Davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#140553
1   2   3   4   5   6   7
12762 1 C0F97052957BC5A963402B2C8120605D3AB4DA8D (1)

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida (15-20 ta) kurs ishini tayyorlash (yozish) da keng foydalanilgan turli nashrlar: me’yoriy-huquqiy hujjatlar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, lug’atlar, ko’rsatmalar, monografiyalar, maqolalar va shuningdek, veb saytlar keltiriladi. Shu o’rinda ko’p sonli manbalardan foydalanish, bu boshqa mualliflar fikrini to’g’ridan-to’g’ri ko’chirib olishni anglatmasdan, balki ishlab chiqilgan, u yoki tinglovchining o’z fikri, qarashlarini bayon etishi talab etilishi kerak. Adabiyotlar ro’yxati (son) miqdor jihatdan emas, balki mazmunan mavzuni to’liq yoritish va qo’yilgan masalalarni atroflicha hal etish uchun yetarli bo’lishi maqsadga muvofiq.
Ilovada malaka ishiga oid va uning mazmun-mohiyatini yanada mukammalroq yoritish uchun xizmat qiladigan materiallar o’z aksini topishi zarur.
Adabiyot tanlash, uni o’rganish, qayta ishlash va kurs ishi matnining xomaki hamda oxirgi variantlarini tayyorlash uchun sarf qilinadigan vaqt miqdori va bajarish muddatini aniq belgilab olishlari maqsadga muvofiqdir. Belgilangan muddatga qarab ishni bajarish talabaning pishiq-puxta ish olib borishini ta’minlaydi va unga kurs ishini o’z vaqtida nihoyasiga yetkazib topshirishiga imkon beradi.
Kurs ishini bajarishda dasturda ko’rsatilgan adabiyotlar bilan cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan qo’shimcha adabiyotlardan ham foydalansa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
5. Kurs ishlarini taqriz qilish tartibi.
Tugallangan kurs ishi himoyaga qo’yilishdan oldin taqriz qilinishi kerak. Bunda birinchi navbatda tayyorlangan ishning ijobiy tomonlarini, keyin esa kamchiliklarini ko’rsatib, ularni bartaraf etish yo’llari ko’rsatilishi kerak. Taqrizdan oldin kurs ishi albatta diqqat bilan o’qib chiqilishi kerak, aks holda nomigagina yozilgan taqrizlar tufayli sifat jihatidan talabga javob bermaydigan kurs ishlari ham ijobiy baholanib ketilishiga yo’l qo’yilishi mumkin.
Kurs ishlarini taqriz qiluvchi professor-o’qituvchilar oldiga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • Kurs ishining mazmuniga umumiy baho berish va unda yo’l qo’yilgan xatolarni ko’rsatish, shuningdek, talabaga kamchiliklarni tuzatish yo’llari bo’yicha maslahat berish hamda shunga tegishli mulohazalarni taqriz varag’iga yozib qo’yish;

  • Taqrizda kurs ishining birinchi navbatda, ijobiy tomonlarini ko’rsatish bilan birga, barcha salbiy tomonlarini ham chuqur tahlil qilib, mohiyati yoritilmagan savollarni talabaga tushuntirib berish;

  • Kurs ishida har bir betning chetiga va taqrizning o’zida yoziladigan mulohazalarda mustaqil bajarilgan ishda qaysi muammolarga, ya’ni qaysi savollar mohiyatini yoritishga ilmiy-ijodiy yondoshganligini, qaysi birlarini to’ldirish zarur ekanligini ko’rsatish;

  • Nazariyaning amaliyot bilan uzviy ravishda bog’lab olib borilish darajasini ko’rsatiladi; Kurs ishini to’g’ri rasmiylashtirishga jiddiy e’tibor berish ham muhim hisoblanadi, chunki kurs ishini mazmunli va yetuk saviyada yozish bilan birga uni did bilan rasmilashtirishga e’tibor berilsa, bu taqrizda alohida ko’rsatiladi.

Kurs ishining ham ijobiy ham salbiy tomonlarini tahlil qilish, talabalarga tanlangan muammo bo’yicha chuqur, nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishga ko’maklashadi hamda ularni kelajakda yetuk mutaxassis bo’lib yetishishiga yordam beradi. Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz, qoniqarsiz baholashga yo’l qo’yish mumkin emas, aks holda, bu ularning o’qishga bo’lga ishtiyoqini so’ndiradi, ya’ni talabaning ijodiy faoliyatiga ta’sir qiladi. Shu boisdan taqrizda kurs ishi mavzusi mohiyati qanday darajada yoritilganligini har tomonlama ob’yektiv tahlil qilib, qo’yilgan bahoni dalillar bilan asoslash lozim.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə