Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 2,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/142
tarix29.09.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#124858
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   142
filename-167

Suv tashuvchilar Koreya. XIX asr
http://eduportal.uz


140
larning xristian dinini qabul qilgan koreyslar bilan birga qatl etilishi
Koreyaga fransuz harbiy kemalari yuborilishi uchun bahona bo‘ldi.
Harbiy kuchlarga tayangan fransuzlar missionerlarning o‘limi uchun
tovon sifatida Koreya portlarining ochilishini talab qildilar. Biroq
tashrif muvaffaqiyatsiz bo‘ldi – ikkita kema Koreya qirg‘oqlari yaqi-
nida sayozlikka o‘tirib qoldi.
Xitoyning chet davlatlar uchun zo‘ravonlik bilan «ochilishi» va
manjurlarning qudratli G‘arb davlatlariga taslim bo‘lishi Koreyaning
hukmron doiralariga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Seullik hukmdorlar
mamlakatni tashqi dunyodan yana ham qattiqroq va yana ham to‘-
laroq ajratib qo‘yish yo‘liga o‘tdilar.

1831-yili ...

1832-yili ...

Li sulolasi tanazzulining sabablari – bu ...
XIX asrning o‘rtalarida Koreyadagi ichki vaziyat xalq g‘azabining
oshib borishi bilan xarakterlanadi. Missionerlardan biri o‘z yashirin
xabarida: «Kichik bir uchqun shunday yong‘in keltirib chiqarishi
mumkinki, uning oqibatlarini, hatto hisobga olib ham bo‘lmaydi»,
deya yozgandi.
Ocharchilik ahvolni yanada og‘irlashtirib yubordi. Dehqonlarning
ko‘plab qo‘zg‘olonlari ko‘tarildi, biroq ularning hammasi hukumat
tomonidan shafqatsizlik bilan bostirildi. Bu orada kapitalistik davlat-
larning Koreyaga bosimi ham kuchaydi. Ayniqsa, amerikaliklar bir
necha bor Koreya portlarini o‘zlari uchun «ochishga» va teng bo‘lma-
gan shartnomalar tuzishga urinib ko‘rdilar.
Lekin ularning barcha urinishlari koreyslarning qattiq qarshiligiga
uchradi va amalga oshmadi.
1863-yili 12 yoshli Li Sze Xvan Qirol Kojon nomi bilan taxtga
o‘tqazildi. Hokimiyatni vaqtincha 
tevongun
(hokim) bo‘lgan uning
otasi Li Xa In egallab oldi. Òevongun eng muhim davlat lavozimlariga
o‘z odamlarini qo‘yib olgan 
noron
(oqsoqollar) asilzodalar partiyasi-
ning zo‘ravonligiga chek qo‘ydi. U, hatto dvoryan bo‘lmagan qatlam-
lar – savdogarlar, o‘ziga to‘q mayda yer egalarining ayrim vakillariga
ham davlat xizmatiga kirish imkoniyatini yaratdi. Koreyaning ilgari
hal qiluvchi ta’sirga ega bo‘lgan asilzodalarining qudrati bir qadar
zaiflashdi.
Oddiy kishilar to‘laydigan harbiy soliq barcha qatlamlar uchun
majburiy uy boshi solig‘i bilan almashtirildi. Asilzodalar va oddiy
http://eduportal.uz


141
xalqni «tenglashtirish» maqsadida xalq uchun qora rangli oyoq kiyim
kiyish taqiqlandi. Yangi podsholikning obro‘yini oshirish uchun te-
vongun XVI asrda yaponlar bosqini paytida yonib ketgan Kyonbokkun
saroyini tikladi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə