Davlat sanitariya nazorati inspektorining huquq va vazifalari Reja: Davlat sanitariya nazorati


-modda. Radiatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasidagi talablar



Yüklə 31,08 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü31,08 Kb.
#161751
1   2   3   4   5
Davlat sanitariya nazorati inspektorining huquq va vazifalari

12-modda. Radiatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasidagi talablar
Davlat boshqaruvi idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mehnat jamoalari va ayrim shaxslar radioaktiv moddalar va boshqa ion hosil qiluvchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda radiatsiya xavfsizligi normalari va sanitariya qoidalariga, shuningdek radioaktiv moddalar va boshqa ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini qazib olish, tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni tashish, saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash chog‘ida standartlarga, texnika shartlariga va boshqa normativ hujjatlarning talablariga rioya qilishlari shart.
13-modda. Turar joy binolariga odam qo‘yish va ularda yashash tartibi
Yashash uchun turar joy binolarini beradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, boshqa mulkdorlar ana shu binolarga odam qo‘yish chog‘ida amaldagi sanitariya normalarini bajarishlari shart.
Amaldagi gigiyena normativlariga javob bermaydigan turar joy binolariga odam yashashiga yo‘l qo‘yilmaydi, uylarda yashovchilar turar joy binolarini saqlash va ulardan foydalanishning mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlagan qoidalarini bajarishlari shart.
14-modda. Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlash va sotishga qo‘yiladigan sanitariya talablari
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosi ishlab chiqarish, ularni saqlash, tashish, sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar tibbiyot-biologiya talablariga, sanitariya normalariga va gigiyena normativlariga rioya etishlari shart.
Yangi ozuqa qo‘shimchalarini, maxsus qo‘shiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish hamda ishlab chiqarishga ular zaharliligi va gigiyenasi jihatidan baholanganidan keyingina O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsati (xulosasi) bilan yo‘l qo‘yiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)

Yüklə 31,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə