Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Inqilobning sabablari.
Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi va
Reformatsiya natijasida ingliz jamiyatida bo‘linish yuz berdi. Yangi
zodagonlar kapitalizm rivojlanishidan manfaatdor bo‘lsa, qirol va
amaldorlar eski tartiblarning saqlanib qolishini istardi. Shunday sha-
roitda styuartlarning yangi qirollik sulolasi ingliz parlamenti va 
pu-
ritanlik
(kalvinistlar Angliyada shunday atalgan) cherkoviga qarshi
kurashga kirishib ketdi. Vujudga kelgan qarama-qarshiliklar inqilob-
ning asosiy sababiga aylandi.

1603-yilda ...

1640-yilda ...
Yelizaveta I – Angliya
qirolichasi
http://eduportal.uz


30
Qirol bilan parlament o‘rtasidagi nizo Karl I davrida yanada kes-
kinlashdi. Qirol parlamentni tarqatib yubordi. Angliyada Karl I ning
shaxsiy hukmronligi o‘rnatilib, bu davrda savdogarlar, yangi dvoryan-
lar, hurfikr dindorlar davlat ishlaridan butunlay chetlatildi.
Inqilobning boshlanishi.
1640-yilning boshiga kelib, xazina bo‘shab
qoldi. Mamlakatda ko‘plab ochlar qo‘zg‘oloni, Londonda esa ko‘cha
tartibsizliklari bo‘lib o‘tdi. Shotlandiya Angliyaga qarshi harbiy hara-
katlarni boshlab yubordi.
Shunday sharoitda 1640-yili yangi parlament yig‘ildi. Bu parla-
ment uzoq vaqt tarqatilmaganligi uchun 
«Uzoq muddatli parlament»
nomi bilan tarixga kirdi. Bu inqilobning boshlanishi edi.
Angliya burjua inqilobi
1645-yili parlament hoki-
miyati ostiga o‘tgan hududlar
1643-yili parlament hoki-
miyati ostidagi hududlar
Irland dehqonlariga qarashli
yerlar
http://eduportal.uz


31
Uzoq muddatli parlament bir qancha muhim islohotlarni amalga
oshirdi. Parlamentning absolutizmga qarshi qaratilgan dastlabki qa-
rorlaridan biri qirol ministrlarining sudga tortilishi bo‘ldi. Ko‘pgina
yuksak lavozimli amaldorlar, yepiskoplar, sudyalar qamoqqa olindi.
Aslida amalga oshirilgan bu o‘zgarishlar, o‘z mohiyatiga ko‘ra,
Angliya davlat tuzumida yuz bergan inqilobiy to‘ntarish edi.

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə