D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

o, 
u, ы, e
kabi qo‘shimcha belgilari ham qo‘llaniladi. o‘zbek xalq shevalaridan 
Toshkent va Toshkent atrofidagi shevalarda; Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand, 
Buxoro, Qarnob kabi shevalarda 6 tadan unli fonema mavjud. Demak, bu shevalarda 
unli fonemalar miqdor jihatdan bir-biriga asosan mos keladi. Bulardan 
o
-til orqali 
qattiq lablanmagan fonema sanaladi. Samarqand-Buxoro shevalarida bu fonema 
ba’zan 
a
belgisi bilan beriladi. (Mas., amonot-omanat) 

va 
u
unlilarning talaffuzi 
adabiy tildagi kabi qisqa talaffuz qilinadi. Samarqand-Buxoro shevalari bundan 
mustasnodir. Shunday qilib, yuqoridagi fonemalardan ikki fonema (
e, ә
), Farg‘ona 
shevalarida uchta fonema (
e, ә, a
) bilan beriladi. Qipchoq shevalaridagi kabi o‘g‘uz 
unlilarda 9-10 tadan unli fonema mavjuddir. Shevalarda birlamchi cho‘ziqlik ham 
mavjud (
Adы, qiz, diz
kabi) bu o‘g‘uz shevalarida uchraydi. Masalan, 
f
fonemasi 
Samarqand-Buxoro shevasidan tashqari, hamma shevalarda 
p
undoshiga 
x
va 
h
aralashtiriladi. Qipchoq shevalarida 
x
fonemasining 
q
fonemasiga o‘tishi (
qalq, 
qatыn
singari), ayrimlaridan esa 
q
fonemasining 
k
fonemaga o‘tishi (
kəri, kədir
kabi) 
singari xususiyatlarning mavjudligi ko‘zga tashlanib turadi. Ilmiy yozuv va imlo bir-
birlariga o‘xshasalar ham, ular qo‘llanilishi va asoslari bilan o‘zaro farqlanib turadi. 
Bu farqlarni hisobga olish shevashunoslik uchun, ayniqsa, foydalidir. 
Tilshunoslikda keng miqyosda qo‘llanadigan lotin alfaviti asosida tuzilgan 
transkripsiya xalqaro fonetik alfavit (Mejdunarodnыy foneticheskiy alfavit - MFA) 
nomi bilan yuritiladi. Rus grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyalar turkshunos va 
russhunoslarning ishlarida keng tarqalgandir. Lekin o‘zbek tilining dialekt va 
shevalarini o‘rgangan turkolog va o‘zbekshunoslar o‘z ilmiy ishlarida turlicha 
transkripsiya belgilarini qo‘llaganlar. Ba’zilari lotin alfavitidan foydalangan bo‘lsa 
(prof. Ye.D.Polivanovning ishlariga qarang), ba’zilari rus grafikasi asosida tuzilgan 
transkripsiyalardan foydalangan (prof. Borovkov, prof. V.V.Reshetovlar ishlariga 
qarang). 
Shevalarda uchraydigan har bir tovushni ifodalash uchun transkripsiyada ayrim 
belgi olish talab qilinadi. Ammo shuni aytish kerakki, mavjud transkripsiya 
sistemalari bu talabga to‘liq javob bera olmaydi. Ayrim hollarda bosmaxona 
imkoniyatini hisobga olgan holda bir tovush uchun ikki harf ishlatish ham uchraydi. 
Masalan, 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə