Davlat budjeti xarajatlari ijrosi: zarurligi, mohiyati va omillari


Davlat budjeti xarajatlarining yo’nalishlari va ular miqdorining tahlili



Yüklə 388 Kb.
səhifə6/12
tarix15.06.2022
ölçüsü388 Kb.
#89569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KURS ISHI52 SALOHIDDIN

2. Davlat budjeti xarajatlarining yo’nalishlari va ular miqdorining tahlili

Davlat budjeti xarajatlaridan oqilona foydalanish yo’llarini belgilashda ularning tarkibiy tuzilishi va asosiy yo’nalishlari muhim ahamiyat kasb etadi.


Budjet xarajatlarining tarkibiy tuzilishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli sohasidagi o’rnini aniq ko’rsatib beradi. Shu bilan birga, budjet xarajatlarining tarkibiy tuzilishi ustuvor ahamiyatga ega davlat dasturlari uchun mo’ljallangan mablag’larni ham o’zida aks ettiradi.
Davlat budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish budjet ko’rsatkichlari doirasida yirik ijtimoiy tadbirlarni, ustuvor iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini hamda davlat va milliy dasturlarni moliyalashtirishni hisobga olgan hodisa amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida boshqa sohalarda o’tkazilgan iqtisodiy islohotlar qatori davlat moliyasi sohasida ham, xususan, davlat budjeti xarajatlari tarkibida ham o’ziga xos o’zgarishlar amalga oshirildi va buning natijasida ko’plab yutuqlarga erishildi.
Davlat budjetining xarajat qismi tarkibida O’zbekiston Respublkasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahar budjetining zaxira jamg’armalari hisobga olinadi6.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga qarab budjet xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo’jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlariga bo’linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo’lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Budjetning ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’lab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo’lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog’liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining individual ehtiyojlarini, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan. Bu yerda budjet xarajatlari ijtimoiy is’te’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni to’liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa qisman (nomarkazlashtirilgan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, budjet mablag’larining katta qismi shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga tegishli bo’lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.
Umuman olganda, budjet xarajatlari maksadga muvofiq quyidagi guruhlarga bulinadi(2.3-rasm):

Ijtimoiy maqsadlarga xarajatlar



Iqtisodiyotga xarajatlar





Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari

Boshqaruvga xarajatlar

Milliy xavsizlik va ichki huquq-tartibotni saqlash xarajatlari

Tashqi iqtisodiy faoliyatga xarajatlar

Davlat qarziga xizmat ko`rsatish xarajatlari



Yüklə 388 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə