“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92

 
57
yerlarga, hatto, qirol amaldorlari ham kira olmas edi. Bu esa qirol hokimiyatining zaiflashuviga olib kelgan. 
 
Zaiflashib qolgan qirol hokimiyatini mustahkamlash, uning harbiy va moliyaviy qudratini kuchaytirish 
maqsadida mayordam Karl Martell yer (agrar) islohoti o‘tkazgan. Bu islohot uning o‘g‘li Pipin Pakana va nevarasi 
Buyuk Karl tomonidan nihoyasiga yetkazilgan. 
Bunga ko‘ra, yerlarni yer magnatlariga to‘la mulk qilib berish, hadya qilish to‘xtatildi. Endi yer ma’lum xizmat 
evaziga mukofot tariqasida beri-la boshlandi. Agar bunday benifitsiya olgan kishi qirolga ma’lum xizmat o‘tab turmasa, 
yer qaytarib olingan.  
Harbiy benifitsiyalar harbiy xizmat o‘tash sharti bilan umrbod foyda-lanish uchun beriladigan o‘rtacha va 
mayda pomestelar edi.  
Harbiy xizmat o‘tovchilarga davlat fondiga qarashli yerlardan uchastkalar berish bilangina cheklanmay, Karl 
Martell shu maqsad uchun cherkov yerlaridan ham qisman foydalandi. Ruhoniylardan musodara qilib olin-gan yerlar 
ham benifitsiyalarga aylantirildi. G‘arbiy Yevropa tarixida bu narsa birinchi marta o‘tkazilgan katta sekulyarizatsiya, 
ya’ni cherkov mul-kini tortib olib, dunyoviy kishilar qo‘liga topshirish edi.  
Buyuk Karl va uning vorislari zamonida feodallashuv jarayonining juda tezlashib ketayotganligi imperiyaning 
parchalanib ketishida juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.  
Karl mag-natlar va boshqa ”nufuzli odamlar” tomonidan dehqonlar yerlarining tortib olinishini cheklashga bir 
necha marta urindi, biroq yerdor zodagonlar uning farmoyishlariga qarshilik ko‘rsatganlari uchun bu farmoyishlar 
amalda bajarilmay qolaverar edi. Franklar jamiyatining feodallashuv jara-yoni, tabiiyki, siyosiy tuzumga ham ta’sir etdi. 
O‘zining harbiy qudratiga va eng katta istilochilik shuhratiga qaramay, Buyuk Karlning o‘zi ham yerdor 
zodagonlarga qaram edi.  
Buyuk Karlning asosiy daromadlari uning pomestelaridan keladigan daromadlar edi 
Korolinglar pomestesi aniq natural xo‘jalik xususiyatlariga ega edi. Bu haqda ”Pomestelar to‘g‘risidagi 
kapitulyariy”da juda ochiq dalillar keltirilgan, unda pomestelarda yetishtirilgan mahsulotlarning qirol oilasi va qirol 
saroy ahllari ehtiyojlarini qoplashga sarflanganligi bir necha marta ta’kidlab o‘tilgan. 
Qullar ashyo hisoblangan. Ularni o‘ldirish jinoyat sanalmagan. Erkin kishi qul bilan nikohga kirsa, qulga 
aylangan. Erkin ayol qul erkakka erga tegsa, g‘ayriqonuniy deb e’lon qilingan. Erkin ayolga uylangan qul o‘lim 
jazosiga mahkum etilgan.. 
Karolinglar davrida haqiqatda franklarda krepostnoy dehqonlar taba-qasi tashkil topib, bu tabaqada endi erkin 
kishilar, yarim erkin kishilar (litlar) yoki tutqun kishilar (qullar) o‘rtasidagi ilgarigi farqlar chindan ham yo‘qolib ketgan 
edi. 
 
3. Franklarning davlat tuzumi 
 
Franklarda davlat apparatining tashkil topishi va rivojlanishi jarayon-larida uchta asosiy yo‘nalishni ajratib 
ko‘rsatish mumkin. Birinchi yo‘na-lish, ayniqsa, boshlang‘ich bosqichga (V-VII asrlarga) xos bo‘lib, bu vaqt-da 
franklardagi qabilaviy demokratiya organlarining yangi davlat organla-riga o‘sib chiqishi sodir bo‘lgan. Ikkinchi 
yo‘nalish votchina boshqaruv organlarining rivojlanishi bilan belgilanadi. Uchinchi yo‘nalish frank monarxlari davlat 
hokimiyatining asta-sekin senor-hukmdorlarning ”xusu-siy” hokimiyatiga aylanishi bilan bog‘liqQirol hokimiyatining 
shakllanishi va rivojlanishi. Galliyaning istilo qilinishi franklarda yangi davlat apparatining tashkil etilishi uchun kuchli 
turtki bo‘ldi. Xlodvig tomonidan xristianlikning qabul qilinishi bilan cherkov qirol hokimiyatini mustahkamlashda 
qudratli omil bo‘lib qolgan. 
Franklar davlati feodal yakka hokimligi (monarxiya) shaklida idora etiluvchi davlat bo‘lib, uning tepasida qirol 
turgan. Qirollik nasldan-naslga meros bo‘lib o‘tgan.  
Qirol davlatdagi barcha asosiy mansabdor shaxslarni shaxsan o‘zi tayinlagan va o‘z xizmatchilariga davlat 
boshqaruvining alohida sohalarini berib qo‘ygan. Qirol hokimiyatining bevosita tayanchi qirolning harbiy drujinasi 
hisoblangan. Drujina saroyda yashab, xazina hisobidan ushlab turilgan. 
VII asrning oxiri - VIII asrning boshlarida Franklar davlati butunlay parchalanib ketdi  
Qirol hokimiyati eng kuchaygan va monarxiyaning eng gullab-yashnagan davri aynan Buyuk Karl hukmronligi 
davriga (VIII asrning ikkinchi yarmi - IX asrning boshiga) to‘g‘ri keladi. g roziligi bilan qarorlar qabul qilishi lozim edi. 
Qirollar odatda o‘zlarining pomestelarida – villalarida yashaganlar. 
Villalar ko‘pincha o‘rmon-larning o‘rtasida joylashgan. Qirol saroyi - palatsiy 
mamlakat siyosiy hayotining markazi hisoblangan. Qirol atrofini uning soqchilari - 
antrustionlar o‘rab turgan. Ular qirolning yaqin kishilari bo‘lib, ularga alohida 
muhim topshiriqlar yuklangan. Antrustionni o‘ldirganlik uchun uch baravar ko‘p 
miqdorda vergeld (qon bahosi) to‘langan. 
Qirol o‘z yaqinlaridan iborat saroy amaldorlari va ruhoniylar bilan maslahatlashib ish yuritardi. Ular bilan 
kengashlar o‘tkazib turardi. Bu qirollik kengashi garchand doimiy organ bo‘lmasa-da, ma’lum muddat-larda chaqirilib 
turmasa-da, yoki o‘zining aniq tarkibiga ega bo‘lmasa ham, mamlakat siyosiy hayotida juda katta o‘rin tutardi., 
imperator tomonidan deyarli har yili kuzda feodallarning syezdlari ham chaqirilar edi. Unda eng muhim kapitulya-
riylarning hammasi muhokama qilinardi.. 
Qirol huzurida davlatni boshqaruvchi ma’muriy apparat bo‘lib, ularda ministrlar ishlagan. markaziy 
boshqaruvda davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, ministrlarning aniq vazifa va funksiyalari o‘rna-tilmagandi. 
Bir davlat organi ayni vaqtda ham ma’muriy, ham sud, ham harbiy, ham xo‘jalik ishlarini bir necha kishi ishtirokida 
Markaziy 
boshqaruvnin
g tashkil 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə