D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

tu:
«tog‘», 
su:
«suv», 
mu:s
«muguz»; gagauz tilida 
cha:r
«chaqir», 
si:r
«sigir», 
bu:n 
«bugun», 
do:ru
«to‘g‘ri»; tuva tilida 
o:l
«o‘g‘il» va boshqalar. 
O‘zbek adabiy tili uchun cho‘ziqlik belgisi farqlovchi belgi hisoblanmaydi. 
Lekin bir qator o‘zbek shevalarida, xususan, o‘g‘iz shevalarida birlamchi cho‘ziqlik 
uchraydiki, bunday holda u fonologik qimmatga ega bo‘ladi. Cho‘ziq unli bilan qisqa 
unli bir fonetik sharoitda o‘zaro almashinib, ma’no farqlash vazifasini bajaradi. 
Masalan, 
i:-i
zidlanishi: i:ch (ot)-ich (ichmoq), di:z (tizza) – d:z (tizzalamoq), 
ki:r (yuvilgan yoki yuviladigan mato)- k:r (toza emas), i:n (uya)-in (tushish); 
ы:-ы
zidlanishi: qы:r (tepalik) - qыr (yo‘qotmoq), qы:z (qiz) - qыz 
(qizishmoq), sы:x (six) - sыx (qismoq); 
1
Отамирзаева С. Звуковой состав наманганского говора узбекского языка. Автореф.дисс...канд.филол.наук. 1963. -С.4
2
Джуманазаров Ю. Морфологические особенности хорезмского говора. Автореф.дисс...канд.филол.наук. -Ташкент, 1963.
3
Абдуллаев Ф.А. Фонетика хорезмских говоров. -Ташкент: Фан, 1967 . -С. 56.
4
Шакиров Р.Ф. Ўша асар. -С.47.


27 
u:-u
zidlanishi: bu:z (muz) - buz (buzmoq), u:ch (uchi) - uch (uchmoq), du:z 
(tuz) - duz (tekislik); 
e:-e
zidlanishi: ge:ch (kech) - gech (tun), er (er kishi) - e:r (erta), esh (eshmoq) 
- e:sh (o‘rtoq); 
o:-o
zidlanishi: o:t (organizm, o‘t)-ot (o‘tmoq), o:r- (qaysar) or (o‘rmoq), go:r 
(qabr)-gor (ko‘rmoq); 
o:-o
zidlanishi: o:t (olov) - ot (maysa), qo:y (qo‘y), - qoy (qoldirmoq), o:y 
(kavlamoq) - oy (o‘y, fikr) va boshqalar. 
a:-a
zidlanishi: a:d, a:t (ism) - at (hayvon), a:sh (ovqat) - ash (orttirmoq, 
o‘tmoq), da:sh (tosh)-dash (toshmoq), ya:t-(begona)-yat (yotmoq), ya:n (yon tomon)-
yan (yonmoq), sa:ch -(soch)-sach (sochmoq) va boshqalar.
1
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilining o‘g‘iz shevalarida cho‘ziq va qisqa unlilar 
zidlanishi ma’no farqlash uchun xizmat qiladi va fonologik qimmatga ega bo‘ladi. 
O‘zbek tili shevalarida ikkilamchi cho‘ziqlik (buni fakultativ cho‘ziqlik ham 
deyiladi) ko‘p uchraydi. Bunday cho‘ziqlik o‘g‘iz shevalarida ham, qipchoq 
shevalarida ham keng tarqalgan. Bunday ikkilamchi cho‘ziqlik (fakultativ cho‘ziqlik) 
o‘g‘iz va qipchoq shevalarida, ba’zan qorluq shevalarida ham 
y, g, g‘, ng, h
singari 
undoshlarning tushishi va buning hisobiga tushayotgan undosh oldidagi unlining 
cho‘zilishi natijasida yoki tushayotgan undosh intervokal holatda bo‘lsa, ikki 
tomonda kelgan unlining qo‘shilishi natijasida paydo bo‘ladi. Undoshning ikki 
tomonida kelgan unlilar bir tipdagi va turli tipdagi unli bo‘lishi mumkin. Masalan, 
qipchoq shevalarida: 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə