Davlat sanitariya nazorati inspektorining huquq va vazifalari Reja: Davlat sanitariya nazorati


-modda. Obyektlarni loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish chog‘ida sanitariya talablariga rioya etishning shartligi



Yüklə 31,08 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü31,08 Kb.
#161751
1   2   3   4   5
Davlat sanitariya nazorati inspektorining huquq va vazifalari

9-modda. Obyektlarni loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish chog‘ida sanitariya talablariga rioya etishning shartligi
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, birlashmalarning rahbarlari va alohida shaxslar obyektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish, yangilash chog‘ida, korxonalarni texnika bilan qayta qurollantirish va ularni foydalanishga topshirish chog‘ida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilishlari shart.
10-modda. Maydonlar, inshootlar, binolarni saqlab turish, uskunalar va transport vositalaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar texnologiya va boshqa uskunalardan foydalanilishini, maydon, inshootlar, ishlab chiqarish binolari va sanitariya-maishiy binolar, ish joylari, turar joy binolari, bolalar va davolash-profilaktika muassasalari, o‘quv yurtlari, madaniyat, sport va boshqa muassasalar binolari, shuningdek transport vositalari sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlab turilishini ta’minlashlari shart.
11-modda. Kimyoviy moddalar, biologiya vositalari va materiallarini qo‘llanishga, zararsizlantirishga, qayta ishlashga, ko‘mib tashlashga qo‘yiladigan talablar
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar kimyoviy moddalarni, biologiya vositalari va materiallarini saqlash, qo‘llanish, zararsizlantirish, qayta ishlash va ko‘mib tashlash chog‘ida sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini ta’minlaydigan sanitariya normalari, qoidalari hamda gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
Yangi kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni, materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini qo‘llanishga ular zaharliligi va gigiyena jihatidan baholanganidan, gigiyena normativlari belgilanganidan keyingina O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasiga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)

Yüklə 31,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə