D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

bola-chaqa:ni 
(bola - chaqangni), 
chushu:n 
(tushingni), 
ga:sә
(olgansan), 
ga:mә:
(olganman);
1
Shahrisabz shevasida 
xә:rәde
(hangradi), 
tә:lik
(tanglik), 
d : 
qotma
(dong qotma);
2
o‘g‘uz shevalarida 
ma:lay
(manglay), 
ta:lay 
(tanglay), 
no:
(non)
3
va boshqalar. 
Nazallik belgisi bir qator o‘zbek shevalarida keng tarqalgan bo‘lsa-da, lekin u 
unli fonemalarni farqlovchi belgi bo‘la olmaydi. Faqat qo‘shimcha belgi sifatida 
unlilarning variantini hosil qiladi. 
Anglashiladiki, nazallik belgisi o‘zbek tilida unlilarning 
paradigmatik munosabatida mavjud emas. U faqat sintagmatikada yondosh burun 
undoshlarining ta’sirida qo‘shimcha belgi sifatida paydo bo‘ladi. 
Cho‘ziq - qisqalik belgisi 
Turkiy tillarda unlilar miqdoriy belgisiga ko‘ra ham oppozitsiyaga kirishadi. 
Bu belgiga ko‘ra unlilar cho‘ziq unlilar va qisqa unlilarga bo‘linadi. Ayrim 
adabiyotlarda miqdoriy belgisiga ko‘ra uch darajadagi cho‘ziqlik mavjudligi va 
shunga ko‘ra unlilar ham uch guruhga bo‘linishi ko‘rsatiladi: cho‘ziq unlilar, qisqa 
(me’yordagi) unlilar va o‘ta qisqa unlilar.
4
Qisqa unlilar odatdagi (me’yordagi) monoftonglar kabi voqelanadi. Cho‘ziq 
unlilar esa monoftong holida ham, diftong holida ham yuzaga chiqishi mumkin. 
A.M.Shcherbakning ta’kidlashicha, unlilarning cho‘ziqlik va qisqalik belgisiga 
ko‘ra zidlanishi oltoy, gagauz, qirg‘iz, tofalar, tuva, turkman, xakas va yoqut tillari 
fonologik sistemasida muhim rol o‘ynaydi. Unlilarning cho‘ziqlik belgisi ko‘pchilik 
adabiyotlarda birlamchi cho‘ziqlik va ikkilamchi cho‘ziqlikka bo‘linadi. Birlamchi 
cho‘ziqlik turkiy tillarning bobotil davridan beri mavjud bo‘lsa, ikkilamchi cho‘ziqlik 
har qaysi turkiy tilda turli fonetik o‘zgarishlar ta’sirida o‘ziga xos yo‘l bilan 
keyinchalik paydo bo‘lgan. 
Xususan, unlidan keyin kelgan undoshning tushishi hisobiga unlining 
cho‘zilishi turkiy tillarda keng tarqalgan hodisa sanaladi. Masalan, oltoy tilida 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə