D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

Applikatsiya 
xalq amaliy san’atida keng o’rin tutadi. Applikatsiya so’zining 
ma’nosi, qirqib olib yopishtirish demakdir. Bu usulda qog’oz, mato, charm, somon, 
quritilgan o’simliklar, urug’lar, tashlandiq narsalar, simlar, iplardan foydalanib har 
xil ishlarni bajarish mumkin. 
Applikatsiya 
— badiiy asarlar yaratishning eng sodda va oson usulidir, bunda 
tasvirning asosi saqlanadi. Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina 
ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqlar, 
sovg’alar, devoriy gazetalar, stendlar, ko’rgazmalar va kostumlarni tayyorlashgina 
emas, balki kartina, panno, naqshlar va shu kabilarni yaratishda ham keng 
foydalanish mumkin. Applikatsiya bundan 2500 yil muqaddam ko’chmanchi 
xalqlarda paydo bo’lgan. Applikatsiya bilan kiyim-bosh, turarjoylar bezatilgan. Bu 
ishda ular teri-mo’yna, namatdan foydalanishgan. Applikatsiya turli xalqlarda turli 
materiallardan tayyorlangan. Masalan, yoqutlar applikatsiya ishida po’stloqdan 
foydalanishgan, bo’yalgan po’stloqdan qilingan applikatsiyalar bilan ular o’tovlarini 
bezashgan. Xanti-mansi, evenk va boshqa shimol xalqlari applikatsiyada teri, sukno, 
mo’yna ishlatishgan. Qozoq, qalmoq, osetin, buryat va boshqa xalqlar 
applikatsiyadan milliy kiyim, uy-ro’zg’or predmetlarini bezashda foydalanishgan. 
Gazlamadan applikatsiya materiali sifatida ancha keyinroq foydalanila boshlandi. 
Gazlama parchalarini fon xizmatini o’tovchi materialga tikib naqsh yaratilgan. 
Gazlamadan yasalgan applikatsiya bilan kiyim-bosh, uy-ro’zg’or predmetlari 
bezatilgan. 
Hozirgi kunda applikatsiya har bir xalq san’atida juda keng tarqalgandir. 
Applikatsiyaning eng yosh turi flaristikadir. 1960-yilda dunyoda birinchi flaris 
rassomlar jamiyati tashkil etildi. 
Applikatsiya 
bilan shug’ullanish bolalar dunyoqarashini uyg’un 
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlan-tirishga yordam 
beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni faollashtiradi, 
irodani tarbiyalaydi, qo’l mehnati, shaklni his qilish, chamalash va rangni sezish 
qobiliyatini o’stiradi. 
Kleyster surilganda qog’oz uni 
shimishini, 
qog’oz 
tolalarining 
ko’ndalangiga uzunligidan ko’proq 
kengayishini ham unutmaslik kerak. 
Agarda qog’oz kleyster surilgan zahotiyoq 
yehmlansa, davom etayotgan shimish va 
kengayish jarayonida qog’ozda g’ijimlar, izlar paydo bo’ladi. Shuning uchun 


26 
kleysterda surilgan qog’oz bir oz vaqt yopishtirilmay turishi kerak. Qog’ozning 
yaltiraydigan marmar, bosma gul tushirilgan, baxmal, kumush-bronza rasm solish va 
chizmachilik navlari applikatsiya uchun yaroqlidir. 
Applikatsiya qilish usuli bilan guruh xonalari, mehmonxona, oshxonalar, bolalar 
ayvonchalari bezatiladi. Bolalar bog’chasida kichik gurahdan boshlab applikatsiya 
mashg’ulotlari olib boriladi. Kichik guruxdan tayyor qirqilgan shakl beriladi. O’rta 
gurahdan, boshlab bolalarga qaychi beriladi va ishlash mustaqil olib boriladi. 
Applikatsiyada qog’oz asosiy rolni bajaradi. Applikatsiya ishini bajarishda har xil 
yelim ishlatilavermaydi. Yelimni uy sharoitida arzon va oson usulda tayyorlash 
mumkin. Bu yelim kleystr deb ataladi. U 
kraxmaldan quyidagicha tayyorlanadi: bir choy 
qoshiq kraxmal 5 choy qoshiq sovuq suvda 
aralashtirilib olinadi, so’ng yarim stakan suv soiib 
past olovda qaynaguncha kovlab turiladi, qaynashga 
yaqin olovdan olinadi va sovitiladi, so’ngra 
ishlatiladi. Applikatsiya ishini bajarish uchun 
tayyorgarlik ko’rish lozim. Bu quyidagicha bajariladi: syujet tanlash; xomaki 
chizma; rangli qog’ozlami tayyorlash; fon tanlash.Applikatsiya ishining ish 
qurollari: qaychi, yelim, kalka, pichoqcha, chizg’ich, o’chirg’ich, qora qalam
mo’yqalam, kopi-rovka, flomasterlardan iborat. Applikatsiya ishlari oddiydan tortib 
mazmunli, kantii, dekorativ, qo’lda yirtish orqali mozaika usulida tabiat 
materiallaridan (barg, urug’, danak, piyoz po’sti, shisha siniqlari tashlandiq simlar 
va iplar) ham bajariladi. Applikatsiya 
qilishda oddiy va murakkab qirqish usulidan 
foydaniladi. Oddiy qirqish usuli bilan yaxlit 
shakl hosil qilinadi va qirqilgan shakl 
quyidagicha teng va tekis qirqiladi: 
Qog’ozni 5—6 qavat qilib buklab turib 
qirqishga

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə