Davlat tilida ish yurutish fanidan mustaqil ishi



Yüklə 363,38 Kb.
səhifə3/27
tarix27.12.2023
ölçüsü363,38 Kb.
#162546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
BURXONOVA NAFISAXON

Davlat ta'lim standarti - bu ijtimoiy idealni aks ettiruvchi va ushbu idealga erishish uchun real shaxs va ta'lim tizimining imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta'limning davlat normasi sifatida qabul qilingan asosiy parametrlar tizimi.
Grammatika maktablari - maktab turining lotincha nomi 12-asrdan beri qo'llanila boshlandi. Bu maktablarda lotin tili, dinga oid fanlar, huquqshunoslik fanlari oʻqitilgan. Qadimgi Yunonistonda boshlangʻich maktablar (grammatiklar maktablari), qadimgi Rimda ilgʻor maktablar shunday nomlangan;

3.MUTAHASSISLIK HAQIDA MIKROMAVZU GLOSSARIY
ABDIKATSIYA — lot. taxtdan, hokimiyatdan, lavozimdan voz kechish.
ABDUKSIYA — muqobil (alternativ) farazlarga nisbatan mavjud ma‘lumotlardan kelib chiqib ularni yaxshiroq izohlaydigan yoki baholaydigan farazdan mulohaza yuritish usuli. Ilk marotaba fanda izohlash farazlarini qurish maqsadida Ch.S.Pirs tomonidan ishlab chiqildi va qo`llana boshlandi.
ABOLITSIONIZM (lot. abolitio – yo`qotish, bekor qilish) — 1) biror qonunga barham berish uchun qilinadigan ijtimoiy harakat; 2) negrlarni qullikdan ozod qilish harakati. A. XVIII a.da AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniyada paydo bo`lib, XIX a.ning birinchi yarmida avj olgan. AQSHdagi A. jamiyatlari quldorlikka qarshi targ`ibotni kuchaytirdilar. Negrlarni qullikdan ozod qilish uchun boshlangan harakat ishtirokchilari – abolitsionist deb atalgan. A. ziyolilar, fermerlar va ishchilarni birlashtirdi. U 1861-1865 – yillarda AQSHda bo`lib o`tgan fuqarolar urushini tayyorlashda muhim rol o`ynadi. Bu urush natijasida AQSH janubida quldorlikka chek qo`yildi; 3) Buyuk Britaniya, Fransiya va b. ayrim mamlakatlarda mustamlakalardagi quldorlikni bekor qilish uchun olib borilgan kurash harakati.
ABORIGENLAR (lot. aborigine – qadimdan, boshidan) — 1) biror mamlakat, o`lkaning qadimdan o`sha joyda yashab kelayotgan tub aholisi. Qadimgi Rim rivoyatlariga ko`ra, Apennin tog`lari etaklaridagi Latsiyada yashovchi qadimgi qabila A. deb atalgan. Mas., Amerika va Avstraliya mustamlaka qilinish davrida A.ning ko`pchiligi qirib tashlangan, qolgan qismi maxsus ajratilgan hududlarga - rezervatsiyalarga quvib chiqarilgan, kamsitishlarga duchor etilgan.
ABSENTEIZM (lot. absentia – qatnashmaslik, bosh tortish) — saylovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yig`ilishlarda va h.k.da qatnashishdan bosh tortishi; aholining o`z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi. A. saylov tizimi nodemokratik ko`rinishiga qarshi aholi noroziligining bir shakli; U quyidagi sabablarga ko`ra vujudga kelishi mumkin: shaxsda siyosiy madaniyat yetarlicha shakllanmagani; guruhga mansublik hissining yo`qotilishi yoki umuman bo`lmaganligi; siyosiy institutlarga ishonchsizlikning nihoyatda kuchliligi; hokimiyatga ta‘sir eta olmaslik hissi; hayotdan mamnunlik. Ya‘ni absenteizm hayotning ijtimoiysiyosiy sharoitlaridan o`ta darajada qoniqmaslik yoki o`ta qoniqish natijasi bo`la oladi. Shunga ko`ra u hokimiyat ijtimoiy madaddan maxrumligini yoki siyosiy barqarorlikni anglatishi mumkin.

Yüklə 363,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə