«davlat huquqi» kafedrasi malakaviy bitiruv ishi


Huquqiy tizim tarkibida huquqiy qadriyatlarning qaror topishi va mustahkamlanishi



Yüklə 257,2 Kb.
səhifə4/4
tarix22.11.2017
ölçüsü257,2 Kb.
#11633
1   2   3   4

2.2. Huquqiy tizim tarkibida huquqiy qadriyatlarning qaror topishi va mustahkamlanishi

Huquqiy tizimning tarkibiy qismlari bir-biridan mazmuni va mohiyati, maqsadi va vazifalari, tuzilishi va shakli, harakat yo’nalishi va makoni hamda boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi. Huquqiy tizim tuzilishining murakkabligi va turli-tumanligi uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning ko’pligi, har birining alohida funksiyasi mavjudligi va o’zaro munosabatda, dialektik aloqadorlikda serjilo bog’lanishlar vositasida amal qilishi orqali namoyon bo’ladi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, huquqiy tizim — murakkab ijtimoiy hodisa sifatida o’z tarkibida mamlakatda mavjud huquqiy voqyelikning barcha elementlari, ya’ni, huquqiy vositalar, hodisalar, institutlar, muassasalar, binobarin huquqiy hayotni aks ettiruvchi butun bir holat — reallikni ifodalaydi.

Huquqiy tizim tarkibiy elementlarida huquqiy qadriyatlarning ifodalanishi hakida fikr yuritganda, mamlakat miqyosida mavjud bo’lgan huquqiy voqyeliklar: hukukiy institutlar, hodisalar, jarayonlar va bularni amalga oshiruvchi hamda tartibga soluvchi yuridik muassasalar faoliyati qamrab olinishiga e’tibor qaratishimiz lozim.

Hukuqiy tizimni tashkil etuvchi elementlarning mazmun va mohiyati jihatidan bir-biri bilan O’zviyligi va farq qilishini e’tiborga olib, ushbu guruhiy elementlar tarkibida hukukiy qadriyatlarning ifodalanishi masalasini tahlil qilish lozim.

I. Normativ xususiyatga ega bo’lgan tarkibiy elementlar. Bu borada, avvalo, huquqiy tizimning asosiy tarkibiy qismi — xukuq normalarida qadriyatlarning ifodalanishi masalasiga to’xtalish o’rinli. Huquq tizimi o’z tarkibiga huquq tarmog’i (sohasi), huquk instituti va huquq normalarini qamrab olishini inobatga olgan holda, voqyelikni teran tadqiq etish maqsadga muvofiq.

Mamlakatimizda amal qilayotgan huquq tarmoqlari jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan. Shu bois ular mazmuniga O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining tabiati hamda ruhiyatiga xos qadriyatlar singib ketganligi tabiiy. Ayniqsa, milliy xususiyat va qadriyatlar o’z ifodasini ko’proq topgan konstitusiyaviy huquq (davlat huquqi), oila huquqi, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi kabi tarmoqlarni ta’kidlash o’rinli. Mustaqillik davrida demokratik huquqiy tizimni barpo etish barobarida yangidan-yangi huquqiy institutlar joriy etilmoqda. Masalan, konstitusiyaviy huquq sohasi tarkibidagi «Ikki palatali Oliy Majlis», «Konstitusiyaviy sud», «mahalla», «mahalla oqsoqoli», «oila», «hokimlik» institutlarini keltirish mumkin. Yuqorida ta’kidlangan huquq institutlari tarkibidagi barcha normalar milliy qadriyatlarimizning amaldagi huquqiy shaklda ifodalangan yoki huquqiy tartibga solingan ko’rinishidir.

Huquqiy normalar tizimi umumlashgan holda yagona qonunchilik sohasini tashkil etadi. Shu o’rinda «Mustaqil O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida qadriyatlarning qaror topishi va ifodalanishi qay darajada?» degan tabiiy savol tug’iladi.

O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgach, o’z oldiga xukuqiydemokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishdek ezgu maqsadlarni qo’yish bilan birga, bu maqsadlarga erishishning huquqiy asosini tubdan yangilashga birinchi darajali vazifa sifatida katta e’tibor qaratildi. Bunday vaziyatda qonunshunoslarimizga alohida mas’uliyat yuklatildi. Ular oldida turgan asosiy vazifa mamlakatimiz taqdirini belgilovchi, uning taraqqiyotini ta’minlovchi har tomonlama mukammal qonunlar yaratiShdir. Albatta, qonunlarning kuchi, saviyasi, qadr-qimmati ularning xalq irodasi va manfaatiga mosligi va ularga og’ishmay rioya etilishi bilan belgilanadi. Bunday mas’uliyatli va o’z navbatida sharafli vazifa to’la his etilgan holda bugungi kungacha mustaqil O’zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi organi tomonidan turli yo’nalishdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 560 dan ortiq qonunlar, jumladan 15 ta kodeks qabul qilindi. Bu qonunlarning ba’zilari misolida milliy xususiyatlarimiz va qadriyatlarimiz aks etishiga to’xtalish joiz.

Fuqarolik huquqi sohasida. Mamlakatimizda ushbu soha bozor xartiyasi sifatida e’tirof etilayotgan Fuqarolik kodeksi yordamida tartibga solinadi. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi ijtimoiy munosabatlarning juda keng doirasini tartibga solib, boy mazmunga ega. Ushbu sohani tartibga solishda, albatta, xalqimiz ongida azaldan shakllangan mulkka munosabatni e’tiborga olish joiz. Sobiq sovet tO’zumi davridagi qonunlarda belgilangan va fuqarolar, tashkilotlarning mulkiy, shaxsiy munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan me’yor va qoidalar mohiyati hamda mazmuni jihatdan mahalliy aholining urf-odatlari, an’analari, qadimiy madaniy meroslarini o’zida to’la aks ettira olmadi. Sobiq Ittifoq tarkibida bo’lgan barcha respublikalarning «grajdanlik» huquqi qonunlari, ularda yashovchi xalqlarning tarixi, hozirgi sharoiti qanday darajada rivojlangan bo’lishidan qat’i nazar, bir xil qonun mezonlari ostida shakllandi va rivojlandi1. U qonunlarda davlat manfaatlari, davlat mulkiga e’tibor yuqori darajada bo’lsa, mustaqillikka erishilgandan so’ng, qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida inson manfaati, xususiy mulk masalalari barcha normalar mazmuniga singdirildi.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida milliy qadriyatlar o’z ifodasini topgan bir qator normalarni talqin etish mumkin. Jumladan, Kodeksning 6-moddasida «Ish muomalasi odatlari. Mahalliy odat va an’analar» o’z aksini topgan bo’lib, fuqarollik qonunlarida tegishli normalar bo’lmagan taqdirda, bu munosabatlarni tartibga solishda mahalliy odat va an’analar qo’llanishi ta’kidlangan. Bu holatda xalqimizning milliy xususiyatlari inobatga olinganligi tabiiy. Yoki Kodeksning «Xazina»ga bag’ishlangan 196-moddasi 1963 yilda qabul qilingan Kodeks bilan yangi Fuqarolik kodeksi o’rtasidagi farqni yaqkol namoyon etadi. Avvalgi Kodeksning 159-moddasiga binoan, xazina topgan shaxs, uni qayerdan topgan bo’lishidan qat’i nazar, tegishli davlat idorasiga topshirib, uning qiymatidan yigirma besh foiz miqdorida mukofot olish huquqiga ega edi. 1997 yil kuchga kirgan, amaldagi Kodeksning 196-moddasiga muvofiq, davlatga faqat tarix va madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradigan ashyolardan iborat xazina topshiriladi. Bunda ham xazina topgan shaxs bilan xazina topilgan joyning egasi davlatdan xazina qiymatining ellik foizi miqdorida mukofot olishga haqli bo’ladi. Bu yangi Kodeksimizdagi davlat manfaatidan inson manfaatlariga tomon odimlashga misol bo’ladi. Fuqarolik kodeksining 511-moddasida ko’rsatilgan «Xayr-ehson»ga e’tibor qaratsak, u xalqimiz qalbining tubidan joy olgan milliy qadriyatning huquqiy ifodasidir. Insoniy saxovat fazilatlaridan biri zakot berish ekanligi barchamizga ma’lum. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan fuqarolarning muruvvatli, mehr-oqibatli xislatlaridan kelib chiqadigan bo’lsak, xayr-ehsonning huquqiy tartibga solinishi ibratli holdir.



Jinoyat huquqi sohasida. Mazkur huquq sohasining asosiy manbai Jinoyat kodeksi hisoblanadi. Amaldagi Jinoyat kodeksimiz ham o’zida bir qator milliy xususiyat va qadriyatlarni aks ettiradi. Jumladan, avvalgi (1959 yilgi) Jinoyat kodeksida qalin berganlik uchun jinoiy javobgarlik ko’rsatilgan edi. Endilikda «kalin berish», «chayqovchilik» uchun javobgarlikni yuzaga keltiradigan harakatlar va unga oid moddalarning chikarib tashlanganligi so’zimizning isbotidir. Kodeksning maxsus qismi birinchi bo’limidagi beshinchi bobi milliy qadriyatlarimizga tahdid soluvchi, zarar yetkazuvchi ijtimoiy xavfli qilmishlarni o’zida mujassamlashtirgan. So’nggi yillarda barcha sohalarda bo’lgani kabi, jinoyat huquqi sohasida amalra oshirilayotgan liberallashtirish, ya’ni jinoiy jazolarni yengillashtirish, yarashuv institutining joriy etilishi, o’lim jazosini bekor qilish bilan bog’lik faoliyat jamiyatda mavjud umuminsoniy qadriyatlarning milliy qadriyatlar bilan uyg’unlashgani hamda huquqiy qadriyatlarga aylanganini ifodalaydi.

Ayniqsa, jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan jinoyat qonunchiligiga kiritilgan muhim o’zgartish va qo’shimchalardan biri yarashuv institutining joriy etilganligidir. Bu haqiqiy o’zbekona qadriyatning qonundagi yorqin ifodasidir. Zero, o’zbek xalqi o’zining kechirimliligi, birovga yomonlikni ravo ko’rmasligi, mard va tantiligi bilan ajralib turadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, «yarashuv instituti amalga joriy etilganidan to bugungi kunga qadar 50066 ta jinoyat ishi bo’yicha 54323 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari tugatildi. Respublikamiz miqyosida faoliyat olib borayotgan sudlar tomonidan 2000 yilda ozodlikdan mahrum kilish jazosiga hukm qilinganlar umumiy sudlanganlarning 47,2 foizini tashkil etgan bo’lsa, 2008 yilga kelib umumiy sudlanganlarning 28,7 foizigagina ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi»1.

Jinoyat huquqi normalarida milliy qadriyatlarni yanada mukammalroq aks ettirish uchun O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi2 55-moddasining birinchi qismi «j» bandidagi «voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi» jumlalarini «voyaga yetmagan yoki qariyaning jinoyat sodir etishi»-deya; (bu yerda «qariya» deganda yoshi 70 yoshdan oshgan kishilar tushunilishi lozim) JK 56-moddasining birinchi qismi «b» bandidagi «yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan» jumlalarini «yosh bola, qariya, o’z ota-onasi yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan» deya; 110-moddasining ikkinchi qismi «a» bandidagi «voyaga yetmagan shaxsga nisbatan» jumlalarini «voyaga yetmagan, kariya yoki o’z ota-onasiga nisbatan» deya; 245-moddasining ikkinchi qismi «a» bandidagi «voyaga yetmagan shaxsga nisbatan» jumlalarini «qariya yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan» deya; 277-moddaning ikkinchi qismi «d» bandidagi «yosh bola, qariya, nogiron yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni xo’rlab» jumlalarini «o’z ota-onasi, yosh bola, qariya, nogiron yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni xo’rlab» deb to’ldirilishi huqukiy qadriyat sifatidagi normalarni ko’paytiradi. Chunki ota-onaga hurmat, yoshlarga ehtirom va izzat, qariyalarni qadrlash kabi xususiyatlar xalqimizning yuksak qadriyatlari jumlasidandir. Shu kabi boshka bir qator qonunlarimizda ham o’zbek xalqining bir necha asrlar davomida asrab-avaylab, ardoqlab kelayotgan milliy qadriyatlarini aks ettirish ularning amaliy ahamiyatini, qadrini oshirishi tabiiy. Bugungi qonunlarga qo’yiladigan talablar faqatgina huquqiy munosabatlarni tartibga solish bilan cheklangani yo’q, balki xalqimizning milliy va azaliy qadriyatlarini ularning normalarida aks ettirish qonun ijodkorligining dolzarb vazifasi sanaladi. Chunki, qaysi bir mamlakatda bo’lmasin qabul qilinayotgan qonunlar, avvalo, o’sha mamlakat xalqining milliy urf-odat va xususiyatlaridan kelib chiqib qabul qilinmasa, uning amaldagi ijrosini ta’minlashda jiddiy muammolarga duch kelinaveradi. Soddaroq aytganda, xalqning milliy urf-odatlari va azaliy qadriyatlari qonunlarda aks etmasa, qonun ma’naviy-axloqiy zamindan O’zilib qoladi. Shuning uchun ham barcha mamlakatlardagi qonunchilik jarayonini tashkil etishda, avvalo, o’sha yerning tub xalqi manfaatlari, urfodatlari va milliy qadriyatlaridan kelib chiqib yondashilganligini ko’rish mumkin1.

Harakatda (muayyan jarayon orqali) ifodalanadigan hukuqiy tizim tarkibiy elementlarida huquqiy qadriyatlarning ifodalanishi birinchi navbatda huquqiy munosabatlar mazmunida namoyon bo’ladi. Huquqiy munosabatlar huquqiy tizimning zaruriy elementi bo’lishi bilan bir qatorda, uning harakatini namoyon etuvchi hukuq normalari yordamida amalga oshiriladigan aloqalar tizimidir. Turli yuridik adabiyotlarda huquqiy munosabatlarni tushunishga oid bahsli fikrlar mavjud. Ba’zi olimlar huquqiy munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarning alohida bir turi deb hisoblasalar1, boshqa mualliflar — «huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning alohida turi emas, balki ijtimoiy munosabatlar qachonki huquqiy shaklga keltirilsa, shundagina huquqiy munosabat maqomiga ega bo’ladi... Ijtimoiy munosabatlar yuridik shaklga ega bo’lishi mumkin, shunda ular huquqiy munosabatlar hisoblanadi»2, deya talqin etadilar.

Bizning fikrimizcha, huquqiy munosabatlar huquq subyektlarining huquq normalari yordamida tartibga solingan harakatlari, munosabatlari yoki aloqalaridir. Huquqiy munosabatlarda huquqiy qadriyatlarning ifodalanishi huquqiy tizim samarali faoliyatining, faol harakatining muhim omilidir. Demak, ijtimoiy munosabat huquq normalari yordamida tartibga solinsa, hukuqiy munosabat ko’rinishiga ega bo’ladi. Jamiyatda mavjud munosabatlar turlicha ko’rinishlarga ega. Jumladan, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va h.k. Har bir munosabat markazida inson va uning manfaatlari turishi tabiiy. Inson oliy xilqat sifatida o’z harakatlarini, hayot tarzini tartibga solish uchun huquqni yaratgan va, o’z navbatida, aksariyat faoliyatini ular orqali tartibga solishga intiladi. Bu huquqiy munosabatning vujudga kelish asosidir.

Huquqiy munosabatlar mazmunida qadriyatlarning ifodalanishi huquqiy munosabatga kirishayotgan taraflarning manfaatlarini ifodalashga xizmat qiladi; chunki huquqiy munosabatning ikki yoki undan ortiq subyektlari umum e’tirof etilgan, fuqarolar tomonidan tan olingan va ular e’zozlaydigan umumiy ijtimoiy norma (axloq, odob, an’ana va h. k.) larni inobatga olgan holda munosabatga kirishsalar, barcha ishtirokchilar uchun masala qonuniy va adolatli hal etilishi tabiiy. Masalan, oilaviy nizolarni hal etishda mahalla keksalari, hayotiy tajribaga ega katta yoshli fuqarolar va mahalla faollarining ishtiroki hamda umumiy fikri asosida murosaga keltirish yoki nizo sudgacha borib yetgan taqdirda, sud ishini hayotiy tajribaga ega bo’lgan va nizolashgan tomonlarga qaraganda yoshi ulug’roq sudyalar amalga oshirsalar, ham mantiqan to’g’ri bo’ladi, ham ishning muayyan ma’noda adolatli hal etilishiga erishish mumkin.

Bundan tashqari, huquqiy munosabatning asosiy mezoni huquq normalari hisoblanadi. Tabiiyki, huquqiy normalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning aks ettirilishi huquqning nufO’zini oshirish barobarida huquqiy munosabatga kirishayotgan tomonlarning bu munosabatdan ijobiy samara olishlarini ta’minlaydi.

Huquq ijodkorligi, huquqni amalga oshirish va qo’llash jarayoni kabi elementlar hukuqiy tizimning zaruriy tarkibiy qismi va nisbatan keng qamrovli jarayonni o’zida ifodalashini inobatga olgan holda, ularga keyingi fasllarda to’xtalamiz.



II. Huquqiy tizimning g’oyaviy-mafkuraviy mazmunga ega bo’lgan elementlari. Avvalo, huquqiy ong huquqiy tizimning yana bir muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Huquqiy ongda qadriyatlarning shakllanishi, unga singishi tabiiy jarayondir. Huquqiy ongning yuksalishi ijtimoiy ong shakllanib borishi bilan birga kechadi. Huquqiy ong rivojini ijtimoiy ong shakllanishidan ayri holda tasavvur qilish mumkin emas. Huqukiy ong ijtimoiy ongning bir shakli bo’lib, nisbatan mustaqildir. Huquqiy ong to’g’risida huquqshunos olimlar yakdil fikrga ega emaslar. Professor S. S. Alekseyevning fikricha, huquqiy ong insonlarning huquqqa bo’lgan munosabatidir. Huquqiy ongning eng muhim jihati insonlar tomonidan huquqiy voqyeliklar va qadriyatlarni anglash, ayni vaqtda amaldagi pozitiv huquq, uning ong va adolat, g’oyalar talablariga qanchalik muvofiq kelishi to’g’risidagi qarashlaridir1. Akademik V.S. Nersesyans huquqiy ongni insonlarning huquqiy hodisalarga bo’lgan qarashlari, tasavvurlari, e’tiqodlari, kayfiyati va his-tuyg’ulari yig’indisi sifatida ta’riflaydi1. Z.M. Islomov esa mazkur hodisani quyidagicha ta’riflaydi: «Huquqiy ong — huquqiy hissiyotlar, tuyg’ular, g’oyalar, baholar, yo’l-yo’riqlar, tasavvurlar va fuqarolarning davlatga munosabatini ko’rsatuvchi (bu munosabat esa amaldagi xuquqqa, huquqiy amaliyotga, fuqarolar huquqlari va burchlariga yondashuvni ham qamrab oladi) qarashlar yigindisi»2. Demak, huquqiy ong insonlar ongida huquk to’g’risidagi qarashlar, g’oyalar, fikrlar, tushunchalar va tasavvurlarning aks etishidir. Yuksak darajada shakllangan huquqiy ong huquqiy-demokratik davlat barpo etishning muhim omilidir.

Jamiyat huquqiy ongida qadriyatlarning aks etishi oqilona tashkil etilgan huquqiy tarbiyaga bog’liq. Huquqiy tarbiya va targ’ibotning samara bilan olib borilishi ilg’or hukuqiy ongning shakllanishi garovidir.



Xulosa

Mazkur malakaviy bitiruv ishida mamlakat huquqiy tizimini qadriyatlar nuqtai nazaridan talqin etishga, shuningdek unda umuminsoniy va milliy qadriyatlarning mustahkamlanishi hamda ifodalanishini tahlil qilishga dastlabki urinishlardan biri amalga oshirildi.

Jahon ma’rifiy taraqkiyotining hozirgi bosqichida ijtimoiy hodisalarga kadriyatlar ta’limoti mezonlari asosida baho berish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bunday yo’nalish o’zbek ijtimoiy fani, xususan falsafiy va huquqiy fanlari uchun ham xos bo’lib bormoqda.

Huqukshunoslik fani huquqning, butun huquqiy tizimning jamiyatda barkarorlik, huquqiy tartibot va qonuniylik muhitini vujudga keltirish, inson huquk hamda erkinliklarini ta’minlash borasidagi ahamiyatidan kelib chiqib, ularni nihoyatda muhim ijtimoiy qadriyatlar sifatida tadqiq etadi. Huqukning, huqukiy tizimning asosiy qadrqimmati ularning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan bog’liq vazifasida namoyon bo’ladi. Zotan, xuquqiy tartibga solish mexanizmini takomillashtirishning ilmiy asoslarini kuchaytirish pirovardida huquqning (huquqiy tizimning) qadrini yanada oshiradi.

Huquqiy tizimni aksiologik (qadriyatli) ilmiy tahlil etish natijasida huquqiy hayot sohasidagi ehtiyojlarning manfaatlarga aylanishi, manfaatlarning esa chinakam qadriyatlarga aylanish jarayoni kuzatildi. Insoniyatga xizmat qiluvchi huquqiy qadriyatlar esa, o’z navbatida, ijtimoiy zaruriyatni anglash, ya’ni erkinlikni amalga oshirish vositasidir, degan muhim xulosaga kelindi.

Huquqiy tizimning asosiy tarkibiy qismi hisoblangan huquq normalarida, qonunchilik tizimida, xususan, qabul qilinayotgan qonunlarda va, umuman, barcha normativhuquqiy hujjatlarda xalqimizga xos qadriyatlarni imkon qadar ko’proq aks ettirish, shubhasiz, ushbu hukuqiy institutlarning xalqchil bo’lishini ta’minlash barobarida ularning amaliy samarasini yanada oshiradi.

Ta’kidlash joizki, huquqiy qadriyatlarning qaror topishi, shakllanishi va mustahkamlanishi anchagina murakkab, ayny vaqtda, uzoq davom etadigan jarayondir. O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin o’tgan yigirma yil mobaynida ko’plab yangi demokratik huquqiy qadriyatlar qaror topdi, qonunchilikda o’zining rasmiy ifodasiga ega bo’lib, mustahkamlandi. Tabiiyki, mustaqil mamlakatga xos yangi hukuqiy qadriyatlar tizimining vujudga kelishi, ularning jamiyat a’zolari ma’naviy mulkiga aylanishi, ijtimoiy ongga singishi muayyan vaqt talab etadi. Bunda eski qadriyatlar inkor etilib, ularning o’rniga yangi qadriyatlar o’ziga «yo’l ochib,» hayot sahnasiga kelishi bilan bogliq murakkab jarayon kechadi. Mamlakatimizda yangi huquqiy qadriyatlar dialektik inkorni inkor tarzida va muayyan vorislik asosida qaror topmoqda. Dialektikaning inkorni inkor qonuniga muvofiq, obyektiv vokelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonida eski (qadriyatlar) ning yangi (qadriyatlar) tomonidan inkor qilinishi ro’y beradi. Biroq, eski huquqiy qadriyatlar butunlay inkor etilmaydi, ulardagi barcha ijobiy jihatlar saqlanib qoladi. Jamiyat taraqqiyoti spiralsimon tarzda, muayyan nisbiy takrorlanish asosida srdir bo’ladi. O’zgarish va rivojlanish jarayonida o’zini o’zi inkor etish tamoyili ham namoyon bo’lib, u muhim o’rin tutadi. Barcha ijtimoiy hodisalarda bo’lgani kabi, huquqiy qadriyatlar tizimida ham ichki qaramaqarshilik, ziddiyatlar tufayli taraqqiyot jarayonida ertamikechmi eski qadriyatlarning barham topishi va yangi qadriyatlarning vujudga kelishi yuz beradi. A.N. Forobiy ta’kidlaganidek, «Har bir karamaqarshilikda bo’lgan narsa boshqa tomonidan buzdirilishi lozim bo’ladi, birinchi esa o’z tabiati bilan karamaqarshisi tomonidan inkor etilgan bo’ladi».

Huquqiy qadriyatlar almashinuvi va takomillashuvi jarayonida eskining inkori va yangining qaror topishi vorislik tarzida namoyon bo’ladi. Shu o’rinda bir masalani e’tibordan qochirmaslik lozim, ya’ni yangi qadriyatlarni joriy etishda eskilaridan voz kechishga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish talab etiladi. Yangilikni qabul qilish barobarida uzoq yillar davomida qadrqimmatga sazovor bo’lib kelgan ne’matlarning ijobiy jihatlarini saqlab qolish lozim. Masalan, muayyan davr mobaynida huquqiy qadriyat darajasiga ko’tarilib, jamiyatga xizmat qilib kelgan qonunni butunlay bekor qilmasdan uni rivojlanish talablariga muvofiq o’zgartirish, to’ldirish, takomillashtirish afzal.



Bu aynan dialektik inkor natijasida mavjudni butunlay yo’q qilish emas, balki vorislikning ta’minlashini namoyon etadi. Dialektik inkorni inkor konuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro’y berayotgan hodisalar mohiyatini ilmiy anglashda metodologik ahamiyatga ega. Yangi jamiyatni barpo etishga qaratilgan o’zgarishlar hamma narsani butunlay yo’q qilishni anglatmaydi. Aksincha, bu — mamlakatimiz taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiyiqtisodiy, madaniy, ma’naviy yutuklarni saqlab qolib, ularni yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur jarayonning asosiy tamoyili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning yangi uyni qurmasdan, eskisini buzmaslik lozimligi to’g’risidagi xulosasida o’z ifodasini topgan.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Каримов И. А. Ватан саждагоҳ каби мукаддасдир. Т. 3. — Т., 1996.

  2. Каримов И. А. Бизнинг бош мақсадимиз — жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. — Т., 2005.

  3. Ислом Каримов Конституция тўғрисида.

  4. Каримов И. А. Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмок керак. Т. 10. — Т.. 2002.

  5. Каримов И. А. Мамлакатимизда демократик ислохотларни янада чукурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси / Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажли-сидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь — Т.: «Ўзбекистон», 2010.

  6. Каримов И. А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чукурлаштириш ва фукаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси / Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь — Т.: «Ўзбекистон», 2010.

  7. Блауберг И. В., Юдин Б. Г Понятие целостности и его роль в научном познании. — М., 1972.;

  8. Афанасьев В.Г. Системность и общество. — М., 1980.

  9. Гогель. Сочинения. Т. 1. — М., 1996.

  10. Каримов Д.А. Философские основания политико-правовых исследований. — М., 1986.

  11. Одилқориев Х.Х. Ўзбекистон Республикасининг қонунчилик тизими.— Т., 2008.

  12. Афанасьев В.Г. О ценностных системах/Вопросы философии. — 1980. — № 6.

  13. Кнапп В. Методологические и теоретические проблемы государства и права — М., 1983.; Фридманы. Введение в Американское право. —М., 1992.

  14. Назаров Б.Л. Право в системе социальных связей. — М., 1975.

  15. Алексеев С. С. Обшая теория права. Т. 1. — М., 1995.

  16. Вишневский А. Ф. Общая теория государства и права А. Ф. Вишневский, Н. А. Гарбаток, В. А. Кучинский; Под обвд. ред. проф. В. А. Кучинского. — М., 2004.

  17. Нерсесянц В. С. Общая теория права и государства. — М., 2000.

  18. Теория государства и права/Под ред. М. Н. Марченко. — М., 1986.

  19. Кухарук Т. В. Некоторые теоретикометодологические вопросн исследования понятия правовой системы обшества//Правоведение. — 1998, № 2.

  20. Тожихонов Б. У. Ўзбекистон Республикаси ҳуқуқий тизимида демократик ислоҳотлар. — Т., 2005.

  21. Фридман Л. Введение в американское право. — М., 1992.

  22. Ўзбекистон Республикаси Олий суди ахборотидан//Халқ сўзи. — 2008 йил 18 январь.

  23. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. — 1996, № 9. — 144-модда; 1997, № 2. — 56-модда; 1997, № 9. — 241-модда; 1998, № 5-6. — 102-модда; 1998, № 9. — 181-модда; 1999, № 1. — 20-модда; 1999, № 5. — 124-модда.

  24. Жамиятда хукукий маданиятни юксалтириш миллий дастури//Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. — 1997, № 8.

  25. www.ziyonet.uz

  26. www.google.ru




1 Каримов И. А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чукурлаштириш ва фукаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси / Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь — Т.: «Ўзбекистон», 2010. — Б. 16.

1 Общая теория права и государства/Под ред. В. В. Лазарева. — М, 1996. — С. 167; Обшая теория государства и права/Под обш. ред. проф. В. А. Кучинского. — М., 2004. — С. 280.

2 Блауберг И. В., Юдин Б. Г Понятие целостности и его роль в научном познании. — М., 1972. — С. 16; Афанасьев В.Г. Системность и общество. — М., 1980. —С. 2131.

3 Гогель. Сочинения. Т. 1. — М., 1996. — С. 33.

1 Керимов Д.А. Философские основания политико-правовых исследований. — М., 1986. — С. 200201.

2 Комусий луғат/Тузувчи ва масъул муҳаррир Қ. Назаров. — Т., 2004. — Б. 399.

3 Одилцориев Х.Х. Ўзбекистон Республикасининг қонунчилик тизими.— Т., 2008. —Б. 1617.

1 Афанасьев В.Г. О ценностных системах/Вопросы философии. — 1980. — № 6. — С. 65.

2 Таджиханов Б. У. Ўзбекистон Республикаси ҳуқуқий тизимида демократик ислоҳотлар. — Т., 2005. — Б. 11.

1 Кнапп В. Методологические и теоретические проблемы государства и права — М., 1983. — С. 11; Фридманы. Введение в Американское право. —М., 1992, —С. 10.

2 Назаров Б.Л. Право в системе социальных связей. — М., 1975. — С. 61.

3 Алексеев С. С. Обшая теория права. Т. 1. — М., 1995. — С. 8788.

4 Вишневский А. Ф. Общая теория государства и права А. Ф. Вишневский, Н. А. Гарбаток, В. А. Кучинский; Под обвд. ред. проф. В. А. Кучинского. — М., 2004. — С. 280.

1 Нерсесянц В. С. Общая теория права и государства. — М., 2000. — С. 450.

2 Теория государства и права/Под ред. М. Н. Марченко. — М., 1986. — С. 300. 4 Правовая система социализма: понятие, структура, социальные связи/Под ред. А.М. Васильева. — М., 1986. — С. 3234.

1 Кухарук Т. В. Некоторые теоретикометодологические вопросн исследования понятия правовой системы обшества//Правоведение. — 1998, № 2. — С. 19.

2 Тожихонов Б. У. Ўзбекистон Республикаси ҳуқуқий тизимида демократик ислоҳотлар. — Т., 2005. — Б. 1516.

3 Фридман Л. Введение в американское право. — М., 1992. — С. 10.

1 Одилкориев X. Т. Конституция ва фукаролик жамияти. — Т., 2002. — Б. 117.

2 Марченко М. Н. Теория государства и права в вопросах и ответах. — М., 2001. —С. 131.

3 Егоров С. Н Аксиоматические основы теории права. — М., 2001. — С. 101.

1 Саидов А., Тожихонов У. Давлат ва ҳукук назарияси. — Т., 2001. — Б. 48.

2 Матузов Н. И. Правовая система и личность. — Саратов, 1987. — С. 26.

3 Сабо И. Право и демократия. — М., 1991. — С. 124.

4 Марченко М. Н. Теория государства и права в вопросах и ответах. — М., 2001. — С. 131.

1 Морозова Л. А. Основы государства и права. — М., 2004. — С. 97.

1 Вишневский А. Ф. Общая теория государства и права — М., 2004. — С. 280.

1 Ҳайитбоев Ф. Ўзбекистон миллий ҳуқуқий тизимининг шаклланиши. — Т., 2006. — Б. 17.

1 Матузов Н. И. Правовая система и личность. — Саратов, 1987. — С. 26.

1 Исломов 3. М Ҳукук тушунчаси, моҳияти, ижтимоий вазифаси. — Т., 2004. — Б. 70.

2 Алексеев С. С. Право: азбука — теория — философия: Опыт комплексного исследования. — М., 1999. — С. 58.

3 Каримов И. А. Ватан саждагоҳ каби мукаддасдир. Т. 3. — Т., 1996. — Б. 20.

4 Алексеев С. С. Восхождение к праву: поиски и решения. — М.: Норма, 2001. —С. 54.

1 Одилқориев X. X. Ўзбекистон Республикасининг қонунчилик тизими.— Т., 2008. — Б. 11.

2 Одилқориев Х.Х. Узбекистон Рсспубликасининг қонунчилик тизими. — Т., 2008. — Б. 10, 11, 13.

1 Одилқориев X. 71 Конституция ва фуқаролик жамияти. — Т., 2002. — Б. 234-235.

1 Давлат ва ҳуқук назарияси/Проф. Х.Т. Одилқориевиинг умумий таҳрири остида — Т., 2009. — Б. 220-221.

1 Каримов И. А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли. — Т., 2007. — Б. 4-5.

1 Тихомиров Ю. А. О модернизации государства//Журнал российского пра-ва. — 2004. — № 4. — С. 3.

2 Бондаръ Н. С. Конституционное правосудие как фактор модернизации российской государственности // Журнал российского права. — 2005. — № 11. — С. 18.

1 Каримов И. А. Бизнинг бош мақсадимиз — жамиятни демократлаштириш ва ян-гилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. — Т., 2005. — Б. 88-90.

1 Одилқориев X. X. Ўзбекистон Республикаси-нинг конунчилик тизими. — Т., 2008. — Б. 65.

1 Ислом Каримов Конституция тўғрисида, — Б. 417.

1 Раҳмонқулов Ҳ. Ўзбекистон Республикаси Фуқарлик кодексининг биринчи қисмига умумий тавсиф ва
шархлар. — Т., 1997. — Б. 51.

1 Ўзбекистон Республикаси Олий суди ахборотидан//Халқ сўзи. — 2008 йил 18 январь.

2 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. — 1996, № 9. — 144-модда; 1997, № 2. — 56-модда; 1997, № 9. — 241-модда; 1998, № 5-6. — 102-модда; 1998, № 9. — 181-модда; 1999, № 1. — 20-модда; 1999, № 5. — 124-модда.

1 Исмоилов Н. М. Қонун ижодкорлиги фаолиятида миллий кадриятларнинг ўрни// Миллий кадриятлар ва шахс ижтимоий ҳимоясининг ҳукукий механизмларини такомиллаштириш. — Т., 2007. — Б. 14.

1 Явич Л. С. Право и обшественные отношения. — М, 1987. — С. 39; Обшая теория права/Под ред. В.К. Бабаева. — Н. Новгород, 1993. — С. 405-407; Гревцев Ю. И. Правовые отношения и осушествление права. — Л., 1987. — С. 29-42.

2 Лазарев.В. В., Липенъ С. В. Теория государства и права. — М., 1998. — С. 290-291.

1 Алексеев С. С. Право: азбука — теория — философия: Опит комплексного исследования. — М., 1999. — С. 50-51.

1 Нерсесянц В. С. Обшая теория права и государства. — М., 2000. — С. 233.

2 Исломов 3. М. Давлат ва хукук назарияси. — Т., 2007. — Б. 324-325.


Yüklə 257,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə