Davlat ta’lim standarti. Malaka talablari



Yüklə 325 Kb.
səhifə12/27
tarix04.03.2022
ölçüsü325 Kb.
#84320
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
2-amaliy mashg\'ulot

Namunaviy o’quv reja – oliy ta’lim muassasalarining aniq bir ta’lim yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun o’rnatilgan tartibda Davlat ta’lim standartlariga asosan tayanch oliy ta’lim muassasalarining tegishli kafedrasining yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan turdosh oliy ta’lim muassasalarining shu soha bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarini hamda kadrlarni buyurtmachilarini jalb etgan holda ishlab chiqiladigan me’yoriy huquqiy xujjatdir.

Ishchi o’quv reja - oliy ta’lim muassasasining aniq bir ta’lim yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun namunaviy o’quv reja asosida har o’quv yili uchun ishlab chiqiladigan va o’rnatilgan tartibda OTMning rektori tomonidan tasdiqlanadigan o’quv jarayonining asosiy me’yoriy hujjatidir.

O’quv rejada quyidagilar o’z ifodasini topadi:



  1. Tayyorlov yo’nalshi (ixtisoslik) 5 kodi va uning nomlanishi, o’qish muddati, o’qishni tugatgandan so’ng olinadigan akademik darajasi.

  2. Ta’lim shakli.

  3. O’quv davrining taqsimoti (jadvali).

  4. O’quv jarayonining rejasi. 6.1.O’rganiladigan o’quv predmetlari.

    1. Har bir o’quv predmetini o’rganish uchun ajratilgan umumiy vaqt miqdori.

    2. O’rganish uchun ajratilgan vaqtni – nazariy, amaliy va tajriba mashg’ulotlari, seminarlar, kurs ishlari va mustaqil ta’limga qanday miqdorda taqsimlanganligi.

    3. O’quv predmetini qaysi kurs, semestrlarda, haftasiga qancha soatdan o’rganish tartibi.

  1. Davlat Attestatsiyasi.

  2. Tanlov fanlarinig ro’yxati

  3. Izohlar

O’quv rejalarini ishlab chiqishda bo’lg’usi mutaxassislarda shakllantirilayotgan malaka mahoratlari darajasining o’rganilayotgan o’quv fanlari miqdoriga va o’rganish davriga aniq mos tushishini e’tiborda tutmoq lozim. Bo’lg’usi mutaxasislarning bilim va ko’nikmalarining shakllanishini, har bir fanni bosqichma – bosqich chuqur o’rganishlari, qulay va muhimligini ham nazarda tutishi kerak bo’ladi.

O’quv rejasini ishlab chiqishdagi eng muhim masalalardan biri o’rganilishi lozim bo’lgan fanlarni aniqlashdan iborat. Oliy ta’lim muassasalarida o’qitish mazmunini aniqlash, odatda, amaliy tajribalar asosida hal qilinadi.

O’qitish mazmunini aniqlashda, asosan, oliy ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifaga - doimo o’sib borayotgan ishlab chiqarish sharoitida faoliyat olib borishga qobil malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash vazifasiga asoslaniladi.


Yüklə 325 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə