Davlat universiteti


Kurs ishining tuzilishi va tarkibi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#140553
1   2   3   4   5   6   7
12762 1 C0F97052957BC5A963402B2C8120605D3AB4DA8D (1)

3. Kurs ishining tuzilishi va tarkibi.
Kurs ishining tarkibi:
- titul varag’i (1-ilova);
- mundarija;
- kirish;
- asosiy qism (topshiriqqa mos):
- adabiyot sharxi (tahlili) va tanlangan yo’nalish (yoki metod) ni asoslash;
- tajriba qismi;
- tajriba natijalari va ularning muhokamasi;
- xotima (xulosa va tavsiyalar);
- foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
Rejadagi savollar mantiqan bir-birlari bilan bog’langan bo’lishi, har bir keyingi savol o’zidan oldingi savolning mantiqan davomi bo’lib, bir butunni tashkil etishi kerak.
4. Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo’yiladigan asosiy talablar.
Kurs ishi Kompyuterda WORD tizimida Times New Roman shriftida 14 shrift bilan, satrlar orasini 1,5 intervaldan qilib, 25-30 bet hajmida yozilishi kerak. Sahifada matnning to’rt tomonida bo’sh joy qoldiriladi, chapdan 30 mm, o’ngdan 15 mm, yuqoridan va pastdan 20 mm bo’lishi kerak. Qo’lda (agar qo’lyozma bo’lsa) yozilgan matn qoramtir tusdagi (qora, to’q binafsha, to’q ko’k rangli) pastada chiroyli husnixat bilan yozilishi va satrlar orasidagi masofa 8-10 mm bo’lishi (bir betda 25-27 satr joylashishi) kerak. Hamma matn bitta rangdagi va tusdagi siyoh (pasta) bilan yozilishi kerak.
Kirish qismida (3÷4 bet) mavzuning dolzarbligi, uning uzluksiz ta’lim tizimida, shuningdek, optikani o’qitishdagi ahamiyati, kurs ishining maqsadi, vazifalari, ob’yekti, predmeti va amaliy ahamiyati yoritiladi.
Tahliliy qismda (6÷8 bet) tanlangan mavzu bo’yicha vaziyatning, muammoning bugungi kun holati tahlili keltiriladi.
Asosiy qismda (10÷15 bet) muammoni maqbul yechimini topishga qaratilgan fikr-mulohazalar chizmalar, sxemalar jadvallar, grafik hamda diagrammalar bilan boytilgan holda ifoda etiladi.
Xulosa va tavsiyalarda (1÷2 bet) kurs ishini tayyorlash, olingan natijalarni rasmiylashtirish, himoya qilish jarayonida shakllangan fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalar bayon etiladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə