D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

Transliteratsiya.
Biror tilning yozma yodgorliklarini yoki ma’lum bir matnni 
(masalan, arab alifbosida yozilgan eski o‘zbek tili yodgorliklari) nashr etishda shu 
yodgorliklarning yozuv sistemasini boshqa til yoki yodgorlik bosilayotgan xalqning 
mavjud yozuv sistemasi orqali ifodalash transliteratsiya deb ataladi. Demak, 
transliteratsiya - biror yozuv harflarini boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirib 
ifodalash usulidir. Masalan,
اًمْلِع
ِِىنْد ِز
ِِ بَر
“Робби зиднѝ ъилман”, ya’ni “Ey, 
Robbim, menga ilmni ziyoda et”. (“Toha,114”). 
Transkripsiya 
bilan 
transliteratsiya 
o‘zaro 
mustahkam 
bog‘liqdir. 
Transliteratsiya so‘zi lotincha bo‘lib, orqali, vositasi bilan va harf ma’nolarida keladi. 
Ikki atamani bir-birlari bilan almashtirmaslik kerak. Ular bir-birlariga o‘xshash bo‘lsa 
ham, o‘z xususiyatlari jihatidan tubdan farq qiladi. Chunki transkripsiya til yoki 
lahjadagi tovushlarning turli ko‘rinishlarini talaffuziga moslab yozish, ya’ni uni 
yozuvda ifodalash uchun foydalaniladi. Transliteratsiyada esa tilimizning turli 
davrlarda yozib qoldirilgan yodgorliklarini, masalan, Urxun-Enasoy arab yozuvidagi 
yozma yodgorliklarni hozir amalda bo‘lgan yozuv tizimi bilan ifodalash ko‘zda 
tutiladi. Bunda bir yozuv ikkinchi bir yozuv harflari bilan o‘quvchilarga tushunarli 
alfavitga keltiriladi. Qiyosiy va tarixiy grammatika, filologik lug‘atlar tasvirini 
izohlab va nashr ham transliteratsiya ishlatiladi. 
Transkripsiyaning tuzilishi.
Fonetik transkripsiya boshqa maqsadlar uchun 
ham qo‘llaniladi. Masalan, fransuz, ingliz kabi chet tillarni o‘rganishda ishlatiladi. Bu 
o‘rinda L.V. Shcherbaning «Фонетика французского языка» asarini eslatib o‘tish 
o‘rinlidir. Ayrim fonetik transkripsiyalar keng miqyosda qo‘llanilishi mumkin. Ular 
lotin alfaviti asosida tuzilgan bo‘lib, xalqaro fonetik alfavit (XFA) deb yuritiladi. 
Bunday transkripsiya, so‘zsiz, keng doirada qo‘llaniladi va uning ahamiyati 
cheksizdir. Ana shunday transkripsiyalardan biri akademik L.V.Shcherba nomidan 
yaratilgan. Uning transkripsiyasi boshqalarga nisbatan birmuncha afzalliklarga ega 
ommaviy ahamiyat kasb etgan. Turkiy tillarni o‘rganishda turkologlar tomonidan 
turlicha transkripsiyalar qo‘llanilgan. Ularning ko‘plari lotin alfavitiga asoslanib 
ishlangan transkripsiyalardir. Ba’zilari esa har bir aniq tildagi alfavit asosida berilgan. 
Masalan, G‘ozi Olim Yunusov, N. A.Baskakov, Sobirjon Ibrohimov, V.V. Reshetov 
kabilarning bu sohadagi tajribalarini qayd etish kifoyadir. Ulardan V.V.Reshetovning 
transkripsiyasi keng doirada ishlatiladi. Hozirgi vaqtda oliy o‘quv yurtlarida 


60 
o‘tiladigan mashg‘ulotlarda, ilmiy tajriba vaqtlarida va har xil ilmiy tekshirishlarda 
amalda ana shu transkripsiyalardan foydalaniladi. Transkripsiyada unlilar va 
undoshlarning har biri alohida belgilar bilan ko‘rsatiladi va izohlab beriladi. 
Shuningdek, turli diakritik va shartli belgilari ham kiritiladi. Transkripsiya belgilari 
uchun o‘zbek alfavitida mavjud bo‘lgan harflarning hammasi olinadi. Shuningdek, 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə