«davlat huquqi» kafedrasi malakaviy bitiruv ishi


O’zbekiston Respublikasining huquqiy tizimi



Yüklə 257,2 Kb.
səhifə2/4
tarix22.11.2017
ölçüsü257,2 Kb.
#11633
1   2   3   4

O’zbekiston Respublikasining huquqiy tizimi — umum e’tirof etilgan talablar va xalq manfaati hamda fuqarolarimizning erkin hayoti, farovon kelajagini hisobga olgan holda yaratilgan, unga muvofiq harakatda bo’lgan huquqiy hodisalar, vositalar, jarayonlar, institutlar, muassasalarning o’zaro mantiqiy bog’liq holdagi ifodasidir.

Mamlakat hukukiy tizimi haqida fikr yuritganda shu fikrni qayd etib o’tish o’rinliki, milliy huquqiy tizim muayyan davlatning ichki huquqi, tarixi, iqtisodiy va siyosiy tizimi bilan bevosita bog’liq bo’lgan huquq tizimi, huqukiy mafkura, huquqiy munosabatlar, huquqiy madaniyat, hukuqiy amaliyot va yuridik fanni qamrab oluvchi, o’ziga xos amal qilish xususiyatlariga ega bo’lgan hamda doimiy rivojlanishda bo’lgan ijtimoiyxuquqiy voqyelikdir1. Milliy huquqiy tizim muayyan mamlakat miqyosida ta’sir o’tkazib, jamiyat va insonlar rivoji bilan bog’liq holda amal qiladi. Ayni vaqtda u jamiyat taraqqiyotining asoslaridan biri sifatida maydonga chiqadi. Huquqiy tizim har bir davlatning o’ziga xos xususiyatlari — geografik joylashuvi, tarixi, tili, dini, xalqining ijtimoiy tabiati, mentaliteti, urfodatlari hamda milliy qadriyatlarini inobatga olgan holda yaratilib, shu mamlakat fuqarolarining manfaatlarini o’zida aks ettiradi. Har bir ijtimoiy va huquqiy hodisani o’rganishda, tadqiqotchilar oldida ushbu hodisani tegishli yaxlit tizimning tarkibiy qismi, bo’lagi, elementi sifatida tadqiq etish vazifasi yuzaga keladi.



1.2. Huquqiy tizimning elementlari va funksiyalari

Hukuqiy tizimni tashkil etgan elementlar yaxlit bir butunlikda fdoliyat ko’rsatib, shunday yangi xususiyatlarga ega bo’ladiki, alohida olingan har bir element bunday xususiyatlardan mahrum bo’ladi. Masalan, huquq jamiyat hayotida real tatbiq etilsagina, o’z mohiyati va mazmuniga ega bo’ladi. Bu esa konun ijodkorligi va huquqni tatbiq etish faoliyatlarining bahamjihat harakatini taqozo etadi. Qonun chiqaruvchi organ tomonidan ko’plab qonunlar yaratilsayu, hayotga tatbiq etilmasa, bunday qonunlar o’z tabiatini namoyon eta olmaydi, ular qog’ozdagina mavjud bo’ladi, xolos. Va aksincha, huquqiy tizim barcha elementlarining yaxlit mexanizm, bir butun sifatida faoliyat yuritishi tufayli ijtimoiy munosabatlar samarali tartibga solinadi, huquq ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari huquq va erkinliklarining kafolati sifatida maydonga chiqadi.

Huquqiy tizimni tushunishda uning tarkibiy qismlarini mufassal bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqiy tizim alohida ijtimoiy hodisa sifatida bir qancha tarkibiy qismlar (elementlar) ni birlashtiradi. Huquqiy tizimning tarkibiy qismlari birbiridan o’z mazmuni va mohiyati, maqsad va vazifalari, tuzilishi va shakli, harakat doirasi va maydoni hamda boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi. Huquqiy tizim tuzilishining murakkabligi uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning ko’pligi, har birining alohida funksiyasi mavjudligi va o’zaro munosabatda hamda uzviy aloqadorlikda harakatlanishida namoyon bo’ladi.

Jamiyatning hukuqiy tizimi o’zining muayyan mantiqiy ichki tarkibiy tuzilishiga ega bo’lgan murakkab ijtimoiy hodisadir. «Huquqiy tizim» o’z tarkibiy qismlarining tizimli majmui tarzida gavdalanadi va normalar yig’indisi hisoblanmish obyektiv huqukdan jiddiy farq qiladi. Mazkur farq shundaki, huqukiy tizim bir turdagi elementlarnigina emas, balki turli yo’nalish va maqomdagi tuzilmalarni qamrab oladi, birlashtiradi. Ta’kidlash joizki, huquqiy tizim tarkibiga:



  1. falsafiy yoki mafkuraviy (huquqning talqini, hukuqiy tushuncha va kategoriyalar, huquqiy ong, huquqiy mafkura, xuquqiy madaniyat);

  2. normativ (jamiyatda amal qilayotgan huquqiy normalar majmui);

  3. institusionaltashkiliy (hukuq ijodkorligi va huquqni qo’llash jarayoni bilan bog’liq yuridik muassasalar);

  4. sosiologik, ya’ni ijtimoiy (huquqiy munosabatlar, huquqni tatbiq etish, qonuniylik muhiti, yuridik amaliyot) elementlar kiradi.

Huquqiy tizim harakatdagi «jonli» hodisa sifatida talqin etilishi lozim. Zero, u ijtimoiy hayotning faol tarkibiy qismi sifatida kishilar o’rtasidagi munosabatlarni uzluksiz tartibga solish vazifasini bajaradi. Amaliy jihatdan huquqiy tizim harakatlanishining dinamik talqini muhim ahamiyat kasb etsa, ilmiy nuqtai nazardan uni statik (harakatsiz) tarzda ajratib olib ifodalash muayyan mazmunga ega. Shundan kelib chiqib, huquqiy tizim strukturasini statik va dinamik jihatdan tavsiflash mumkin.

Statik holatda uning tarkibiy qismlari quyidagilardir: 1) yuridik normalar; 2) huquqiy prinsip va institutlar; 3) huquqiy muassasalar yig’indisi; 4) huquqiy g’oyalar, qarashlar, tasavvurlar.

Dinamik holatda: 1) huquq yaratish jarayoni; 2) huquqni amalga oshirish (ko’llash) jarayoni; 3) huquqiy munosabatlar; 4) huquqiy tartibga solish mexanizmi; 5) huquqiy tafakkur (huquqiy ongning rivoji, ijtimoiy hayotga faol ta’siri). Huquqiy tizimning dinamik ko’rinishi mazkur tizim elementlarining maqsadli harakatlanish jarayoni va pirovardida ko’rsatadigan samarasidir.

Shunday qilib, jamiyat huquqiy tizimi tarkibiga quyidagi asosiy elementlarni kiritish mumkin:



  • huquqiy normalar yig’indisi (hukuqiy tizimning o’zagi);

  • huquqiy prinsiplar (rahbariy g’oyalar);

  • hukuk yaratish jarayoni (vakolatli idoralarning faoliyati);

  • huquqni amalga oshirish, qo’llash jarayoni;

  • huquqiy munosabatlar (huquqiy normaning amalga oshirilish shakli);

  • hukuqiy tartibga solish mexanizmi;

  • yuridik muassasalar tizimi;

  • yuridik amaliyot (sud amaliyoti, tergov amaliyoti, adliya amaliyoti va hokazo);

  • huquqiy ong (huquqiy hodisalarning ijtimoiy ongdagi in’ikosi);

  • huquqiy siyosat (strategiya);

  • huquqiy mafkura (g’oyaviyma’naviy jihat);

  • huquqiy madaniyat (huqukiy ma’naviyat va tarbiyaning ifodasi);

  • qonuniylik muhiti va huquqiy tartibot rejimi;

  • hukuqning manbai (qonunchilik va boshqa normativhukukiy hujjatlar majmui).

Yuqorida sanab ko’rsatilgan huquqiy hodisalar yagona bir tizim hosil qilib, o’zaro aloqadorliqda, munosabatda bo’ladi. Har bir huquqiy institut (hodisa) qolganlarining mavjud bo’lishini taqozo etadi. Bu tizimdagi bir elementning harakatlanishi qolgan elementlarning harakatga kelishiga sabab bo’ladi. Demak, jamiyatning huquqiy tizimi — muayyan makon va zamonda amal qilayotgan hukuqiy hodisalar, huquqiy prinsiplar, institutlar, normalar va huquqiy jarayonlarning mushtarak bir butunligi, o’zaro uzviy bog’liqligi hamda aloqadorligi bo’lib, ularning maqsadli harakatlanishi natijasida ijtimoiy munosabatlarning yuksak saviyada huquqiy tartibga solinishiga erishiladi. Huquqiy tizim yaxlit hodisa bo’lib, tarkibiy qismlarining o’zaro ichki aloqadorligi, bog’liqligi, mutanosibligi, izchilligi va barqarorligi bilan tavsiflanadi.

Bayon etilgan tarkibiy qismlar huquqiy tizimning murakkab ijtimoiy hodisa ekanligini ko’rsatadi. Shunga o’xshash fikrni davlat va huquq nazariyasiga oid darsliklarda ham uchratish mumkin. Unga ko’ra, huquqiy tizimning asosiy qismlari sifatida quyidagilar ajratib ko’rsatiladi: 1) hukuqiy tushunchalar; 2) huquqiy jarayonlar; 3) huquq prinsiplari; 4) huquqiy madaniyat; 5) huquqiy siyosat; 6) huquq va uni ifoda etuvchi qonunchilik; 7) huquqiy munosabatlar; 8) yuridik amaliyot; 9) yuridik texnika; 10) yuridik fan.

Adabiyotlarda huquqiy tizimning murakkab, serqirra tushuncha ekanligini ta’kidlab, uni jamiyatda mavjud bo’lgan barcha yuridik hodisalar, huquqiy vositalar yig’indisi sifatida ta’riflash hollari uchraydi1. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, olimlar huquqiy tizim tarkibini barcha huquqiy hayot, huquqiy ustqurma elementlari yig’indisi bilan izohlaydilar.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, huquqiy tizim — murakkab ijtimoiy hodisa sifatida o’z tarkibida mamlakatdagi mavjud barcha huquqiy voqyeliklarni, ya’ni huquqiy vositalar, hodisalar, institutlar, muassasalar, binobarin, huquqiy hayotni aks ettiruvchi butun bir reallikni ifodalaydi.

Huquqiy tizimning tarkibiy elementlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:


  1. normativ xususiyatga ega bo’lgan tarkibiy elementlar: a) huquq; b) huquq tizimi; v) huquqiy prinsiplar; g) huquqning manbalari.

  2. harakatda (muayyan jarayon orqali) ifodalanadigan tarkibiy elementlar: a) huquq ijodkorligi; b) huquqni amalga oshirish, qo’llash jarayoni; v) huquqiy munosabatlar; g) huquqiy tartibga solish mexanizmi.

  1. g’oyaviy-mafkuraviy mazmunga ega bo’lgan elementlar: a) hukuqiy ong; b) huquqiy madaniyat; v) huquqiy mafkura; g) huquqiy siyosat; d) yuridik fan (huquqiy tafakkur); ye) qonuniylik muhiti va hukuqiy tartibot rejimi.

  2. tashkiliy tarkibiy elementlar: a) yuridik muassasalar: huquqiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi davlat organlari va huquqni muhofaza qilish idoralari.

Huquqiy tizimni tushunishda uning tarkibiy qismlari mazmunini chuqur bilish muhimdir. Quyidagi elementlar bir butun yaxlit holda huquqiy tizimni tashkil etadi: huquq, huquq tizimi, huquqiy prinsiplar, huquq ijodkorligi, huquqni amalga oshirish, huquqiy munosabatlar, huquqiy tartibga solish mexanizmi, yuridik muassasalar tizimi, yuridik amaliyot, huquqiy siyosat, huquqiy mafkura, huquqiy ong, huquqiy madaniyat va boshqalar.

Endi huquqiy tizimning har bir elementiga alohida to’xtalamiz.



Huquq — jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, fuqarolarning hayotiy faoliyatini belgilab beruvchi, davlat tomonidan qabul qilingan yoki ma’kullangan yashash qoidalari tizimidir. «Huquq — qonun darajasida ifodalangan iroda»1. Rossiyalik olim S. S. Alekseyevning fikricha, huquq — qonunlarda yoki davlat tomonidan tan olinadigan boshqa manbalarda mustahkamlanadigan va huquqiy ruxsat etilgan hamda yuridik jihatdan ruxsat berilmagan, taqiqlangan xulqatvorni belgilash uchun asos bo’lib xizmat qiladigan umummajburiy normalar tizimi2. Fikrimizcha, huquq — jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, fusarolarning yurishturishi, xulsatvori, asosiy xayotiy faoliyatini belgilab beruvchi, davlat tomonidan rasmiylashtirilgan yashash soidalari tizimidir.

Sharq mutafakkiri, qomusiy olim Abu Nasr alForobiy huquqni fozil kishilarning haqiqiy baxtga erishish vositasi deb tushungan.

Huquq, uning fikricha, mamlakatda tinchlikni ta’minlash, xavfsizlikni ta’min etish, taraqqiyotga shartsharoit, ijodiy mehnatga imkon yaratish, ehtiroslarni jilovlash vositasi, insonni asrash, avaylash qurolidir.

Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyator bo’lib, qonunchilik hujjatlarida ifodalangan adolat va erkinlik g’oyalariga tayanuvchi normativ qoidalar tizimidir. Ushbu xulosa quyidagi metodologik fikrga asoslanadi: «Huquq — ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartibintizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi»3.

Huquqning ijtimoiy barqarorlik, erkinlik, adolat va tenglikni ta’minlash vositasi ekanligi uning jamiyat hayotidagi qadriyat sifatidagi nufuzini nihoyatda oshiradi. Akademik V. S. Nersesyansning e’tiroficha, «Huquq o’z mohiyatiga ko’ra real munosabatlarda tarixan obyektiv belgilangan erkinlikning muayyan shakli, mazkur erkinlikning me’yori, erkinlik mavjudligining namoyishi, shakllangan erkinlik», «rasman (shaklan) erkinlik prinsipi aynan hukuqning o’zi bo’lib, u huquqqa xos adolatni aks ettiradi»4. To’g’ri, tenglik va erkinlik chindan ham huquqiy g’oyalar bo’lsada, uning mohiyatini adolat g’oyasi to’laroq ifodalaydi.

Huquq davlat hokimiyatining obro’yi bilan quvvatlangani bois ijtimoiy regulyatorga aylanadi. Shu sababli huquq oddiy emas, balki normativ mustahkamlangan, norma (me’yor) darajasiga ko’tarilgan g’oyadir. S. S. Alekseyev huquqni «normativ sistema» deb ta’riflaydi. Uning ta’kidlashicha, «huqukning jamiyat hayotidagi asosiy qadrqimmati, ijtimoiy vazifasi va ahamiyati normativ sistema ekanligida»3. Hukuq davlat darajasida umumlashtirilgan irodaning normativ ifodasidir.



Huquq normasi huquq tizimining boshlang’ich, birlamchi tarkibiy elementi hisoblanadi. Adabiyotlarda huquq normasi, odatda, lozim bo’lgan xattiharakat qoidasi yoki shunday xulqatvor, faoliyatning o’lchovi sifatida ta’riflanadi. Hukuq ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etuvchi vosita sifatida doimo, muayyan xulqatvor, xattiharakat qoidasi sifatida namoyon bo’ladi. U o’xshash vaziyatlarda hukuq subyektlari tomonidan takrortakror qo’llanishga mo’ljallangan. Mantiq nuqtai nazaridan, butun hukuk mazmuniga xos bo’lgan asosiy sifat va belgilar har bir alohida olingan huquq normasida jamlangan bo’ladi. Huquq normasi ifoda etadigan formalyuridik belgilar quyidagilardan iborat: a) huquk normasining bevosita davlat bilan aloqasi (bog’liqligi), ya’ni xukuq normasi davlat tomonidan o’rnatiladi yoki ma’qullanadi; u hokimiyat tepasida turgan siyosiy kuchlarning amriirodasini ifodalaydi; b) huquq normasi davlat irodasini ifodalaydi (mujassamlashtiradi); v) huquk normasi umummajburiy bo’lib, vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi mazmunga ega; g) huquk normasida ifodalangan qoida qat’iy rasmiy aniqligi bilan tavsiflanadi; d) hukuk normasi uzoq muddat qo’llanishga mo’ljallangan; ye) huquqiy normalar o’zaro mutanosib va iyerarxik bo’ysunish tarzida mavjud bo’ladi; j) hukuq normasi davlat tomonidan muhofazalanadi; z) huquq normasining qoidasi buzilgan taqdirda davlat majburlovi qo’llaniladi; i) normat.iv hujjatlar va boshqa huquk manbalarida ifoda (bayon) etiladi. Ayni paytda, huquk normasi yaxlit bir tizimning dastlabki bo’lagi sifatida o’ziga xos jihatlarga ham ega bo’ladi.

Shunday qilib, huquq normasi — barcha huquk subyektlari uchun majburiy bo’lgan, davlat tomonidan o’rnatilgan yoki ma’qullangan, ijtimoiy munosabat qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini o’zida ifodalagan xattiharakat qoidasi, xulqatvor mezonidir.



Huquq normasida jamiyatning, xalq hayotining moddiy shartsharoitlari bilan belgilanadigan erki, ifodasi, manfaatlari ifodalanadi. Huquq normasi shaxslarning birbiri bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarida qanday xattiharakat modeliga, namunasiga rioya etishlari lozimligini, ya’ni qaysi harakatlarni sodir etish mumkin yoki qaysilarini sodir etmaslik kerakligini ko’rsatadi. Shu ma’noda, huquq normasi xulqatvorning huquqiy mezoni sifatida maydonga chiqadi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, huquq tizimi — bu huquqning tarkibiy tuzilishi bo’lib, o’z tarkibiga hukuq normalari, huquq institutlari va huquq sohalarini qamrab oladi. Huquk tizimi huquq normalarining tashkiliy tuzilishi bo’lib, uning mavjud bo’lishi obyektiv (milliy, madaniy, tarixiy va sh.k.) shartsharoitlarga bog’liq va hukuqning ichki tuzilishini ifodalaydi. Hukuq tizimi huquqiy tizimning normativ asosi hisoblanib, boshqa tarkibiy elementlarni shakllantiruvchi va harakatini tartibga soluvchi birlamchi omil sifatida namoyon bo’ladi.



Huquqiy prinsiplar huquqiy tizim doirasidagi rahbariy g’oyalar yig’indisini tashkil etadi. Mazkur tushuncha kompleks xususiyatga ega, chunki hukuqiy tizim har bir elementining o’z prinsiplari bor.

Huquqiy prinsiplar — yo’naltiruvchi dastlabki g’oya bo’lib, insonlarning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun xizmat qiladigan asosiy yo’nalishni ko’rsatib beradi. Huquqiy tizimni shakllantirishda huquqiy prinsiplar (rahbariy g’oyalar)ning faol harakatini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlarda «huquqiy prinsiplar» va «huquq prinsiplari» degan iboralar qo’llaniladi. Huquqiy prinsiplar — huquqiy mazmunga ega bo’lgan hamda qonunda mustahkamlangan tamoyillardir. Huquq prinsiplari deganda huquqning mohiyatini ifodalovchi, uning yaratilishi, mavjud bo’lishi, tuzilishi va amal qilishini ta’minlovchi rahbariy g’oyalar tushuniladi. Huquq prinsiplari qatoriga, odatda, demokratizm, insonparvarlik, adolatparvarlik, teng huquqlilik, qonuniylik, huquq va burchlarning uzviyligi, ishontirish va majburlashning birga qo’llanishi va boshqalar kiradi.

Huqukiy prinsiplar dastlab g’oya tarzida paydo bo’ladi (ya’ni ijtimoiy ongda shakllanadi), so’ngra huquqiy norma mazmuniga ko’chadi, undan yuridik amaliyotga, huquqni qo’llash jarayoni mazmuniga singib boradi. Masalan, shaxsning daxlsizligi muammosi bir necha asr muqaddam dastlab huquqiy goya shaklida vujudga kelib, keyinchalik umumiy mazmundagi huquqiy prinsipga aylangan. U tarixiy shartsharoit taqozosi bilan turli mamlakatlarda turli davrda huquqiy normaga aylangan. «Huquqiy prinsiplar huquqiy normada mustahkamlangach, — deydi R. 3. Livshis, — hukuq prinsipiga aylanadi». Konstitusiyada mustahkamlangan huquqiy prinsiplar butun qonunchilik tizimi va barcha sohalarni qamrab oladi. Lekin shunday huquqiy prinsiplar ham borki, ular konstitusiyada, qonunda mustahkamlanmagan bo’lsada, butun huquqiy tizim mazmuniga oid bo’ladi. Masalan, «qonunda taqiqlanmagan barcha narsalarga ruxsat etiladi» va «qonun bilan ruxsat berilmagan barcha narsalar taqiqlanadi» degan prinsip ana shunday umumiy huquqiy prinsipdir.

Huquq ijodkorligi — vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarining (referendum chog’ida — butun xalqning) huquq normalarini o’rnatish, o’zgartirish, takomillashtirish va bekor qilishga yo’naltirilgan maxsus faoliyatidir. Hukuq ijodkorligi faoliyatiga nafaqat yangi huquqiy normalar o’rnatish, balki ilgari chiqarilgan normativhuquqiy qoidalarni o’zgartirish va bekor qilish ham kiradi. Davlat mazkur faoliyat orqali xalqning irodasini qonun darajasida ifoda etadi, ijtimoiy boshqaruv va siyosiy rahbarlikni amalga oshiradi. Bu faoliyat natijasida jamiyatda amal qiluvchi bir butun va o’zaro ichki aloqador bo’lgan huquqiy normalar tizimi vujudga keltiriladi.

Huquq normalarining yaratilishi, yuridik kuchi, shakli, quyidan yuqoriga bo’ysunish munosabatlari davlatning huquk ijodkorlik funksiyasi bilan bevosita bog’liq. Hukuq ijodkorligi hukuq yaratishning nisbatan kengroq jarayon bo’lgan tarkibiy qismi hisoblanadi. Davlat huquqiy normani o’rnatish yoki ma’qullash orqali huquqni qo’lldsh va qo’riqlashdek serqirra, murakkab jarayonga turtki beradi. Huquq ijodkorligi tufayli vujudga keltiriladigan huquq normalari davlat organlarining turli xil rasmiy hujjatlarida aks ettiriladi. Bunday rasmiy hujjatlar normativhuquqiy hujjatlar deb ataladi.

Huquq ijodkorligi davlattomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir. Davlat organlari jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiyasini amalga oshirib boradilar. Bu esa huquq ijodkorligi jarayonining beto’xtov davom etishini taqozo etadi.

Huquq ijodkorlik faoliyati o’z mohiyatiga ko’ra davlat irodasini ifodalash bilan bog’liq. Davlat — tashkiliy kuch, huquq esa yuridik qoida shakliga kirgan irodadir.

Huquq ijodkorligi davlat faoliyatining huquqiy shakllaridan biri bo’lib, bu jarayonda quyidagi funksiyalar bajariladi: qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash; amaldagi qonunchilikni yangilash, uni ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga doimo moslashtirib turish; eskirgan huquqiy normalarni bekor qilib borish; huquq qamroviga olinmagan jabhalar, bo’shliqlarni to’ldirib borish; qonunchilikni tartibga keltirish — bir tizimga solish (sistemalashtirish). Mazkur funksiyalarning yuqori saviyada muntazam bajarib turilishi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish samaradorligining oshishini, qonunchilik tizimining takomillashuvini ta’minlaydi.

Huquqni amalga oshirish — davlat tomonidan yuridik mustahkamlangan va kafolatlangan imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish, ularni odamlar va ularning tashkilotlari faoliyatida hayotga tatbiq etish demakdir. Yuridik adabiyotlarda «huquqiy normani amalga oshirish», «huquqni tatbiq etish», «huquqiy normalarni tatbiq etish», «huquqiy normani qo’llash» kabi tushunchalar borasida yakdil fikr yo’q. Lekin «huquqiy normalarni tatbiq etish» huquqiy normalarii amalga oshirishni anglatishi aksariyat nazariyotchi olimlar tomokidan tan olinadi.

«Amalga oshirish» ma’nosini bildiradigan «realizasiya» atamasi lotinchadan olingan bo’lib, «realis» — moddiy yoki moddiylashtirish degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bu so’z ko’proq u yoki bu reja, dastur, loyiha, maqsad kabilarni hayotda ro’yobga chiqarish, qo’llash yoki tatbiq etish ma’nolarida ishlatiladi. Huquq ideal, mafkuraviy hodisa bo’lib, muayyan imkoniyat sifatida odamlarning harakati, faol xulqatvori, moddiy va ma’naviy boyliklar, ne’matlardan foydalanishda ro’yobga chiqadi, moddiylashadi. Ayni vaqtda, uni amalga oshirish yaia bir ma’noga ega: boshqa imkoniyatlar (rejalar, dasturlar, niyatlar va sh. k.)dan farqli o’laroq, xuquk amalga oshirish imkoniyatining ko’proqligi bilan tavsiflanadi, kafolatlar bilan ta’minlanadi. Tahlil qilinayotgan tushunchani izohlovchi yana bir holat shundan iboratki, huquq tabiiy va ijobiy, obyektiv va subyektiv huquqni o’z ichiga oluvchi serqirra hodisadir. Huqukni amalga oshirish uning serqirra mazmunini hisobga olgan holda talqin etilishi lozim.

«Huquqni amalga oshirish» atamasi yuqoridagi mazmunga mos keladi. Darhaqiqat, huquq nomoddiy ko’rinishga ega bo’lsa ham, kishilarning faoliyati, faol xulqi va yurishturishlarida, moddiy va ma’naviy qadriyatlardan foydalanishlarida moddiylashadi. Demak, «huqukni amalga oshirish» uning talablarining hukuqiy munosabatlar ishtirokchilari faoliyatida namoyon bo’lishi, ko’rsatmalarining huquqiy xattiharakatga aylanishini bildiradi.

Huqukni amalga oshirish o’zaro ichki bog’langan, tarkibiy qismlari birbirini taqozo etadigan murakkab mexanizm sifatida maydonga chiqadi. Mazkur mexanizm birorbir elementining oqsashi yoki yetarli darajada ishlamasligi huquqni ro’yobga chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Huquqni amalga oshirish natijasida inson hukuq va erkinliklari muhofaza etiladi, xalqning davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtiroki ta’minlanadi, mulk qo’riklanadi, tadbirkorlik rivojlantiriladi va qo’llabquvvatlanadi, ijtimoiy va hukuqiy tartibot mustahkamlanadi. Huquq amalga oshirilgan taqdirdagina shaxs va jamiyat uchun ma’no va ahamiyat kasb etadi. Agar hukuq hayotga tatbik etilmasa, mukarrar tarzda «jonsiz» holda qoladi. Huquq normalarining bosh vazifasi shundan iboratki, ular shaxs hukuklarining mazmunini aniqlashga yordam beradi va shu tariqa uni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

Huquqni amalga oshirish — zamon va makonda yuz beruvchi murakkab jarayon. Unda nafaqat taraflar, subyektiv huquq va majburiyatlarning egalari, balki davlat ham o’zining xukuk ijodkorligi, huquqni ijro etuvchi, huquqni qo’llovchi organlari orqali ishtirok etadi. Huquqni amalga oshirish, huquqni hayotga tatbiq etish jarayoni sifatida, birinchidan, hukuqni amalga oshirishning yuridik mexanizmlarini, ikkinchidan, huquqni bevosita amalga oshirish shakllarini o’z ichiga oladi. Hukuqni amalga oshirishning yuridik mexanizmlari xilmaxil bo’lib, ularning mazmuni u yoki bu mamlakat huquqiy tizimining xususiyatlari bilan belgilanadi.

Qonunchilik (normativ-huquqiy hujjatlar) tizimi. Qonunchilik huquqiy tizimning jo’shqin harakatlanuvchi tarkibiy qismidir. Maxsus adabiyotlarda «qonunchilik» tushunchasining quyidagi ikki izohi mavjud: 1) qonunchilik — davlat tomonidan o’z funksiyalarini amalga oshirishning asosiy usullaridan biri bo’lib, davlat hokimiyati organlari tomonidan qonunlar chiqarishda ifodalanadi; 2) qonunchilik — ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hukuqiy normalar yig’indisi yoki ijtimoiy munosabatlarning bir sohasiga oid huquqiy xujjatlar majmui (fuqarolik qonunchiligi, jinoyat qonunchiligi, ma’muriy qonunchilik va boshqalar).

Berilgan birinchi izohga ko’ra, «qonunchilik» — qonunlarni yaratish bilan bog’liq tushuncha sifatida namoyon bo’ladi. Ikkinchi izohning mazmuni bo’yicha esa normativ huquqiy hujjatlar majmui hisoblanadi.

«Qonunchilik» tushunchasiga berilgan mazkur tavsifga oydinlik kiritish uchun uning lug’aviy mazmuniga e’tibor beraylik. «Qonun» iborasi arabcha so’zdan olingan bo’lib, unga «chilik» so’z yasovchi ko’shimchasi qo’shilishi orqali «qonunchilik» so’zi paydo bo’lmoqda. Masalan, «bog’dorchilik», «dehqonchilik», «chorvachilik» so’zlarida ham «chilik» qo’shimchasini qo’shish orqali muayyan faoliyat ifodalanadi. Bu qoidaga amal qilinadigan bo’lsa, qonunchilik ham faoliyat hisoblanadi. Ya’ni, yuqorida ko’rsatilgan birinchi izohdagi qoida kelib chiqadi. Ammo hukuqiy amaliyotda, berilgan izohning ikkinchisi ko’proq ishlatiladi1.

Qonunchilik keng ma’noda qonunchilik faoliyati bilan shug’ullamuvchi organ tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar, shuningdek, qonun osti hujjatlari (boshqaruv organlari tomonidan qabul qilimadigan hujjatlar)dan iborat. «Qonunchilik» ni tor ma’noda tushunish esa faqatgina qonun chiqaruvchi organning hujjatlari (qonun ia parlament qarorlari) ni nazarda tutadi2.

Qonunchilik muhim ijtimoiy vazifani bajaradi. U jamiyat hayotining barcha sohalarini tartibga solishga, o’zgartirishga, rivojlantirishga xizmat qiladi va shu tariqa huquqiy davlat barpo etishga asos yaratadi. Aynan qonunchilik demokratiya institutlarini yuridik jihatdan rasmiylashtiradi, mustahkamlaydi va rivojlantiradi. Qonunchilik tufayli hokimiyat vakillik organlarining obro’i ortadi, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanib, rivojlanib boradi, xalqning o’zini o’zi boshqaruvi qaror topadi, inson huquq va erkinliklari ta’minlanadi, oshkoralik, plyuralizm va ko’ppartiyaviylik rivojlanadi, davlat idoralarining faoliyati takomillashadi. Qonunchilikning tor ma’nodagi ta’rifiga ko’ra, oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat organi tomonidan chiqariladigan normativhuquqiy hujjatlar tizimi tushuniladi. Qonunchilik tarkibiga kiruvchi normalar prinsipial, umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lib, umummajburiy yuridik kuchga ega bo’ladi va odatda, boshlang’ich, birlamchi asos sifatida e’tirof etiladi.

O’zbekiston Respublikasining «Normativhuquqiy hujjatlar to’g’risida»gi qonuniga ko’ra, qonunda belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat ko’rsatmalari sifatida qonunchilik hujjatlari normalarini belgilash, o’zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativhuquqiy hujjat deyiladi ea bu normativhuqukiy hujjatlar umumlashtirilgan holda qonunchilik hujjatlari hisoblanadi (13moddalar).

Konstitusiya mamlakat qonunlarini yaratish hamda davr talabiga mos tarzda takomillashtirib borishning dasturi hisoblanadi. Barcha konunlarning mazmunibtidosi ular uchun sarchashma manba bo’lmish konstitusiyadan boshlanadi. Joriy qonunlar konstitusiyaviy g’oya, prinsip va qoidalarni bevosita hayotga qo’llash uchun xizmat qiladi.

Ayni vaqtda, respublikamiz qonunchiligining ichki strategiyasi masalalari muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Qonunchilik strategiyasi — bu mamlakat butun huqukiy tizimining, shuningdek uning alohida qismlari, huquq hamda qonunchilik sohalari va institutlarining hozirgi va kelgusidagi taraqqiyoti yo’nalishlarining ilmiy asoslangan tarzda belgilanishidir. Qonunchilik strategiyasi qonunlarni tayyorlashning, uni rejalashtirish, prognozlash va amalga oshirishning nazariy hamda amaliy masalalarini qamrab oladi. U davlat siyosati bilan uzviy bo’lib, davlat tayanuvchi muhim prinsiplar asosida jamiyatga qonunlar vositasida rahbarlik qilish san’ati hisoblanadi.

Shuningdek, qonunchilik strategiyasi davlat siyosatini huqukiy munosabatlar mazmuniga singdirish, qonunlarni muntazam ravishda takomillashtirib borish omilidir.

Qonunchilik strategiyasi, mohiyatiga ko’ra, huquqiy rivojlanishni ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirish va ularni mumkin qadar aniq aks ettirishga asoslangan ilmiy bashoratlashni nazarda tutadi.

Fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasining konunchilik strategiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

a) huquqiy rivojlanishning istiqbolga mo’ljallangan maqsad


larini belgilash;

b) mavjud boshlang’ich vaziyatni chuqur tahlil qilish;

v) qonunchilik islohoti o’tkazishning konsepsiyasi (asosiy yo’na
lishlari)ni ishlab chikish;

g) belgilangan maqsadga aynan mos keluvchi (adekvat) vosita va cho


ratadbirlarni tanlab olish;

d) qonunchilik rivojlanishini ilmiy bashorat (prognoz) qilish.

Qonunchilik strategiyasining mazmuni normativhuquqiy aktlar tizimidagi miqdor va sifat o’zgarishlarini taraqqiyot qonuniyatlari asosida oldindan ko’ra bilish hamda hisobga olishda namoyon bo’ladi. Mazkur strategiya vakt, davriylik nuqtai nazaridan qonunchilik tizimining bevosita hozirgi paytdagi va kelgusidagi rivojlanishimi o’z ichiga oladi. Hajmi, ko’lami jihatidan esa qonunchilik straTegiyasi mamlakatning butun huquqiy tizimini, huquqning tarmoqlari, institutlari, normalarini hamda qonunlarni qamrab oladi1.

Har qanday voqyea, hodisa va predmetning ma’nomohiyati, ijtimoiy vazifasi va funksiyasini uning shakli o’zida mujassam etadi. Ya’ni, shakl hodisa va predmet mazmunining mavjudligini ta’minlash vositasidir. Shunga ko’ra, «qonunchilik» huquqning mavjudligini, «qonunchilik tizimi» esa huquq tizimi mavjudligini ta’minlaydi. Huquqiy normalar qonunchilik hujjatlarida mustahkamlanadi, rasmiylashtiriladi.

Huquq tizimi huquqning ichki tuzilishi, ichki tarkibiy qurilishi bo’lib, uning mazmuni o’zi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar xususiyati bilan belgilanadi. Qonunchilik tizimi hukuq tizimining tashqi shakli sifatida hukuq manbalari tuzilishini, normativhuquqiy hujjatlar yig’indisini (uyushmasini) aks ettiradi. Huquq, huquqiy normalar qonunchilikdan tashqarida mavjud bo’la olmaydi, amal qila olmaydi.

Qonunchilik tizimi deganda huquqning mazmuni va ichki tarkibiy tuzilishini mustahkamlovchi, rasmiylashtiruvchi, moddiylashtiruvchi normativhuquqiy hujjatlar yig’indisi tushuniladi. Qonunchilik tizimi huquk (qonun) ijodkorligi faoliyati orkali huquq normalarining yaratilishi, rasmiy hujjatlarda mustahkamlanishi va tizimlashtirilishi (sistemalashtirilishi) natijasida vujudga keltiriladi.

Qonunchilikning kundalik hayotdagi keng talqini uning normativhuquqiy hujjatlar yig’indisi ekanligidadir.

Huquq ijodkorligi faoliyatining bevosita mahsuli — turlituman normativhuquqiy hujjatlar. Bunday hujjatlar hukuq ijodkorligi subyektlarining yuridik normalarini ifodalaydi. Uzbekiston Respublikasida huquqni ifodalash (bayon etish) ning asosiy manbai, shakli normativhuquqiy hujjatlar hisoblanadi. Normativhuquqiy hujjatlar davlat tomonidan o’rnatiladigan yoki ma’kullanadigan huquqiy hujjatlarning alohida rasmiy turidir.

Normativhuquqiy hujjat deganda davlat vakolatli organlarining ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umum-majburiy qoidalar o’rnatuvchi, ularni o’zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hukuk ijodkorlik hujjati tushuniladi. Huquqning normativ hujjat shakli demokratik huquqiy jamiyat sharoitida mamlakat xo’jalik, siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotiga davlat yo’li bilan rahbarlik qilishning eng maqbul shaklidir. Normativhuquqiy hujjatlar quyidagi uch xususiyati bilan ijtimoiy normalarning boshqa turlaridan ajralib turadi: 1) normativhuquqiy hujjatlar vakolatli davlat organlari tomonidan yaratilib, barcha uchun umummajburiy qoidalarni o’rnatadi, o’zgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi; 2) ularda hukuqiy qoidaning mazmuni, ya’ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquk va burchlari ifoda etiladi; 3) normativhuquqiy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi, qoida bo’yicha, davlatning majburlov kuchi ishga solinadi.

Yuridik ustqurma murakkab va serqirra bo’lganligi sababli normativhukuqiy hujjatlar turli mezonlar bo’yicha turkumlanishi (tasniflanishi) mumkin. Ushbu mezonlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:



  • huquqiy tartibga solish predmeti yoki tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlarning turi;

  • huquq ijod etuvchi subyekt;

  • huquqiy hujjatning yuridik kuchi;

  • huquqiy hujjat amal qiladigan hudud;

• normativhuquqiy hujjatning yuridik nomlanishi.

Normativhuquqiy hujjatlarni turkumlash usullari, uslublari va yo’llari ham turlichadir. Turkumlashning juda keng tarqalgan ilmiy usullari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: alifboliiredmetli ko’rsatkichlar; iyerarxiyaga (pog’onali mutanosiblikka) asoslangan turkumlash (u oddiy va o’nliklar bo’yicha bo’linishi mumkin). Normativhuquqiy hujjatlar ularni chiqaradigan davlat organlarining mavqyei, hujjatlarning yuridik kuchiga ko’ra quyidagi turkumlarga bo’linadi:



  • qonunlar (konstitusiya va joriy qonunlar);

  • prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;

  • hukumat qarorlari va farmoyishlari;

  • davlat va xo’jalik boshqaruv organlarining qaror, buyruq va yo’riqnomalari;

  • mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qarorlari va farmoyishlari1.

Yüklə 257,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə