Davlat budjeti xarajatlari ijrosi: zarurligi, mohiyati va omillari


-rasm. Davlat budjeti xarajatlari yo’nalishlari



Yüklə 388 Kb.
səhifə7/12
tarix15.06.2022
ölçüsü388 Kb.
#89569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KURS ISHI52 SALOHIDDIN

4-rasm. Davlat budjeti xarajatlari yo’nalishlari7

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini namoyon etuvchi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkich bu Yalpi ichki mahsulotdir (YaIM). YaIM o’z tarkibiga davlat budjetini ham oladi. YaIMni taqsimlovchi moliyaviy instrument bu davlat budjetidir. YaIMni davlat budjeti vositasida taqsimlash umumdavlat pul fondlarini shakllantirish, hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli budjet fondlarini yaratish hamda budjet fondidan foydalanish kabi bosqichlardan iboratdir. Shu sababli mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida budjetxarajatlarining o’rnini qay darajada ekanligini tahlil qilishda mazkur ko’rsatkichlarni o’zaro qiyoslash maqsadga muvofiqdir.


Funksional nuqtai nazardan budjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi pul mablag’larini ijtimoiy faoliyat sohalariga yo’naltirilganligini aks ettiradi. Budjet xarajatlarining yuqoridagi tartibda klassifikatsiya qilinishi davlatning ijtimoiy hayotning turli jabhalardagi rolini ko’rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibidagi ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari yil sayin oshib borgan. Keyingi 5 yil mobaynida jami byudjet xarajatlarining tarkibida ijtimoiy sohaga qilinayotgan xarajatlar 58,9 foizgacha o’sib borgan. Ushbu holat jahondagi barcha davlatlar orasida eng yuqori ko’rsatkichni tashkil etadiki, o’z navbatida, respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning uzoq, strategik ahamiyatga ega ekanligidir. Shuningdek, ushbu xarajatlarning o’sib borishi bilan birga, ularning davlat byudjeti xarajatlaridagi eng yuqori salmoqni tashkil etmoqda. Davlat byudjeti xarajatlarni nafaqat, yurtdoshlarimizning turmush farovonligini oshirish bilan birga aholining jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarini oshirishini ta’minlash orqali mamlakat milliy iqtisodiyotida yalpi iste’mol talabini rag’batlantirishda muhim moliyaviy omil bo’lib hisoblanmoqda.
1-jadval ma’lumotlarida O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarining 2014 yildan 2018 yilgacha bo’lgan muddatda dinamikasi keltirilgan. Jadval malumotlaridan ko’rinib turibdiki, davlat budjetining xarajatlari jami 2014 yilda 31425,4 so’mni tashkil etib, unda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo`llab-quvvalash xarajatlari 18493,7 mlrd. so’mni tashkil etgan.
NNT,NST va fuqarolik jamiyatlari institutlarini rivojlantirish uchun mablag`lar va grantlar esa 8,2 mlrd. so’mni tashkil etgan, iqtisodiyot xarajatlari 3363,3 mlrd. so’mni tashkil etgan, markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 1616,5 mlrd. so’mni tashkil etgan, davlat hokimyati,boshqaruv organlari,sud organlari va fuqarolarni o`z-o`zini boshqarish organlarini saqlash xarajatlari 1414,2 mlrd. so’mni tashkil etgan, boshqa xarajatlar 6529,4 mlrd. so’mni tashkil etgan.

Yüklə 388 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə