Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 2,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/142
tarix29.09.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#124858
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   142
filename-167

Ijodiy ish topshirig‘i
Yaponlar ongiga sabr-bardosh bilan singdirilib borilgan g‘oyalarni tahlil qiling
va daftaringizga yozing. Zamonaviy Yaponiya rivojlanishida «Yaponcha milliy
ruhning qirralari» mavzusida esse yozing.
Internet vositasida 
XIX asrda Yaponiya davlati
ga virtual sayohat uyushtiring va
Yaponiya modernizatsiyasining belgilarini ustun holatga keltirib, daftaringizga yozing.
Mavzuga aloqador «Syogun» badiiy filmini ko‘ring va xulosa chiqaring.
29-mavzu: 1800–1870-YILLARDA KOREYA
XIX asr boshlarida hokimiyatdan siqib chiqarilgan asilzodalar
hukmron guruhga qarshi jangga hozirlanar edi. Li hukmron sulolasiga
qarshi boy zamindor Xon Gyon Ne boshchiligidagi eng yirik qurolli
qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tdi. Ular dastlab erishgan bir qator muvaf-
faqiyatlariga qaramasdan, oxir-oqibatda mag‘lubiyatga uchrab, shaf-
qatsiz jazolandi. Asirga olingan Xon Gyon Ne qatl etildi. Isyonning
http://eduportal.uz


139
bostirilishi mamlakatda noroziliklarni to‘xtata olmadi. 1813-yili
Jejudo orolida dehqonlar va baliqchilarning qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi.
Keyin bir qator qurg‘oqchilik yillari keldi, ularda ochlikdan va
kasalliklardan ko‘plab odamlar qirilib ketdi.
Li Son Ge qachon li sulolasiga asos solgan edi?
Koreyani ochlik va vabo epidemiyasi qamrab oldi. Shaharlarda
ochlarning bir qator isyonlari ro‘y berdi.
XIX asrning 30–60-yillarida Koreya.
XIX asrdan koreys ja-
miyatining barcha tizimlaridagi inqiroz yanada keskinlashdi. Ichki
siyosiy ziddiyatlar tufayli zaiflashgan li sulolasi tanazzulga yuz tutdi.
Ana shunday paytda mamlakatga Koreyani chet davlatlar uchun
ochish va uni mustamlakaga aylantirishga intilayotgan kapitalistik
davlatlar xavf solayotgan edi. Bu xavf dastlab yevropalik xristian mis-
sionerlarining faolligi oshganligi bilan ifodalandi.
1831-yili Rim papasi Koreya yepiskopligi tuzilganligini e’lon
qildi. 1832-yili Koreya qirg‘oqlari yaqinida paydo bo‘lgan kema Bu-
yuk Britaniya nomidan savdo munosabatlari o‘rnatishni taklif qildi,
lekin rad javobini oldi. Bu orada xristian cherkovi missionerlari
vakillari Koreyaga yashirin kirib kelib, o‘z faoliyatlarini olib borayot-
gan edilar. Ular, asosan, fransuz missionerlari edi. Bu missioner-

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə