Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


-yili  AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur qildi. 1858-yili



Yüklə 2,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/142
tarix29.09.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#124858
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   142
filename-167

1854-yili 
AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur qildi.
1858-yili 
Yaponiyada amerikaliklarga yana bir nechta port ochib qo‘yildi.
1867-yili 
tokugava sulolasining oxirgi syoguni imperator Mutsuxitoning
foydasiga oliy hokimiyatdan voz kechdi.
Harbiy islohotga ko‘ra, Yaponiyada umumiy harbiy majburiyat
joriy etildi. Samuraylar avvalgi qiyofasini yo‘qotdi. Endi ular doimiy
Imperator Meydzi
http://eduportal.uz


137
harbiy xizmatda bo‘lish imtiyozidan mahrum bo‘ldilar. Yevropacha
shakldagi yangi qo‘shinni tuzish boshlandi.
Fransiyadan harbiy mutaxassislar taklif etildi. Qo‘shin Yevropadan
sotib olingan zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirildi. Garchand
qo‘shin yevropacha andoza asosida tuzilgan bo‘lsa-da, uning maf-
kurasi yaponcha bo‘lib qolaverdi. Chunonchi, qurolli kuchlarda xiz-
mat qiluvchilar ongiga o‘z davlatining manfaatlariga sodiqlik, impe-
ratorga muhabbat va o‘limni nazar-pisand qilmaslik g‘oyalari izchillik
bilan singdirildi. Bu xususiyatlar «yaponcha milliy ruh»ning qirralari,
belgilari deb hisoblandi.
Bundan tashqari, yaponlar ongiga Yaponiyaning quyosh xudosi
Amaterasu xohishiga ko‘ra paydo bo‘lganligi, shuning uchun ham bu
davlat Osmon va Yer kabi abadiy mavjudligi, imperatorga xudo Ama-
terasudek mehribonlik xos ekanligi, uning hech qachon nohaq bo‘li-
shi mumkin emasligi ta’kidlandi. Imperatorga sodiqlik vatanparvar-
likning oliy namunasi ekanligi, yaponlarning boshqalardan ustunligi,
millatning ulug‘ vazifasi kabi g‘oyalar ham undan-da kam bo‘lmagan
sabr-bardosh bilan singdirila borildi. Ayni paytda G‘arb davlatlari
siquviga qarshi turmoq uchun barcha Osiyo davlatlari Yaponiya impe-
ratori hokimiyati ostiga birlashishi lozimligi haqidagi g‘oyalar ham
esdan chiqarilmadi.
Bu g‘oyalarni yoshlar ongiga singdirishda ibodatxona, qo‘shin va
maktablar faoliyatiga katta e’tibor berildi. Bu g‘oyalar kelgusida
Yaponiyaning Osiyo qit’asida olib borgan keng ko‘lamli bosqinchilik
urushlarini mafkuraviy jihatdan tayyorlash jarayonida muhim rol o‘y-
nadi.

1854-yilda ...

Amaterasu – bu ...

1867-yil ...

Yaponlar ongiga ... sabr-bardosh bilan singdirila borildi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə