D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə55/116
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#133779
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   116
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2

8.6. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning


sintetik hisobi

Xodimlarga tegishli ish haqi, mukofot, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish


bilan bir vaqtda bu summalar korxona buxgalteriyasida tegishli registrlarda


hisobga olib boriladi.


242
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagilar kiradi:





  • xo‘jalik yurituvchi subektda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan

rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar;





  • kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar;




to‘lovlar, shu jumladan:





  • texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo‘shimcha haq;




ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;





  • hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;




  • aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti va katta yo‘llar xodimlarining va doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki qatnov tusiga ega bo‘lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo‘jalik yurituvchi subekt joylashgan joydan jo‘nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha to‘lanadigan yo‘lda o‘tgan har bir sutka uchun

to‘lanadigan ustamalar;


- qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko‘chma va qatnov xususiyati uchun ustama;


243


  • doimiy ravishda er osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga ularning shaxtada ish joyiga jo‘nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt uchun qo‘shimcha haq;




  • mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsientlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho‘l, suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsentlar bilan belgilangan to‘lovlar;




  • xo‘jalik yurituvchi subekt joylashgan joydan ish joyiga va orqaga qaytadigan

yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko‘ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to‘lanadigan summalar;





  • ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari, uchun haq to‘lash;

-ishlamagan vaqt uchun haq to‘lash:





  • amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi va qo‘shimcha ta’tillar, navbatdagi foydalanilmagan va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar,

o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanafuslar, shuningdek tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash;





  • majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda haq to‘lash;




  • donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash;




  • davlat vazifalarini bajarganlik uchun mehnat haqi to‘lash;




  • xo‘jalik yurituvchi subekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-

244
kitob xo‘jalik yurituvchi subektning o‘zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;



  • belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari.

Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlarning debeti bo‘yicha


2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«YOrdamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar», 2710-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar» 3100- «Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi.


Ishchilarning ta’til vaqti uchun hisoblangan ish haqi summasiga 8910-«Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari» (agar korxonaga bunday zaxira mablag‘larini tashkil qilish huquqiy berilgan bo‘lsa) schyoti Debetlanib 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi va 15-qaydnomasga binoan 10 va 10/1 jurnal-orderlarida aks ettiriladi.


Ishga qobiliyatsizligi bo‘yicha nafaqa va ijtimoiy sug‘urta organlari mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan boshqa to‘lovlar 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» schyotining Debeti va 6710-schyotning kreditiga yozilib 10/1 jurnal-orderida aks ettiriladi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə