Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 2,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/142
tarix29.09.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#124858
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   142
filename-167

Òaypinlar mag‘lubiyati. 
Qo‘zg‘olon rahbarlarining orzu-umidlari
puch xayol edi, xolos. Ularning yerni oilaga oila a’zolari soniga qarab
teng bo‘lib berish haqidagi rejalari qo‘zg‘olonda ishtirok etayotgan
mulkdor tabaqalarni qo‘zg‘olondan uzoqlashtirdi. Bu hol taypinlar
rahbarlari orasida nizo kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Yer ololmagan
dehqonlar esa umidsizlikka tusha boshladilar. Bu esa davlat ma’mur-
lariga taypinlarni tor-mor keltirishda yordam berdi. Hukumat kuch
to‘plab, hujumga o‘tdi. Unga Buyuk Britaniya, Fransiya va Amerika
Qo‘shma Shtatlari yordam ko‘rsatdilar. Buyuk davlatlar Xitoyda inqi-
rozga yuz tutgan chin sulolasi hukmronligi saqlanib qolishidan man-
faatdor edilar. 1864-yili hukumat qo‘shinlari qo‘zg‘olon rahbarlari
joylashgan Nankin shahrini ishg‘ol qildilar. Xun Syutsyuan o‘z joniga
qasd qildi. Òaypinlar qo‘zg‘oloni bostirilganidan keyin chet el mus-
tamlakachilari chin sulolasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirdilar va
uning yangi-yangi yon berishlariga erishdilar.
XIX asrning boshlarida hali buyuk davlat sanalgan Xitoy asr
o‘rtalariga kelib, G‘arb davlatlari, so‘ngra esa AQSH, Rossiya va
Yaponiyaning ham mustamlakachilik manfaatlari kesishgan eng
dolzarb hududga aylandi. Xitoyning iqtisodiy va harbiy qoloqligi
uning o‘z-o‘zicha saqlanib qolayotgan buyuk davlat maqomiga
qaramasdan, uni G‘arb davlatlarining yarimmustamlakasiga
aylantirdi.
Afyun
(abiyun) – mudratuvchi, uxlatuvchi so‘zidan kelib chiqqan, kuchli
giyohvand modda.
1. Xitoy qay tariqa buyuk davlatlar asoratiga tushib bordi?
2. «Yopiq eshiklar» siyosatidan ko‘zlangan maqsad nima edi va u qanday oqibat-
larga olib keldi?
3. Xitoyni chet el kapitali uchun ochishda afyun urushlari qanday rol o‘ynadi?
4. Òaypinlar qo‘zg‘oloni va uning mag‘lubiyati sabablari haqida nimalarni bilib
oldingiz?
http://eduportal.uz


134

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə