Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti boshlang`ich ta`lim yo`nalishi talabalari uchun



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə1/4
tarix05.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#125657
  1   2   3   4
19 мавзу Педагогик назорат Пулсаметрия ва хронометраж

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

BOSHLANG`ICH TA`LIM YO`NALISHI TALABALARI UCHUN

JISMONIY TARBIYA NAZARYASI VAMETODIKASI fani


Reja:
1. Darslarning tuzilishi va turlari
2. Saf mashqlari. umumiy tushunchalar
3. Jismoniy tarbiya darsini taxlil qilishning namunaviy rejasi
4. .Darsni tashkil etish.
5. Xronometraj
6. Pulsometriya
19-mavzu. Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat: pedagogik tahlil, xronometraj, pulsometriya o‘tkazish uslubiyoti.
DARSLARNING TUZILISHI VA TURLARI
Jismoniy tarbiya darslari maktabda turli xil shakl va mazmunda bo’ladi. Lekin ular bir-biri bilan uzviy bog’liqdir.
Dars tuzilish deganda 45 minut davomida muayyan mashqlarni tuzilishi va uni o’rgatilishini tushuniladi.
Jismoniy tarbiya darslari tuzilishi jihatidan 3 qismdan iborat. Ya’ni tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlar.
Dars qismlari o’z ish shakli uslublariga qarab muhim vazifalarni hal etadi.
Darsning turlari (tiplari) uning qo’yilgan vazifa va maqsadlariga bog’liq bo’ladi. Bular asosan kirish, yangi materialni o’rganish, takrorlash, aralash va hisobga olish darslaridir.
Tajribalar, ilmiy tekshirish va izlanishlarning isbotlashicha, dars faqat bir xilda olib borilmasligi, o’qituvchi o’z imkon va sharoitlariga qarab uni doimo o’zgartirib turishi, yangi elemetlar bilan to’ldirib borishi zarur.
Kirish darslari choraklarning boshlarida tashkil qilinib, bunda o’qituvchi bolalar bilan nazariy mashg’ulotlar, suhbatlar, savol-javoblar o’tkazadi, aniq vazifalar belgilanadi, fizorg va guruh sardorlari saylanadi.
Yangi materialni o’rganish darslarda o’qituvchilarga noma’lum bo’lgan mashqlar o’rganiladi, ularning bilim, tushuncha, harakat malakalarini oshirish. Bunda dastur materiallari, sport turlari bilan mashg’ul bo’ladi.
Takrorlash darslarida o’tgan materiallarni mukammallashtirish, dasturda belgilangan mashqlarni yaxshi o’zlashtirish, “Alpomish va Barchinoy” me’yorlarni bajarish kabi vazifalar hal etiladi.
Aralash darslarda esa sport turlari materiallarini qo’shish orqali yangi materiallarni o’rganish, takrorlash kabi vazifalarni birgalikda olib boradi.
Hisobga olish darslari asosan har bir qism yoki turlarni tugatganda, choraklar oxirida materiallarni qanchalik o’zlashtirilganligi hisobga olishdir. Bunday paytlarda mashqlarning boshqarish texnikasi, normasi baholanadi. Bunday vazifalarni ko’proq sport musobaqalari formasida tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Darslarning barcha turlarida gimnastika, yengil atletika (3-sinfdan boshlab), sport o’yinlari, harakatli o’yinlar, kurash, badiiy gimnastika kabi sport turlarining asosiy mazmuni va elementlari o’tiladi.
Saf mashqlari - bu shug’ullanuvchilarning ma’lum bir safda birgalikdagi yoki yakka harakatlaridan iborat. Saf mashqlari yordamida mashg’ulotni tashkil etish, marom va sur’at hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi, jamoa bo’lib mehnat qilish malakalari shakllantiriladi.
Bu mashqlar kishi qad-qomatini to’g’ri shakllantirish vositasi hamdir. Saf mashqlari aniq ijro etilishiga bo’lgan talabchanlik intizomlilik va uyushqoqlikni tarbiyalaydi.
Saf mashqlari to’rt guruhga bo’linadi:
1. Saf usullari.
2. Saflanish va qayta saflanish.
3. Joydan-joyga ko’chish usullari.
4. Orani ochish va yaqinlashtirish.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə