Dalil-ilmiy muammoning yechish omili



Yüklə 19,07 Kb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü19,07 Kb.
#136180
  1   2   3   4   5   6   7
Dalil-ilmiy muammoning yechish omili-fayllar.org


Dalil-ilmiy muammoning yechish omili

DALIL-ILMIY MUAMMONING YECHISH OMILI

PDI VA UT M1-20 magistranti Raximjonov Azizbekning Ilmiy tadqiqiot metodologiyasi” fanidan


Mavzusida tayyorlagan Taqdimoti.

Tekshirdi: Masharipova G.


Muammo tushunchasi va uning mohiyati.


  • Muammo – bu echilishi lozim bo‘lgan masala yoki vazifa. Muammoni qo‘yish hali anglab etilmagan narsa yoki hodisaning mavjudligini anglatadi. Ayni vaqtda bu narsa yoki hodisa muayyan tarzda tavsiflangan, ajratilgan, ya’ni u haqda muayyan boshlang‘ich bilim mavjud bo‘lishi lozim. SHunday qilib, muammoni bilish – bu alohida turdagi bilim: u «bilmaslik haqidagi bilim»dir.

  • Amaliyotda (ishlab chiqarish, ijtimoiy, tibbiy amaliyot va hokazolarda) va fanning o‘zida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlar ilmiy muammolarning manbai hisoblanadi. Ilmiy muammoni qo‘yish muammoli vaziyat tahliliga tayanadi, lekin bunday tahlilning o‘zi bilangina belgilanmaydi. Muammoli vaziyatga tushib qolgach, muammoni qo‘ya bilish lozim. Muammo nafaqat aniqlanishi, balki ilmiy ta’riflanishi ham lozim. Buning uchun uni sub’ektiv, individual, ruhiy jihatlardan mumkin qadar tozalash va fan tilida ifodalash zarur.

  • Ilmiy tadqiqotlarning muayyan muammolari amaliyot va fanning rivojlanish tendensiyalarini teran tushunishni talab etadi. Bu ulkan ahamiyat kasb etadi, chunki ilmiy tadqiqotlarning dasturlarini belgilaydi.

Katta va muhim muammolarning qo‘yilishi fan tarmoqlarining rivojlanishini bir necha yillarga va hatto o‘n yilliklarga belgilab berishi mumkin. Bunga mashhur «Gilbert muammolari» - D.Gilbert 1900 yil matematiklarning Parijdagi xalqaro kongressida so‘zlagan ma’ruzasida ta’riflab bergan va XX asr mobaynida matematikaning rivojlanish jarayonini belgilagan 23 muammo misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


  • Katta va muhim muammolarning qo‘yilishi fan tarmoqlarining rivojlanishini bir necha yillarga va hatto o‘n yilliklarga belgilab berishi mumkin. Bunga mashhur «Gilbert muammolari» - D.Gilbert 1900 yil matematiklarning Parijdagi xalqaro kongressida so‘zlagan ma’ruzasida ta’riflab bergan va XX asr mobaynida matematikaning rivojlanish jarayonini belgilagan 23 muammo misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

  • Olim muammoni baholashi va u shug‘ullanishga arziydimi, degan savolga javob berishi juda muhimdir. Predmetli bilimdan farqli o‘laroq, muammolar haqiqiy ham, soxta ham bo‘lishi mumkin emas. Ammo ularni boshqa mezonlar – muhimlik, dolzarblik, echish mumkinligi (tadqiqotchilarni odatda muammoni mazkur vositalar bilan va mazkur muddatda echish mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi masala juda qiziqtiradi) nuqtai nazaridan baholaydilar. Muammoni qo‘yish – har qanday ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi. Ammo muammo qo‘yilganidan so‘ng uni echish metodlarini topish talab etiladi. Ijtimoiy madaniy hayotda ijtimoiy (kundalik, shaxsiy, kasbga doir, ilmiy), iqtisodiy(ishlab chiqarish sohasi), siyosiy (xalqaro darajadagi, mintaqaviy ) muammo shakllari farqlanadi. Quyida biz ilmiy muammoning tahliliga alohida e’tibor qaratamiz

Yüklə 19,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə