Davlat universiteti


Kurs ishini baholash tartibi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#140553
1   2   3   4   5   6   7
12762 1 C0F97052957BC5A963402B2C8120605D3AB4DA8D (1)

6. Kurs ishini baholash tartibi.
Kurs ishini baholash mezoni talabalarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg’otish, ularga to’g’ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur. Shu boisdan har bir o’qituvchi kurs ishiga taqriz yozish masalasiga, ob’yektiv nuqtai-nazardan yondoshib, bajarilgan ish talabining javob berish darajasini ham hisobga olib baholasa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kurs ishlari sifat darjasiga qarab tabaqalangan holda baholangani maqsadga muvofiqdir. Reyting tizimi bo’yicha talabaning kurs ishini 100 ballik tizim asosida baholanadi. Shuning uchun kurs ishini quyidagicha baholash maqsadga muvofiqdir:

Baholash usullari

Baholash mezonlari

5
«a’lo»

Talaba mavzularga tegishli savollarning barchasi asoslangan, ilmiy xatoliklarga yo’l qo’yilmagan holda javoblar berilsa, mavzu materiali mohiyatini to’la tushunibetgan bo’lsa, ijodiy fikr yuritsa, mavzu materiali bo’yicha mustaqil mushohada qilib bilsa, nazariy bilimlarni amalda qo’llashga misollar keltirib bilsa, mavzu bo’yicha xulosalar va qarorlar qabul qilishda faol bo’lsa, material bo’yicha to’la tasavvurga ega bo’lsa, masalalarni mustaqil fikr chiqarib to’g’ri bajarsa, javoblarni izohlab ularning amaliy ahamiyatini anglay olsa, masalani echishga ijodiy yondoshsa, o’z fikrini to’la ifodalay olsa.

4
«yaxshi»

Talaba savollarning barchasiga to’liq javob bersa, ju’ziy xatoliklarga yo’l qo’ymasa, mavzu materiali mohiyatini to’la tushunib etgan bo’lsa, ijodiy fikr yurita olsa, nazariy bilimlarni amaliy ahamiyatini anglab etgan bo’lsa, material bo’yicha tasavvurga ega bo’lsa, yozma ishlarni bajarishda masalalarni bajarib ayrim noju’ziy xatoliklarga yo’l qo’ygan bo’lsa.

3
«qoniqarli»

Talaba savollarga javoblar yozgan bo’lsa, yo’l qo’ygan xatolari ju’ziy bo’lsa, material mohiyatini sayoz tushungan bo’lsa, nazariy bilimlarning amaliy ahamiyatini sayoz anglagan bo’lsa, mavzular bo’yicha to’liq tushunchaga ega bo’lmasa, masalani bajarish jarayonini tushuntira olsa, yozma ishda berilgan masalalarning yarmidan ko’pini to’g’ri bajarsa.

2 «qoniqarsiz»

Talaba savollarga javob berishda qiynalsa, material mohiyatini tushunmasa, tasavvuri sayoz bo’lsa, nazariy bilimlarni amaldagi ahamiyatini anglab etmasa, savollarning ko’pchiligiga javob bera olmasa, masalalarning shartini to’g’ri tushunib ularni bajara olmasa, masalalarning echimi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lmasa.

O’qituvchi taqrizda bu ishning ijobiy tomonlari hamda kamchiliklarini va ularni bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatgan taqdirda ham ular himoyaga qadar bartaraf qilinmasa, baho bir muncha pasaytiriladi.


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kurs ishini yozish natijasida talabalar ijodiy fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusidagi ilmiy ishlarini yozishida katta yordam beradi.
Lazer fizikasi” fani bo’yicha kurs ishi mavzulari.
(2021-2022 o’quv yili)




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə