Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Buxoro amirligining Ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va yosh buxoroliklar faoliyati



Yüklə 250,01 Kb.
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü250,01 Kb.
#136820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi ozbekiston tarixi 25 01 2023 tahrirlash SHOX (1)

XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Buxoro amirligining Ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va yosh buxoroliklar faoliyati

Buxoro amirligi XX asr boshida O`rta Osiyoda kuch-qudrat jihatidan kuchli davlat edi. Buxoro amirligini maydoni ikki yuzi yigirma besh ming kv km bo`lib, uch millionga yaqin aholi yashardi. Buxoro amirligini aholisining katta qismini o`zbeklar tashkil etardi, ular juda ko`plab urug`larning vakillari hisoblangan. O`sha davrda Buxoro amirligida o`zbeklarning umumiy soni bir yarim mln kishi deb ko`rsatilgan4 O`zbeklardan so`ng ikkinchi o`rinda son jihatdan tojiklar turishgan. Ularning umumiy soni 150 ming deb berilgan. Boshqa bir manbalarda ularning soni olti yuzi ellik ming deb ko`rsatilgan.5 Tojiklar asosan zich holatda yirik shaharlarda Samarqand, Buxoro, Kitob, Urgut va tog`li hududlarda jumladan Panjikent, Dushanbe, Vaxsh bo`ylarida amirlik janubi, asosan Afg`oniston bilan chegaradosh bo`lgan yerlar, Hisor – Darvoz, Qorategin, Ko`lob, Baljuvon, Qabodiyon va Yakkabog` bekliklarida, Zarafshonning yuqori qismida esa Falgar, Matcho, Yakkatut va Fon bekliklarida va Qo`shtut, Mag`iyonda yashashgan. Turkmanlar ham son jihatdan aholini katta qismini tashkil qilib, Buxoro amirligiga qarashli bo`lgan Amudaryoning ikki qirg`og`ida joylashgan yerlarda, ya`ni amirliklarning janubiy va g`arbiy hududlarida istiqomat qilishgan. Turkmanlarning aksariyati Chorjo`y, Burdaliq, Karki, Sherobod va Qo`rg`ontepa bekliklariga qarashli yerlarda dehqonchilik va chorvachilik bilan mashg`ul bo`lishgan. Turkman viloyati 100 tadan – 500 tagacha aholi punktlaridan iborat bo`lib, tumanlar hududiga teng kelardi. Ma`lumotlarda Buxoro amirligida yashagan turkmanlar soni taxminan 200 ming kishi deb ko`rsatilgan.6
Amirlik aholisini kichik qismini arablar tashkil qilib, ular asosan Qarshi va Sherobod hududlarida yashagan. Shuningdek, Buxoro amirligi hududida forsiylar, yahudiylar, hindlar, lo`lilar, afg`onlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va qalmoqlar yashagan. Qalmoqlar Buxoro shahrida, qoraqalpoqlar esa Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida, qozoqlar esa Buxoro amirligining shimoli – sharqida, oz miqdorda Rossiya fuqaroligiga mansub bo`lgan, asosan savdo ishlari bilan mashg`ul bo`lgan tatarlar ham istiqomat qilganlar.
1916 yil ma`lumotlariga qaraganda har bir tumanda 120 tadan – 340 tagacha aholi manzillari bo`lgan. Buxoro amirligining viloyatlari Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo va Amudaryo vohalarida joylashgan. Eng katta viloyatlar mamlakatning sharqida joylashgan. 1914-1916 yil ro`yxatiga qaraganda Baljuvonda – 1420 ta, Hisorda – 1200, Qorateginda – 700, Ko`lobda – 635 ta aholi punkti bo`lgan.7 Buxoro amirligida 1913/14 yillarda 251,8 ming aholi istiqomat qilgan bo`lsa, 1923/24 yillarda 180 ming aholi ro`yxatga olingan. “Tarixi nofeiy ” asarida esa 1916 yilda Buxoro shahrida 80 ming aholi yashagani, sho`rolar bosib olgach 60 ming aholi qolganini yozib qoldirgan. 1926 yilga kelib Buxoro shahrini o`zida 41 839 aholi ro`yxatga olingan.8 Buxoro amirligi XX asr boshiga kelib ishlab chiqarish va texnologiya bo`yicha g`arbdan orqada qolib ketgan, monarxiya tuzumidagi davlat edi. Ijtimoiy tumush darajasi past, dehqonlarni ahvoli o`ta og`angle. Amirlikdagi aholining faqatgina 8-10 foizini tashkil etadigan amaldor va savdogar boylar esa rohatfarog`atda yashar edi. Amirlikdagi amaldorlar ichida poraxo`rlik gullagan edi. Qozi va hokimlar amir va saroy ahliga har yili haddan tashqari peshkash, hadya, tortiq va pora berar edi. Pora beruvchilarning hech qaysisi buni o`z hamyonidan bermagan, balki ikkiuch hissa ortiq qilib aholidan, ayniqsa, dehqonlardan undirganlar. Buxoro hukumatida amirdan tortib kichkina hukumat ma`murigacha tortiq va porani bekor qilishga qarshi bo`lganlar.9
10 1917 yil Buxoro amirligi ham muhim o’zgarishlar arafasida turardi. Bu davrda Buxoroda jadidchilik harakati va undan o’sib chiqqan yosh buxoroliklar partiyasining faoliyati kuchaydi. Yosh buxoroliklar 1910 yildayoq o’zlarini alohida tashkilot sifatida e’lon qilgan edi. Ular dastavval mavjud monarxiya tuzumi doirasida demokratik islohotlar o’tkazish, konstitusion monarxiyani o’rnatish orqali amirning mutlaq hokimligini cheklab qo’yish tarafdori bo’lishgan. 1917 yil 7 aprelda Buxoro amiri Sayid Olimxon mamlakatda islohotlar o’tkazish to’g’risida farmon chiqarsa ham amalda uni joriy qilmadi. Jadidlar Buxoro shahrida namoyish uyushtirganlaridan so’ng mamlakatda ularni yoppasiga ta’qib etish boshlandi.
Yosh buxoroliklar amirlik istibdodiga qarshi kurashni davom ettirdi. Partiya ichida turli guruhlarning borligi, qarashlarning xilma-xilligi tufayli yagona dastur tuzishga ehtiyoj tug’ildi. Markaziy qo’mita bu vazifani 1917 yil noyabrda Fitratga topshirdi. Fitrat tomonidan 1918 yil yanvarda yozilgan yosh buxoroliklar partiyasining dasturiMarkaziy qo’mita tomonidan tasdiqlandi va islohot loyihasi sifatida e’lon qilindi. Unda Buxoroda konstitusiyaviy monarxiya o’rnatish, Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy mustaqilligini ta’minlash, madaniy taraqqiyotga erishish lozimligi, dehqonchilik va soliq tizimiga alohida e’tibor berildi. Buxoroda zamonaviy armiyani tashkil etish, 2 yillik majburiy harbiy xizmatni joriy qilish, davlat hisobidan maktablar va oliy o’quv yurtlari ochish zarurligi ta’kidlandi. Loyihada Buxoroda 10 ta nozirlikdan iborat Nozirlar Sho’rosi tuzish taklif etildi. Keyinchalik Fayzulla Xo’jayev Fitrat loyihasining ancha cheklanganligini tanqid qilib, unda boshqaruvning respublika usulini joriy etish talab qilinmaganligini ko’rsatgan edi.
Turkiston XKS Buxoro davlatiga g’animlik qilib, amir hukumatini kuch bilan ag’darishga urindi. Bolsheviklar shu maqsadda yosh buxorolik jadidlarni qo’llab-quvvatlashdi. 1918 yil mart oyida Turkiston o’lkasi XKS raisi F. Kolesov qo’mondonligidagi qizil askarlar mamlakat poytaxti Buxoro shahriga hujum uyushtirdilar. Ularning hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan bo’lsa ham, Buxorodagi siyosiy tuzumni o’zgartirish uchun urinish to’xtamadi. Afsuski, amir Olimxon mamlakat taqdiri hal qilinayotgan ushbu fursatda muxolifatdagi yosh buxoroliklar partiyasi arboblari bilan til topisha olmadi. U mamlakatla konstitusion monarxiya va demokratik tartibotlarni o’rnatmoqchi bo’lgan jadidlar-yosh buxoroliklarni yo’qotish yo’lini tutdi. Fayzulla Xo’jayevning ta’kidlashicha, Kolesov voqyeasidan keyin amir mamlakatda 3000 kishini qatl qilgan. Sadriddin Ayniyning yozishicha faqat poytaxt-Eski Buxoro emas, balki G’ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorako’l, Chorjo’y, Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar jadidlikda ayblanib, nohaq o’ldirildi. Buxorolik jadidarning tirik qolgan vakillari Samarqand, Toshkent va Moskvaga jo’nab ketishga majbur bo’lishdi.
Yosh buxoroliklarning bir qismi 1918 yilning kuzida Toshkentda Buxoro kompartiyasini tuzishdi. Fayzulla Xo’jayev Moskvada muhojirligi davrida(1918 yil oktyabr) Turkiston respublikasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasi qoshida yosh buxoroliklar partiyasi bo’limini tashkil qildi. 1920 yil yanvarda Toshkentda Fayzulla Xo’jayev boshchiligidagi inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tuzildi. Bolsheviklar yosh buxoroliklardan amirlik hokimiyatini ag’darishda foydalandilar. Ular ham taktik maqsadlarni ko’zlagan holda bolsheviklarga yaqinlashishdi.
Yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi 1920 yil 13-14 iyunda bo’lgan birlashgan konferensiyasida Fayzulla Xo’jayev tuzgan dasturni qabul qildi. Dastur “Zulmga qarshi birlashingiz!” degan shior va kirish qismi bilan boshlanadi. Bu qismda Buxoroning umumiy ahvoli va yosh buxoroliklarning asosiy maqsadlari, ikkinchi qismida esa yosh buxoroliklarning amaliy takliflari, islohot va mamlakatning idora qilishni tashkil qilish rejasi bayon etildi. Shariat-adliya ishlarini olib borishning negizi, deb quyidagicha e’tirof qilindi: ”Shariat-adolatni talqin qiluvchi va kambag’allarni himoya etuvchidir”. Dasturda amirlikni qurol kuchi bilan ag’darib tashlash va Buxoroni demokratik xalq respublikasi deb e’lon qilish talabi qo’yildi. Yosh buxoroliklar katta boylar qo’lidagi yerlarni musodara qilish, bepul boshlang’ich ta’lim joriy etish, shuningdek, qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik sanoati, ichki va tashqi savdoning ahvolini yaxshilash yo’lida amaliy chora-tadbirlar ko’rish zarurligini ta’kidlashdi.
1920 yil 25 avgustda Turkiston fronti qo’mondoni M.V.Frunze qizil askarlarga Buxoroni bosib olish uchun buyruq berdi. Keskin janglardan so’ng, 2 sentyabrda Buxoro shahri bosib olinib, Sayid Olimxon hokimiyatdan ag’darib tashlandi. Qizil askarlar Sharqning eng qadimgi shaharlaridan biri, “Islom dinining gumbazi” va “sharif shahar” hisoblangan muqaddas Buxoroni vayron qildilar. Qadimiy Buxoro o’t va harobalar ichida qoldi. Shafqatsiz o’q yomg’iri va bombardimon natijasida shahar obidalarining bir qismi vayron etilib, minglab begunoh odamlar nobud bo’lgan. O’sha davr voqyealarining bevosita shohidi bo’lgan mahalliy tarixchi Muhammad Ali Baljuvoniy o’zining “Tarixi Nofeiy” (“Foydali tarix”) asarida qizil askarlar tomonidan qilingan Buxoro bosqini oqibatlarini quyidagicha tasvirlaydi: “Buxoroni bosib olish natijasida 34 guzar, 3000 dan ortiq do’kon, 20 ta saroy, 29 ta masjid yonib xarob bo’ldi. Minorai Kalonga ham zarar yetib, Olimxon va Mir Arab madrasalari yonib ketdi... Hazrati Imom darvozasidan Guzari Nazargacha, Kofirobod, O’g’lon darvozasi, Masjidi Kalon, Zindondan To’qimdo’ziy hammomigacha, minora ostidan to So’zangaron dahasi, Gul bozor, Lattafurushlar rastasi, Registondan to Puli oshiqonning boshigacha batamom yonib ketdi. Qarshi darvozasi ham yonib ketdi... Shaharda 3000ga yaqin hovli yonib kul bo’ldi. Buxoro shahri qariyb 20 kun yongandi. Buxoroning shu darajada xarob bo’lganini hyech bir tarix ko’rmagan edi”. Buxoroliklar bu kunlarni “kichik qiyomat” deb atashgan.
Shaharga kirgan qizil askarlar arkdagi amir xazinasini, Buxoro qozikaloni, qo’shbegi va boshqa amaldorlarning boyligini musodara qilganlar. Askarlar va qo’shin rahbarlari katta boylik orttirganlar. Hatto Frunze xazinadagi qimmatbaho boyliklarning bir qismini o’zi uchun saqlab qo’ygan. Turkiston harbiy-inqilobiy byuro “uchligi”ning a’zosi A.Mashiskiyning 1920 yil sentyabrda V.I.Leninga yozgan ma’lumotnomasida shahar markazi yakson qilinganligi, Registon va ark yondirilgani, ark yerto’lalari va omborxonalaridagi boyliklar-oltin, kumush, brilliantlar talangani, bunda qizil armiya bevosita qatnashgani haqida xabar bergan.
Usmonxo’ja Po’latxo’jaev boshchilik qilgan «yosh buxoroliklar» rus so’l eser (sotsial revolyutsionerlar) firqasining dasturini qabul qildilar va o’zlarining eser partiyalarini tuzdilar. Bu partiya ikki oygina umr ko’rdi. 1918 yilning iyul oyida Moskvada eserlar partiyasi tugatilib, uning a’zolari sovet hukumati va tashkilotlaridan quvildi. Shundan so’ng «yosh buxoroliklar»ning eser partiyasi ham tugatildi. Uning a’zolari kompartiya safiga kirdilar. Buxoroda sovetlar hokimiyati o’rnatilgunga qadar «yosh buxoroliklar»ning ikki guruhi, ikki partiyasi (kommunistik va inqilobiy yosh buxoroliklar) faoliyat yuritdi. Bu ikki partiya (aniqrog’i, ikki guruh) o’rtasidagi qarama-qarshilik Turkkomissiya va shaxsan Lenin yordamida vaqtincha barham etildi va Buxoro amirini taxtdan ag’darishdan iborat yagona maqsadga bo’ysundirildi. Ammo «yosh buxoroliklar» hokimiyatni egallashgach ikki guruh o’rtasidagi vaqtinchalik birlashuv barham topdi va ular o’rtasida nosovetviy, ikki bir-biriga dushman bo’lgan kurash harakati kuchaydi. Aslida esa har ikkala guruhning ham o’z oldiga qo’ygan maqsadi o’zi bir edi. U ham bo’lsa, Buxoroda amirning cheklanmagan monarxiya tuzumini ag’darib tashlash va sovet hokimiyatini o’rnatishdan iborat bo’lgan.
Har ikkala guruh ham mahalliy muhit, sharoit va xalqning ongi shuuri va qiziqishlariga mutlaqo begona bo’lgan kommunistik firqasiga Abduvohid Burxonov rahbarlik qildi.Bu firqaga Rossiya har jihatdan yordam berib turdi. 1919 yil noyabrda Moskvadagi Sharq xalqlarining kommunistik tashkilotlari Markaziy Byurosi qoshida Buxoro bo’limi tashkil etildi. Moskvada maxsus «tajriba» orttirgan Mirza Muhitdin Mansurov, Salim Muqimov, Musa Aminov va boshqa kommunistlar BKP Markaziy qo’mitasiga yordam berish uchun yuborildi. Bundan tashqari Buxoro Kompartiyasi Rossiya, Turkiston va Yangi Buxoro kommunistik firqa tashkilotlari yordamida mustahkamlandi. Uning «Tong» jurnali va «Qutulish» gazetasi Toshkentdan bosilib ko’p nusxada Buxoroga tarqatilib turildi. Buxoro kommunistik firqasining Toshkentdan birinchi (1918 yil noyabr), ikkinchi (1919 yil iyun), uchinchi (1919 yil dekabr), Chorjo’yda to’rtinchi (1920 yil avgust) qurultoylari bo’lib o’tdi. Bu qurultoylarda partiyaning tashkiliy va dasturiy masalalari hamda kurash taktikalari muhokama qilindi. «Yosh buxoroliklar»ning inqilobiy firqa deb atalgan qismiga F.Xo’jaev rahbarlik qilgan. U Toshkentda angle vaqt bo’lgach, o’zi va o’z partiyasi oldida turgan maqsadlarni tezroq amalga oshirish uchun yordam so’rab Moskvaga bordi. 1918 yilning yozida uni yo’lda Orenburgda oq gvardiyachi ataman Dutov hukumati qamoqqa oldi. To’rt oy qamoqda o’tirgach undan qochib, oktyabr oyida Moskvaga yetib bordi. F.Xo’jaev «yosh buxoroliklar» partiyasi Markaziy Qo’mitasi nomidan Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo’mitasi raisi Ya.M.Sverdlovga 1919 yil 29 yanvarda maxsus xat yozdi. Xatda u Buxorodagi siyosiy vaziyat haqida, o’zining qanday qilib Moskvaga yetib kelganligi to’g’risida ma’lumot berdi. Xatning asosiy mazmuni yosh buxoroliklarning inqilobiy partiyasiga moddiy va ma’naviy yordam berish, unga amir hokimiyatini ag’darish uchun qurol so’rash hamda keng miqyosda sotsialistik-targ’ibot olib angler uchun sarmoya ajratish haqidagi iltimosidan iborat bo’ldi. Fayzulla Xo’jayev Sovet Turkistonida muhojirlikda bo’lgan davrda safdoshlarini ishga joylashtirish va moddiy jihatdan ta’minlash bilan faol shug’ullangan. 1918 yil o’rtalaridan to 1920 yil yanvar oyigacha bo’lgan davrda Fayzulla Xo’jayev yosh buxoroliklar partiyasining angle taraqqiyoti uchun bir qancha ishlarni amalga oshirdi.Jumladan u partiyaning yangi dasturini tayyorladi. Bu dasturda Buxoro amirligini ag’darish va uning o’rnida Buxoro demokratik xalq respublikasini o’rnatish kerakligi ta’kidlandi.11 1920 yil yanvarida Fayzulla Xo’jayev boshchiligida Toshkentda inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston markaziy byurosi tashkil qilindi. 1920 yil 15 apreldan Fayzulla Xo’jayev muharrirligida “Uchqun” gazetasi chiqa boshladi. 1920 yil iyunida Fayzulla Xo’jayev yosh buxoroliklarning partiyasining navbatdagi yig’ilishini chaqirdi. Yig’ilishda Fayzulla Xo’jayev tomonidan yozilgan dastur qabul qilindi. Dasturda yangi jamiyat va davlat qurilish asoslari ishlab chiqildi. Dasturda bir qancha ilg’or g’oyalar ilgari surilgan edi. Jumladan, Buxoroda yangi usul maktablari ochish, gazeta va jurnallar nashr etish, yoshlarni yevropa davlatlariga o’qishga yuborish, Buxoroda demokratiya asosida hukumat tuzish, xorijiy davlatlarning Buxoroning ichki ishlariga aralashishlariga yo’l qo’ymaslik va boshqalar. Dasturda shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, amir va beklarning yerlarini musodara qilib, yersiz dehqonlarga taqsimlash,sug’orish tarmoqlarini davlat tomonidan yaxshilash, haftasiga 8 soatlik ish kunini joriy etish,18 yoshga yetmaganlarga nisbatan majburiy mehnatni bekor qilish. Yangi tuziljak davlatning sudlov ishlari shariat asosida olib borilishini ham ta’kidlab o’tilgan edi.23 1918 yil 16 noyabrda Moskvada «Yosh buxoroliklar» qo’mitasi Turkiston sovet hukumatining Muxtor Vakolatxonasi a’zolari bilan birgalikda kengash o’tkazdi. Unda F.Xo’jaev yozgan yosh buxoroliklar qo’mitasi «Instruktsiyasi»ning loyihasi tasdiqlandi. Bu hujjat «o’ta inqilobiy» ruhda yozilgan bo’lib, unda partiyaning maqsadi qurolli qo’zg’olon bilan amirni ag’darishdan iborat bo’lgan. Bundan tashqari F.Xo’jaev «yosh buxoroliklar» firqasi Moskva byurosining «Xitobnoma»sini ham yozdi. Bu xujjatda o’zining «Sotsialistik inqilobga to’la sadoqati va ishonchini ko’rsatdi. Buxoro dehqonlari va sarboz (Askar)angle amirga qarshi kurashga, uning hokimiyatini ag’darishga da’vat etildi. Shu bois F.Xo’jaev Rossiya kompartiyasi va hukumati rahbarlarining hurmat va e’tiboriga sazovor bo’ldi. U 1920 yil yanvarida Rossiya hukumati va partiyasining Turkkomissiya a’zolari bilan birga Toshkentga keldi va Turkkomissiya yordamida amir hukumatini ag’darishga tayyorlandi. 1920 yil 15 aprelda F.Xo’jaev muxarrirligida «Uchqun» gazetasining birinchi soni chiqdi. Uning nomi ham. Asosiy shiori ham bolsheviklarning lenincha «Iskra» gazetasidan olingandi. «Shunday kun keladiki, o’shanda uchqun alanga oladi». Gazetaning jami soni 5 ming nusxadan 8 ta soni chiqdi. Bu gazeta ham «Qutulish» kabi Toshkentda maxfiy ravishda bosilib Buxoroda tarqatildi.

Yüklə 250,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə