Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


II.BOB XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARIDA XIVA XONLIGINING IQTISODIY-IJTIMOIY, SIYOSIY TARIXI



Yüklə 250,01 Kb.
səhifə6/10
tarix28.11.2023
ölçüsü250,01 Kb.
#136820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi ozbekiston tarixi 25 01 2023 tahrirlash SHOX (1)

II.BOB XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARIDA XIVA XONLIGINING IQTISODIY-IJTIMOIY, SIYOSIY TARIXI
2.1 XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Xiva xonligining siyosiy tarixi
Muhammad Rahim to’ra 1864 yil 22 sentyabrda 19 yoshida taxtga o’tirgan. Xorazm san’atining sayqal topishi, abadiylikka yuz tutishi, bugungi avlodlarga boy va tuganmas xazina sifatida yetib kelishi bevosita Muhammad Rahimxon Feruz nomi bilan chambarchas bog’liq. 1870 yilda Xiva shahrida taxminan 700 dan ortiq mayda hunarmand kosiblarning ustaxonasi bo’lgan. Shu jumladan, shahardagi 54 bo’yoqchilik, 37 ta etikdo’zlik, 33 mahsi-kavushdo’zlik, 16 ta ko’nchilik ustaxonalari xon buyurtmasi va aholining kundalik zaruratini qondirish uchun ishlardi. Shaharda do’konlari bor 200 dan ortiq savdogarlarning 56 nafari baqqollik, 38 tasi bazzozlik, 32 tasi choy va tamakifurushlik, 15 tasi choponfurushlik qilishgan.
Qo’qon xonligi va Buxoro amirligini bosib olgan Rossiya imperiyasi 1873 yilda Xiva xonligini ham bosib oldi. 1873 yildan Amudaryoning o’ng sohillaridagi yerlar Rossiya tasarrufiga o’tkazildi. Muhammad Rahimxon II ning 37 yillik hukmdorlik davri Rossiyaga qaramlikda o’tdi. Bu davrda Rossiya butun Markaziy Osiyo xonliklarini bosib olgan edi. Shundan keyin xonliklar o’rtasidagi o’zaro urishlar to’xtadi, qullik tizimi tugatildi. Tinchlik bilan davlat ishlarini boshqarish va bunyodkorlik ishlari boshlandi. Xon saroyidan va Xiva shahridan talab olib ketilgan kitoblarning o’rnini to’ldirish maqsadida xon 1874 yilda Xiva shahrida Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib tosh bosmani ishga tushirdi, Xudoybergan Devonov suratkashlikni mashq qilib, Xivada Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib foto-kino san’atiga asos soldi, uni Muhammad Rahimxon o’z himoyasiga olib homiylik qildi. Muhammad Rahimxon davrida qurilgan imoratlardan 30 tadan ziyodi xozirgacha saqlangan. Xon Ko’hna Ark qarshisida 76 hujrali qilib, katta madrasa qurdirdi.
Muhammad Rahimxonning 1898 yil 12 apreldagi farmoni bilan xonlik xududlarida qadimdan qolgan muzeybop buyumlar to’plandi. Xorazm asori-atiqalari 1890 yilda Toshkentda, 1895 yilda Nijniy Novgorodda, butunrossiya ko’rgazmasida, 1900 yilda Parijda, 1904 yilda AQShning Missuriy shtatida o’tgan xalqaro ko’rgazmalarda namoyish qilindi. 1910 yil 16 avgustda xon 66 yoshida dunyodan o’tdi.
Asfandiyorxon davri Xiva xoni (1910-18). Otasi Muhammad Rahimxon II vafotidan so’ng rus podsho hukumatining yordami bilan taxtga chiqdi (1910). 1910, 1914 yillari Peterburgda bo’ldi. Asfandiyorxon davrida ma’rifatparvar vazir Islomxo’ja tashabbusi bilan Xiva va boshqa shaharlarda pochta-telegraf, kasalxona, ikki madrasa va yangi tipdagi maktablar, hatto rus maktablari qurilddi. Asfandiyorxon Islomxo’jani xazinadagi mablag’ni behuda sovurishda ayblab qatl etdi (1913), Asfandiyorxon butun yerlarni qayta o’lchatib, mehnatkash xalqqa og’ir soliqlar soldi. Uning zulmiga qarshi 1915 yil Mang’itda, 1916 yil yanvrda Xo’jaylida xalq chiqishlari bo’lib o’tdi. 1905-07 yillarda tashkil topgan “Yosh xivaliklar” tashkiloti 1917 yil Fevral inqilobidan so’ng oshkora ish boshladi. Bu tashkilot 1917 yil 5 Aprelda xonni burjua islohoti o’tkazish haqidagi manifestga qo’l qo’yishga majbur etdi. Shu tariqa xon boshliq konstitutsion monarxiya tuzildi. Davlatni idora etuvchi “Idorai mashvarat” tashkil topdi. Lekin islohot mehnatkashlar ahvolini yaxshilamadi. Asfandiyorxon ko’p o’tmay “Idorai mashvarat”ni tarqatib, yana mustabid hokimiyat o’rnatdi. Asfandiyorxon 1918 yil 22 yanvarda yuqori martabali amaldorlar va din ahllari ishtirokida davlatni birga boshqarish hamda bolsheviklarga qarshi kurashish uchun Junaydxon bilan Xivada muzokara olib bordi. Natijada Asfandiyorxon Junaydxonni qo’shin boshlig’i (sardori Karim) etib tayinlab, hokimiyatni unga topshirdi. Oradan ko’p o’tmay, Junaydxon hokimiyatni butunlay qo’lga olish uchun Asfandiyorxonni yashirin ravishda o’ldirtirdi. Junaydxon taxtga o’z ta’siridagi Said Abdullaxonni o’tqazdi.12 Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishning uchinchi bosqichi Xiva xonligiga yo‘naltirilgan edi. Dungan qo‘zg‘oloni Xinjanggacha cho‘zilgan bir paytda Rossiya 1871 yili o‘z e’tiborini Kuljaga qaratishdan to‘xtatib, balki Markaziy Osiyoning boshqa bir tomonida buysunmas geografik joy hisoblangan Xiva xonligiga qaratdi. Yozma kelishuv rasman tan olingan bo‘lishiga qaramasdan Britaniya Afg‘onistonga o‘z ta’sirini o‘tkazish (Badaxshon) va Xuroson (Xorazm) ga tasir o‘tkazmaslikka kelishildi. Rossiya 1873 yili General fon Kaufman boshchiligida Xiva xonligiga qarshi hujumini boshladi. 1873-yil 29-mayda ruslar Xiva xonligining poytaxti Xiva shahrini bosib olgandan so‘ng, xon saroyini talan-taroj qildilar. Moddiy boyliklar bilan bir qatorda qo‘lyozma asarlar va arxiv hujjatlari Turkiston general – gubernatori K.P. Kaufmanning topshirig‘iga asosan sharqshunos olim Aleksandr Kun tomonidan Toshkentga olib kelindi. Arxiv va qo‘lyozmalarning tarkibi va mazmunini o‘rganib chiqqan Xiva ekspeditsiyasida bevosita qatnashgan A.L. Kun generalgubernatorga hisobot taqdim etadi. Unda olim mazkur hujjatlarni ikki guruhga bo‘lgan edi . Birinchi guruhga xonlikning daromadlari va xarajatlariga doir daftarlari hamda bir qancha vaqf mulki hujjatlarini, ikkinchisiga xatlar, arizalar, shuningdek, anglerk yozishmalarni kiritgan. Umuman olganda, Xiva xoni saroyidan Sharq qo‘lyozmalaridan iborat 300 ga yaqin kitob, 129 nomda 140 jild tarixiy asarlar, 20 nafar shoirlarning 30 jildli asarlari, 50 jildli 40 ta huquqiy-diniy asar, bundan tashqari 18 ta Qur’on va 50 ta darslik kitoblari to‘planganini ma’lum qiladi. A.Kun Xiva xonligi hujjatlari asosidagi dalolatnomasida quyidagicha fikr bildirgan. “Xon saroyi musodara qilinganida, qo’lyozmalar bilan birgalikda hujjatlar ham to’plandi . Bu hujjatlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: birinchi guruhga xonlikning daromadlari va xarajatlariga doir daftarlar hamda bir qancha vaqf va mulk hujjatlarini, ikkinchi guruhga xatlar va anglerk yozishmalarni kiritish mumkin. Daftarlar orasida pul soliqlariga doir yozuvlar (solg’ut), zakot daftarlari va Matmurod devonbegining xon xarajatlari to’g’risidagi hisobotlari bor. So’ngra shu hujjatlar orasida Buxoroda, G’azalida, Istanbulda va boshqa joylarda savdo-sotiq ishlari bilan yashab turgan Xivaliklarning Xonga yuborgan iltimosnomalari, nizolarini hal qilib berish to’g’risida yozilgan imkoniyatnomalar, biror mansab berish to’g’risidagi iltimosnomalar va shu kabilar bor. Diplomatik hujjatlar orasida Ost- Indiya general gubernatorlari Narsbrukning xati, Turkiya sultonining xatlari va farmonlari, rus elchisi podpolkovnik Danilevskiy bilan Xiva xoni o’rtasida tuzilgan ahdnoma hamda Turkiston general gubernatori tomonidan xonga yuborilgan bir nechta maktub mavjud” .Ushbu noyob hujjatlarning bir qismi fon Kaufman tomonidan 1874-yil 28- martda Peterburg Fanlar Akademiyasi Osiyo muzeyi (hozirgi Sankt-Peterburgdagi Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik anglerk kutubxonasi)ga, qolgani esa Peterburgdagi Imperator xalq kutubxonasi (Sankt-Peterburgdagi Rossiya Milliy kutubxonasi)ga yuborilgan. Uzoq muddat hujjatlar ilmiy muomalaga kiritilmasdan, tadqiqotchilar uchun noma’lum bo‘lib qolgan.


Yüklə 250,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə