Demografik siyosat



Yüklə 215 Kb.
səhifə2/8
tarix26.05.2023
ölçüsü215 Kb.
#113217
1   2   3   4   5   6   7   8
Demmografik siyosat.Demografik bashorat

Iqtisodiy

  • Ma’muriy-huquqiy

  • Ijtimoiy-psihologik

    Iqtisodiy uslub asosan tug’ilish darajasi pasayib ketgan aholi takror barpo bo’lishi aholi ko’payishini ta’minlay olamgan hollarda qo’llaniladi. Bu uslubda davlat tomonidan homilador ayollarga (ma’lum davrda) u farzand ko’rgandan keyin va farzandi 2-9 yoshga etgunga qadar mahsus nafaqalar ajratiladi, birinchi, ikkinchi, uchunchi farzandlarga iqtisodiy yordam beriladi. Ko’p bolali oilalarga ham iqtisodiy yordamlar berib boriladi.


    Ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi yosh bolasi bor ayollarga ish joylaridan bazi bir imtiyozlar beriladi, ularga ham farzandlarini tarbiyalab, ham ijtimoiy faoliyatlarini davom etttirish uchun sharoit yaratiladi shiningdek bazi davlatlarda kam ta’minlangan oilalarga ham iqtisodiy yordam ajratiladi.
    Tug’ilishini ko’tarish borasida olib boriladigan iqtisodiy uslubni yana biri nikohga kirgan yosh oilalarni turar joy bilan ta’minlsh borasida davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar. Shuningdek, bolalar kiyimlari oziq-ovqatlarini arzon narxda sotish maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyatining sifatini yaxshilash bolalar va onalar salomatligini davlat tomonidan muxofaza etilishi aholiga maishiy hizmat korsatish qabilalar ham aholi takror barpo bo’lihsiga ijobiy ta’sir etuvchi iqtisodiy omillar xisoblanadi.
    Ma’muriy- huquqiy uslubga aholi takror barpo bo;lishi, oilalar tashkil topishiga turli qonunlar orqali ta’sir ko’rsatish kiradi. Masalan, abort (homilani suniy yo’l bilan yo’q qilish) larni qonun bilan man etilishi, nikoh yoshlarini ko’tarilihsi, aholi migrassion harakatini cheklash, yoki rivojlantirish oila buzilganda, er va hotin ajralishganda ona va bola huquqlarni qonuniy himoyasi, bolani ota-ona oldidagi burchini qonuniy belgilash, homilador ayolni ishga qabul qilishda, yoki ishdan bo’shatishda ular huquqlarini qonuniy himoyasi, nafaqa ajratishda bolalar sonini hisobga olish kabi jarayonlardir.
    Ijtimoiy-psihologik uslub, yoki aholini “demografik tarbiyalash”. Aholini demografik tarbiyalashda avvalo yosh avlodda oilaga, oilada kutilayotgan farzandlar soniga bo’lgan munosabatini davlat ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotiga, aholi salomatligiga mos ravishda shakillantirish lozim. Bunda oila asosiy tarbiya O’chog’i xisoblanadi. Shuning uchun ham ota-onalarning “demografik savodliligi” ga katta etibor berilmog’i iozim. Demografik tarbiyaning yan bir muhim o’chog’i ommaviy axborot orqali demografik mayliga ta’sir etish mumkin.
    Demografik siyosat ijtimoiy –iqtisodiy siyosatning ajralmas qismi bo’lmog’i lozim. Shundagina aholini ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlarini aks ettirgan holda rivojlanib boradi.
    O’zbekistonda demografik siyosatning barcha usullaridan foydalaniladi. Ayniqsa ijtimoiya-psihologik usullaridan keng foydalanilmoqda. Respublikamizda yuritilayotgan demografik siyosat natijasida aholi o’sishi so’nggi 20 yil ichida 3% dan 1,5% cha pasaydi. Bunda aholi o’rtasida tushintirish, targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Demografik siyosat yuritishda ommaviy axborto vositalaridan keng foydalaniladi. Bunda respublikamiz aholisiga farzand ko’rishni rag’batlantirish xamda muhofaza qilish bilan birga “Normal oila”, “so’glom farzand” tushunchalari tushuntirib boriladi. O’zbekiston Respublikasi “oila kodeksi” da belgilangan qonunlar asosida oilalar barpo qilinmoqda va davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy muxofazasi ta’minlanmoqda.

    Demografik bashorat deganda malum hudud aholisining soni, tarkibi va demografik vaziyati istiqbolining asoslangan xolda oldindan aniqlash tushiniladi. Xar qanday ijtimiiy – iqtisodiy bashoratlar, demografik bashorat zaminida tuziladi. Kelajakda ishlab chiqarish lozim bo’lgan maxsulotlar miqdorini rejalashtirish uchun avvalo kelajakdagi aholi soni, yosh-jinsiy, tarkibi, olialar sonini bilish lozimdir. Ayniqsa, aholining yosh tarkibi bo’yicha bashorati muxim axamiyatga egadir. Kelajakda maktabgacha bo’lgan bolalar muassalari, maktablar, oily va maxsus o’quv yurtlarini qurilishini rejalshtirish uchun kelajakda qancha bola maktabgacha muassasalariga qatnashi mumkin, qancha bola maktab yoshiga yetishi, qancha bola maktabni tugatib oily va maxsus o’quv yurtlariga borishi xaqidagi malumotlar zarurdir.


    Aholining yosh – jinsiy tarkibi xaqidagi bashorat tibbiy xizmat tarkibi xaqidagi bashorat tibbiy xizmat ko’rsatish tizimining rivojlanishi uchun xam muxim axamiyat kasb etadi. Aholi yosh-jinsiy tarkibi bo’yicha tuzilgan bashorat asosida keljakda qancha bolalar va ayollar shifokorlari aholining, keksa guruhiga xizmat qiluvchi kardiologlar, onkologlar, nevrotologlar kabi mutaxassislar tayyorlash rejalshtiriladi. Kelajakda, yangi ish orinlarini tayyorlash xalq xo’jaligi soxalarini rovojlantirish istiqbollarini aniqlashda esa mexnat yoshidagi aholi xaqidagi bashorat ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. Umuman, iqtisodiyot va aholini ijtimoiy xayotining barcha qirralari istiqbolini rejalshtirishda shu sotsial jarayonlarning qatnashchilari, iste’molchialr va yaratuvhcilari bo’lishi aholi guruhlari xaqidagi demografik bashorat zarurdir. Aks xolda kelajak uchun rejalshtirilgan xar qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon ijobiy natija bermaydi. Demografik, bashorat demografiya fani va demografik tadqiqotlarninf asosiy vazifalaridan biri xosoblanadi. Demografik bashorat tarixi 5. Demografik bashorat-bashorat etilayotgan davrga qarab qisqa muddatli, O’rta muddatli va uzoq muddatli bo’ladi.

    Yüklə 215 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə