Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


«Ma’rifatli boshqaruv» davrining boshlanishi



Yüklə 2,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/142
tarix29.09.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#124858
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   142
filename-167

«Ma’rifatli boshqaruv» davrining boshlanishi.
Chet el davlatlari
uchun «ochilish» Yaponiya iqtisodiga ham salbiy ta’sir ko‘rsata bosh-
ladi. Chunki Yaponiya bozorlarining chet el tovarlari bilan to‘ldirilishi
bu yerdagi manufaktura va hunarmandchilik ishlab chiqarishiga katta
zarba berdi. Natijada, chet elliklarni mamlakatdan quvib chiqarishni
talab qiluvchilar harakati kuchaydi.
Ayni paytda samuraylarning savodxon qismi va ziyolilar Yaponiya
chet elliklar uchun yopiq bo‘lgan yillarda mamlakat taraqqiyoti AQSH
va G‘arbiy Yevropa davlatlaridan orqada qolganligini yaxshi tushun-
ganlar. Shuning uchun ular chuqur islohotlar o‘tkazish yo‘li bilan
Yaponiyani zamonaviy davlatga aylantirish haqida o‘ylay boshla-
ganlar.
Imperator tarafdorlari Yaponiyani modernizatsiya qilish uchun
kurashuvchilar harakatidan syogun hokimiyatini tugatish va imperator
hokimiyatini qayta tiklash uchun foydalanishga qaror qildilar.
Shu tariqa mamlakatning kuch bilan ochilishi va syogun hukuma-
tining chet davlatlar bilan imzolagan teng bo‘lmagan shartnomalari
Yaponlarda sholi oqlash jarayoni
http://eduportal.uz


136
mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishiga turtki bo‘ldi. Syogun ho-
kimiyatini ag‘darish uchun ommaviy harakatning asosiy kuchini sa-
muraylar tashkil etdi. Ularga qishloq va shaharlarning boy hamda
o‘rta tabaqalari qo‘shilishdi. Fuqarolar urushi natijasida syogun ho-
kimiyati ag‘darildi.
1867-yili tokugava sulolasining oxirgi syoguni 
imperator Mutsu-
xito
ning foydasiga oliy hokimiyatdan voz kechdi. Shu yili unga
imperator Meydzi
(«ma’rifatli boshqaruv») nomi bilan toj kiydirildi.
Meydzi islohotlarining boshlanishi.
Yaponiya uchun modernizatsiya davri bosh-
landi. Hukumat o‘z oldiga milliy an’analar-
dan voz kechmagan, mustaqillikni to‘la saq-
lab qolgan holda G‘arb namunasida Yaponi-
yani zamonaviylashtirish vazifasini qo‘ydi.
Dastlab agrar islohot o‘tkazildi. Bu islohot
yerni sotish va sotib olishga, uni xususiy
mulkka aylantirishga ruxsat berdi. Natijada,
asrlar davomida katta yer egalari uchun mehnat qilib kelgan deh-
qonlar chek yerga ega bo‘ldilar. Shuningdek, yer uchun katta soliq
ham belgilab qo‘yildi.
Bu soliq qiymati hosildan olinadigan daromad hajmining
50 foiziga teng edi. Shuning uchun ham islohotdan 10 yil o‘tgach, yer
olgan dehqonlarning atigi 1/3 qismi o‘zlariga berilgan yerni qo‘llarida
saqlab qola oldilar. Qolganlari esa ijarachilarga aylandilar. Shunday
bo‘lishiga qaramay, islohot qishloq xo‘jaligida kapitalistik muno-
sabatlarning rivojlanishini ta’minladi.
Ma’muriy sohada o‘tkazilgan islohot mahalliy knyazlar hoki-
miyatini tugatdi. Knyazlar qudratini sindirish uchun dastlab ular yer-
larining bir qismi musodara qilindi. So‘ng knyazlar boshqaruv hu-
quqidan ham mahrum etildi. Joylarda hokimiyat imperator tayin-
laydigan gubernatorlar qo‘liga o‘tdi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə