining Fransiyaga kirib kelishi

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə