Davlat tilida ish yurutish fanidan mustaqil ishi



Yüklə 363,38 Kb.
səhifə4/27
tarix27.12.2023
ölçüsü363,38 Kb.
#162546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
BURXONOVA NAFISAXON

ABSOLYUT MONARXIYA (cheklanmagan, mutloq) — bunda monarxning vakolati cheklanmagan, u yagona hukmdor bo`ladi. Davlat hokimiyatini boshqa bironta idora bilan cheklanmagan monarx (qirol, podsho, imperator) amalga oshirsa (mas., Saudiya Arabistonida) bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi. Mutlaq monarxiya hozirgi kunda 8 ta mamlakatda saqlangan, ular qatoriga Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklar, Quvayt va b.lar kiradi.
ADLIYA VAZIRLIGIijrochi hokimiyatning organi, adliya sohasida boshqaruvni amalga oshiradi hamda ushbu sohadagi ijroiya hokimiyati organlari olib borayotgan faoliyatni muvofiqlashtiradi. Adliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar: adliya sohasida davlat siyosatini amalga oshirish; shaxs va davlatning huquq va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash, aqliy mulkni sudlar faoliyati tartibi bilan belgilangan huquqiy himoyasini ta‘minlash, sud yoki boshqa huquq organlarining jinoiy jazolar bo`yicha aktlarini bajarish.
ADMINISTRATSIYA — ma‘muriyat.
ADMIRAL (arab. amir ul-bahr – dengiz hukmdori, hokimi) — harbiy-dengiz flotining qo`mondonlariga beriladigan harbiy unvon. Flot xizmatidagi A.lar uchun - kontr-admiral, vitse-admiral, admiral; kemasozlik injenerlik xizmatidagi A.lar uchun - injener kontr-admiral, injener-vitse-admiral va injener-admiral unvonlari bor.
ADOLAT ijtimoiy-falsafiy, axloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilar ijtimoiysiyosiy ongida katta rol o`ynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim shaxslarning tushunchalarini o`zida aks ettiradi. Siyosiy xatti - harakatlar, huquq va burch me‘yorlari, axloqiy munosabatlar, mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo, xizmat va uni tan olish, qadr-qimmatni e‘tirof qilish va h.k.ga mazkur tushuncha orqali baho beriladi. A. tushunchasi muayyan tarixiy shart-sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi.
ADXOKRATIYA (lot. ad hoc – munosabati uchun mo`ljallangan) — iqtisodiy hayotida byurokratik tendentsiyalarini yengib va Qo`shma Shtatlarda nazorat tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlar tizimi.

Yüklə 363,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə