Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Xiva xonligining Ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va yosh xivaliklar faoliyati



Yüklə 250,01 Kb.
səhifə7/10
tarix28.11.2023
ölçüsü250,01 Kb.
#136820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi ozbekiston tarixi 25 01 2023 tahrirlash SHOX (1)

2.2. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Xiva xonligining Ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va yosh xivaliklar faoliyati
1873 yilgi bosqindan 10 yil oldin—1863 yili Xivaga kelgan venger sayyohi Vamberi «O’rta Osiyoga sayohat» kitobida «Xiva xonligida Rossiyadan keltirilgan biron bir narsa bo’lmagan xonadon yo’q» deya yozgandi. XIX asr oxirida esa xonlik iqtisodiyoti shu tariqa Rossiyadan olib kelinadigan mahsulotlar bilan rivoj topib, bozorlar savdogarlarning savdo-pul munosabatlarida asosiy vosita makoni edi. Ayniqsa, Qo’ng’irot, Ko’hna Urganch, Chimboy va Xo’jayli singari bekliklarda har kuni bozor uyushtirish huquqi xon tomonidan berilgan bo’lib, poytaxt Xivada esa haftada ikki kun—dushanba va juma kunlari bozor bo’lardi. Ana shu bozorlarni mahsulotlar bilan to’ldirishda esa Xorazmlik savdogarlar tinim bilishmagan. Ular endi oldingidek Orenburgga emas, Rossiyaning ichki shaharlariga ham bevosita o’zlari mahsulotlar olib borishgan. Masalan, 1880 yilning o’zida Xorazmlik savdogarlardan etti nafari 9900 pud paxta, 1210 pud chorvachilik mahsulotlari va 240 pud hunarmandlar yasagan turli buyumlarni olib borib sotishganlar. Ayniqsa, Xorazmlik savdogarlardan Xivalik og’a-ini Xudoyberganovlarning tashqi savdo aylanma pullari 270 ming, Polvonqoriniki esa 90 ming, Madrimovniki 54 ming rublni tashkil qilardi.13 Shuningdek, Yangi Urganchlik Polvon sag’irchining savdodagi aylanma puli miqdori 400 ming, Vaisboboniki 200 ming, Haji misgarniki 200 ming, Boboovulniki esa 100 ming, Muhammad Sharifniki bo’lsa 70 ming, Bobojon cho’loq laqabli savdogarniki 70 ming, Eshonqoraning savdodagi aylanma puli esa 50 ming rublni tashkil etardi. O’sha vaqtda bu pul miqdori katta hisoblangan. Aynan rus tilini bilganidan Moskva, Nijno’y Novgorod singari shaharlardan borib mahsulot keltiradigan Vais baqqol, og’a-ini Xudoyberganovlar, Polvonqora hamda Gavdonboylarning esa xonlikda obro’si g’oyat katta bo’lgan. Ushbu savdogarlar Rossiyadan movut, qimmatbaho choponlar uchun parchalar hamda chitlarni keltirishgan. Xivalik Polvonqora degan savdogarning bir o’zi esa har yili 15 ming rubllik parchani Rossiyadan olib kelardi. 1880-85 yillarga kelganda bevosita Rossiyaga savdo qilib angle savdogarlar soni tobora oshib bordi va 1890 yilda ular soni 30 tani tashkil etgan. Salimjonov, Odamov, Mustafoev va Ibragimov singari Yangi Urganch va Xivalik ayrim savdogarlar, hattoki Rossiya fuqaroligiga ham o’tishgan, ular Nijno’y Novgorod, Moskva shaharlaridan uy sotib olib, mahsulotlarni karvonboshilar orqali yubortirib, tijoratni o’sha yoqda turganicha boshqarib ham turishgan. Rossiyaga angler uchun XIX asrda Xorazmlik savdogarlar Xiva—Ko’hna Urganch-Sariqamish—Ilonli-Qo’ng’irot va u erdan qoraqalpoq cho’llari hamda qozoq dashtlari bo’ylab Orenburggacha bir yarim oy ot, tuyalarda yo’l yurishgan. N.Muravyovning «Xiva xonligiga va Turkmaniyaga sayoxat» asarida yozilishicha, «Xiva xonligi ushbu yo’llardagi 15 joyda 500 navkarni karvonlarni qo’riqlash uchun ajratardi.» Bundan tashqari Kavkazga angler, dengizga chiqadigan Xiva-Qo’ng’irot-O’likqo’ltiq-Mang’ishloq degan 450 km.lik, Xiva-Toshhovuz-Ashxabod bo’ylab 447 km.lik va Xiva-Ko’hna Urganch-Krasnovodsk bo’yicha esa 600 km.lik savdo yo’llari bo’lib, karvondagi savdogarlar o’zlari istagan, ko’nikkan va yo’ldagi aholi joylaridayam savdo qilib boradigan manzillar angler. Xivada yangi zavodlar bor : 1891 yilda Xivada hususiy paxta tozalash zavodi qurildi. 1893 yilda Hazorasplik mahalliy Madrahimboy ham hususiy paxta tozalash zavodi qurdi. Zavodga 3 ta jin uskunasi, 1 ta preslovchi dasgoh, 2 ta elektr energiyasi etkazib nberuvchi dizel o’rnatilgan edi.14
XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib Xorazmning savdosida karvon yo’llaridan ko’ra, Amudaryo orqali safarga chiqish ancha arzonga tushar, natijada bu borada suv yo’llari rivojlantirilgan. Bu paytda ayniqsa bevosita Rossiyadan kelgan va shu erda o’z firma, aktsionerlik jamiyatlarini ochayotgan savdogar hamda fabrikantlar ko’paya boshlashdi. Bu borada Ryazanov, Lyashin, Ananov, Kotin, Tretyakov, Malyutin singari millioner rus savdogarlari Xiva xonligida o’z firmalarini tashkil etganlar. Bunga asos sifatida 1874 yilda Moskva savdogarlarining «Savdo-sanoat» shirkati katta rol o’ynagandi. Muhammad Rahimxon II (1864-1910) xonlik qilgan davrida oldingi xonlar kabi xonlikni ma‘muriy boshqarish ishini takomillashtirishga harakat qildi. Xivadagi Ko’hna Ark va Toshhovli saroyida ishlab turgan qonun chiqaruvchi, ma‘muriy va sud organi vazifasini bajargan Oliy Kengashda ichki va tashqi siyosatning muhim masalalari muhokama etilib turgan. Kengashda nufuzli a’yonlar — qushbegi, mehtar, devonbegi, naqib, shayhislom, qozikalon, otaliq, biy, xonning yaqin qarindoshlari qatnashardilar. Xonlikda mavjud 26 beklikni boshqargan bek va hokimlar xon tomonidan tayinlangan. O’zbeklar yashaydigan bekliklar noiblik va machit-qavmlarga bo’linib, ularni noiblar va oqsoqollar boshqarishgan. Qozoq–qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar 66 biy va otaliqlar tomonidan idora etilardi. XIX asrning 2-chi yarmi va XX asr boshlariga kelib, Xivada oddiy fuqaroning tirikchiligi xavas qiladigan darajada emasdi. Bosqinga qadar xonlikning fuqorolaridan oladigan soliqlari turi yigirma to’rttaga borardi. 1873 yilgi Gandimiyon shartnomasiga ko’ra Xiva xoni Rossiyaga 2-million 200 ming rubl tovon puli to’lashi shart edi. Ma‘lumki bu yirik qiymatni xon va amaldorlari emas oddiy xalq to’lashi kerak bo’lardi. Xon xazinasini to’ldirib turish uning amaldorlari, hokimlarini boqish uchun fuqorolar yigirma to’rt hil soliq to’lashga maxkum edi. Bular –Solg’ut- yer uchun pul solig‘i, Zakot:-sotiladigan mol xisobidan, Daxyak:–xosilning beshdan yoki o’ndan bir qismi uchun. Cho‗p puli– o‗tloqlardan foydalangani uchun. Otliq puli- yer va suv uchun turkmanlardan olinadigan soliqlar shular jumlasiga kirardi. Bu soliqlarni undirish jarayonida bir necha marta shaxsan ishtirok qilgan Amudaryo bo’limi vakili guvoxligicha noxolol va noto’g’ri taqsimlangan soliqlarni to’lash paytida xon amaldorlari muomilaga emas (tayoq va qamchilarga ko’proq suyanardilar deb yozgan ) S.GIAL. SSSR F 183 op 1.d .16.2.15
XIX asr oxirlarida Xiva xonligidagi sug’oriladigan yer maydoni 1 mln. Tanobdan ziyod bo’lgan. Xonlikda davlat (podsholik) yerlari, xususiy kishilarga qarashli mulk (atoyi va yorliqli) hamda diniy muassasalarga berilgan vaqf yer egaligi mavjud edi. Eng unumdor va sug’orilishi qulay erlar xon va uning yaqinlari, boylar, amaldorlar, dindorlarga tegishli edi. Xonning yerlari ―atoyi mulk va ―yorliqli mulk deb atalgan hamda avloddan-avlodga meros bo’lib yoki yorliq bilan berilgan. Xon o’z yerlarini mulkdorlarga va ijarachi dehqonlar (batrak, mardikor, koranda, bevatan,) ga foydalanish uchun ma‘lum muddatga berardi. Xonlikda diniy muassasalar, masjid, madrasa, qabriston va muqaddas joylarga xon, amaldorlarga ajratilgan vaqf yerlar mavjud edi. Ulardan soliq deyarlik olinmas va yersiz, ot-ulovsiz dehqonlar ishlatilib, daromad qilinardi.16
Xiva xonligida Ovro’pa ishlab chiqarish usuli va madaniyatini tarqatishda juda ko’p xalqlar hizmat qilgan. Ular orasida menonit nemislari alohida o’rinda turadi. Bir vaqtlar Prussiyadan Quyi Volga bo’ylariga ko’chib kelgan nemislarning harbiy hizmatga safarbar etilishiga norozi bo’lgan bir qismi Turkiston general– gubernasiga ketishga ruxsat so’ragandi. Natijada fon–Kaufman roziligi bilan Samara gubernasidan ko’chib kelgan 10 ta nemis oilasi Toshkent yaqinidagi Koplonbek hovlisiga joylashtiriladi. Yangi kelayotgan nemislarning bir guruhi Buxoro amirligidagi chegara qishloq bo’lgan Zirabuloqqa, yana biri esa — Petro–Aleksandrovskka joylashtiriladi. Amudaryo bo’limiga kelgan nemislarni kutib olgan general Grotten Xelm ularni Xiva xonligining Lavzon kanali yaqiniga o’rnashtirishni Muhammad Rahimxonga taklif qiladi.
1883 yil bahorida Lavzon yaqinida yashay boshlagan nemislar o’zlariga zarur boshpana qurish, tirikchilik uchun zarur bo’lgan ekinlar ekish va chorva mollarini boqish ishlariga kirishib ketadilar. Ammo ularning turmushi notinch bo’lib, yovmut turkmanlarining bosqinchilik tajovuzlari ko’p bo’lib turardi. Qo’lga qurol olmaslik va qon to’kmaslikni urf–odat qilgan nemislar esa o’zlarini himoya qilaolmasdilar. Nemislar xiva xonligida ijtimoiy-iqdisodiy hayoti katta ishlarni amalga oshirdi. Tez orada qishloqda uy–joy, cherkov, maktab qurish ishlari boshlab yuboriladi. Tartib bilan evropacha qurilayotgan yangi imoratlar mahalliy aholining xavasini keltiradi. Nemis duradgorlari xon saroyida yog’ochdan parket pollarni to’shab berdilar. Xiva shahri ko’chalarida brichka shaklidagi to’rt g’ildirakli yuk aravalari va yumshoq faytonlar yura boshladi. Vilgelm Panner ismli nemisfotografiya suratchiligiga asos soldi. Xon va badavlat amaldorlarning uylaridagi katta xonalarda tunukadan golland pechlari va kamin shaklidagi isitish qurilmalari paydo bo’ldi. Ularning eng go’zallari Asfandiyorxonning Nurullaboydagi xashamatli saroyini bezagan. Nemislarning Xiva xonligi turmushidan besovita habardor bo’lgan German Yantsen xavf–hatarli Turkistonda: musulmonlar orasidagi hayot nomli kitob yozgan va u 1988 yilda Germaniya va Shveysariyada nashr qilingan.17 Unda nemislarning o’lka halqari bilan birodarlashish, bir biriga yordam berish, hamdardlik sahifalari haqida iliq gaplar aytilgan. Yarim asr davom etgan birgalikdagi hayot mahalliy aholi kabi nemislarni ham juda ko’p vojealarni boshidan kechirishga majbur qildi. Qatag’onlar chig’iriqiga tushgan ushbu jafokash xalq o’z uy–joyi, mol–mulkining ko’p qismini va qadrdon do’st–birodalarini tashlab Sharqiy Qozog’istonga badarga bo’lib ketdi.
Muhammad Rahimxon davrida xonlikda maorif va sog’liqni saqlash ishlariga e‘tibor qaratildi. 1880 yilda Xivada birinchi ambulatoriya ishlay boshladi. 1884 yilda xon saroyida birinchi rus-tuzem maktabi tashkil qilindi. XX asr boshlarida Xiva xonligida 1500 ta eski uslubdagi maktablar, 130 ta madrasa bo’lib, ularda 50 mingdan ortiq talaba bilim olgandi. Aholining savodxonlik darajasi ham ancha ko’tarildi. Ruslar istilosidan keyin Xiva xonligida tabiblar bilan bir qatorda aholiga vrach va felsherlar tomonidan tibbiy xizmat ko’rsatila boshlandi. 1882 yilda Muhammad Rahimxonni davolash uchun Qazalidan harbiy vrach N.Norvillo yuborildi. 1884 yilda Xivaga rus vrachlari Kolpakov va Kolossovskiylar keldilar. 1887 yildan Xivada ochilgan felsherlik ambulatoriyasida vrach Kreshkov ishladi. 1891 yilda Xivadagi felsherlik punkti ishini tekshirish uchun Petro– Aleksandrovskdan vrach I.M.Avdakushin va akusher–ginekolog Navostruevskaya, 1897 yilda esa — vrach Kimberg kelishgan18.
Rossiyada XX asr boshida ro’y bergan inqilobiy xarakatlar ta‘siri Xivaga ham etib kelishi natijasida soliqlardan ruslarni va mahalliy boylarni zulmidan bezgan el sinfiy tabaqalanishning mohiyatini anglab etdi. Bu o’z navbatida g’alayonlarning mazmuniga siyosiy talablarni ham qo’shib yubordi. G’alayonlar avvalgidek betartib norozilik va ko’tarilishdan, uyushgan boshqaradigan kuchga aylandi. Ularda aniq maqsad ko’rina boshladi. 1902 yilda Safar Ali ismli yovmutning soliq to’lamaganligi ta‘sirida yovmutlar yo’lto’sarlik harakatlarini boshlab yubordilar. Natijada xon Sayyyid Abdulla to’raga taxtni boshqarishni topshirib, o’zi o’zbek va chovdir turkmanlardan to’plangan lashkarlarga bosh bo’lib, Toshhovuzga borib 14 kun turdi. Xonning topshirig’i bilan oldinroq Taxta tumanidagi yovmutlar ustiga yuborilgan Nurjon Botir isyonchi Safar Alining kallasini kesib keldi.
1910-yilga kelib rus ma‘murlari Turkistonda ba‘zi bir isloxiy xarakatlarni o’tkazishga majbur bo’ldilar. Shu asosda Xiva xoni xam 1910-yilda besh bandli maxsus qarorni imzoladi, ularda quyidagi chekinishlar o’z aksini topgandi.
1. Begor mavsumida qazuvchilardan yig’iladigan 50- tiyinlik (salkam 3- tanga) soliqni bekor qilish.
2. Qazuv davrida qatnashgan kishilarga xon xazinasidan har odamga ikki tanga (40-tiyin) xizmat xaqi to’lash.
3. Begor davrida dehqonlar va ishchilarning qazuvdan boshqa ishlarga, boy boyonlarning shaxsiy xo’jaliklariga majburiy ishga jalb qilish ham bekor qilindi.
4. Mansabdor shaxslarga ma‘lum miqtor moyana tayinlandi, pora olish qat‘iy taqiqlandi. Xukumat odamlari, hokimlar o’z oldiga ish yuzasidan kelgan kishilardan xizmat xaqi olishi sha‘riat qoidalariga zid, deb e‘lon qilindi.
5. yer solig’ini aniq belgilash maqsadida yerlarni va vaqf yerlarni qayta xisobga olish va qayta o’lchab chiqish belgilab qo’yildi.
Lekin bu tadbirlar 1910 yil 16- avgustda Muhammad Rahimxon II o’limi tufayli amalga oshmay qog’ozda qolib ketdi. Muhammad Rahimxon II vafot qilganda 66 yoshda bo’lib, uning jasadi Sayyid Muhammad Mohiro’yi maqbarasiga dafn qilindi. Taxtda 47 yil 15 kun o’tirgan Muhammad Rahim Bahodirxon shubhasiz Xiva xonligi tarixida ochmas iz qoldirgan davlat arboblaridan biri edi .19
1911 yilda Asfandiyorxon Peterburgga safarga otlandi. Xonga hamroh bo’lganlar orasida Islomxo’ja, Husayn Muhammad devonbegi, Muhammad Vafo karvonboshi, Tolibxo’ja ismli amaldor angler. Xivaliklar 18 kun deganda Rossiya poytaxtiga etib bordilar. Imperator qabulida bo’lgan vaqtida Asfandiyorxon Xivada shahzoda Aleksey nomiga kasalxona qurishga ruxsat so’radi. Ushbu taklif ma‘qullangandan keyin, Islomxo’ja Peterburg harbiy meditsina akademiyasi professori V.N.Sirotinindan qurilishi rejalashtirilayotgan kasalxonada ishlashga loyiq tajribali vrachni tanlashda yordam berishni iltimos qildi. Asfandiyorxon o’z hamrohlari bilan 11 kun davomida Peterburg atrofidagi go’zal joylarni tamosha qilgach, Moskva orqali yurtiga qaytdilar.20 Moskvada Islomxo’ja Soldatenkov nomidagi shahar kasalxonasi bosh vrachi F.A.Gete bilan uchrashdi va uning tavsiyasi bilan arxitektor A.P.Roopdan Xivada quriladigan kasalxona binosi loyihasini tayyorlab berishni so’radi. Kasalxonadagi teri–tanosil, ko’z va yuqumli kasalliklari, jarrohlik va davolash bo’limlarida 50 o’rin rejalashtirilgan bo’lib, ularni qurishga 250 ming so’m ajratildi. Xivadagi pochta binosi qarshisida barpo etila boshlagan kasalxona qurilishi Rahimbergan devonga topshirildi va u 1912 yilda qad rostladi. 1916–1917 yilldarda Xiva xonligida ro’y bergan noxush siyosiy voqealar kasalxona ahvoliga ham o’ta qattiq zarar etkazdi. Ajratilayotgan mablag’larning kamligi, tibbiy xodimlar hayotining doimiy xavf–hatar ostida qolishi ularning Toshkent va Moskvaga ketib qolishlarini tezlashtirdi. Xonlik aholisi xotirasida yorqin iz qoldirgan Xiva kasalxonasi faqat 1920 yil yozidan boshlab yana o’z faoliyatini rus vrachlari yordamida tiklay oldi, xolos.
Xiva xonligida jadidlar tashkil qilgan partiya (firqa) (1914-21). O’z safida milliy ziyolilar, hunarmand, dehqon, savdogarlar, Islom ulamolari va ayrim davlat amaldorlarini birlashtirgan. 1914 yil avgustda Yosh xivaliklar partiyasiga Polvonniyoz hoji Yusupov asos soldi. Jumaniyoz Boboniyozov, Bobojon Yoqubov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Nazir Sholikorov, Sultonqori Jumaniyozov, Xudoybergan Devonov, Husaynbek devonbegi Matmurodov, Muhammadyorxo’ja Abdullayev partiyaning faollari edi. Partiyaning e’lon qilingan dasturida xon hokimiyatini cheklaydigan islohotlar o’tkazish, mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya o’rnatish, xalqni ma’rifatli qilish mo’ljallangan. Xiva xonligidagi 1916 yil qo’zg’olonida faol qatnashgan. Yosh xivaliklarning rahbarlaridan biri qozikalon Bobooxun Salimov (1874— 1929) qo’zg’olonchilar faoliyatini yashirin ravishda boshqardi. 1917 yil Fevral inqilobi Yosh xivaliklar faoliyatiga kuchli ta’sir ko’rsatdi, ular ochiq kurash yo’liga o’tdi. 1917 yil 5 aprelda Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh xivaliklar taqdim etgan manifestni imzolashga majbur bo’ldi. Manifestda yangi usul maktablari ochilishi, mamlakatda temir yo’l, pochta, telegraf barpo etilishi zarurligi, davlat xazinasi nazorat ostiga olinishi, barcha amaldorlarning saylanishi va maosh bilan ta’minlanishi, butun aholining shariat oldida tengligi ta’kidlangan edi. Isloxrtlar amalga oshirilishini nazorat qilish uchun 30 vakildan iborat muvaqqat qo’mita tashkil topdi. 8 aprelda mamlakatni boshqarish uchun Xivada xon huzurida Majlis (raisi — Bobooxun Salimov) va Nozirlar Kengashi (raisi Husaynbek devonbegi Matmurodov) tuzildi.21 P. Yusupov (1861-1936) ga Rossiya hukumati va rus qo’shinlari bilan munosabatlarni barqarorlashtirish vazifasi yuklatildi. Muvaqqat qo’mita tarkibiga keyinchalik yana 19 kishi, shuningdek, 7 turkman kiritildi. Yosh xivaliklar Xiva xonligida hokimiyatni boshqaruvchi hukmron kuchga aylandi. 1917 yil mayda Majlis raisi Bobooxun Salimov boshchiligidagi delegatsiya Muvaqqat hukumat vakillari bilan muzokara o’tkazish uchun Toshkentga jo’nadi. Asfandiyorxon muvaqqat xukumatning Xivadagi vakili general Xo’ja Mirbadalov (millati tatar) boshchiligidagi harbiy kuchlarga tayanib, iyunda majlisni tarqatib yubordi. Xon o’ziga ma’qul kishilardan yangi tarkibdagi Majlis (raisi — ortiq Oxun) va Nozirlar Kengashi (raisi — Ishoqxo’ja Xo’jaev) ni tayinladi, Yosh xivaliklardan shafqatsiz o’ch olishga kirishdi. H. Matmurodov boshchiligidagi sobiq Majlisning 17 a’zosi qamoqqa olindi, Bobooxun Salimov ustidan kuchli nazorat o’rnatildi, Yosh xivaliklar partiyasining barcha a’zolari kofir, deb e’lon qilindi. 1917 yil sentabrda Xivaga polkovnik Zaytsev katta kazak otryadi bilan etib keldi. 21 noyabrda Yosh xivaliklar ustidan “qozilarning shariat sudi” o’tkazildi. 1917 yil noyabrda Asfandiyorxon rus kazaklari yordamida majlisni butunlay tugatdi. Xonning istibdod tuzumi bilan kurashda maglubiyatga uchragan Yosh xivaliklar mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo’ldi. 1917 yil noyabr — dekabrda P. Yusupov, N. Sholikorov (1881 — 1938) Toshkentga, mulla Jumaniyoz Sultonmurodov — Petroaleksandrovsk (hozirgi To’rtko’l) ga yetib borishdi. Yosh xivaliklar partiyasining boshqa yetakchilari Husaynbek Matmurodov, Ishoqxo’ja Xo’jayev, Abdusalom Hoji Islomxo’jayev, Hoji Avazberdi Eshonov xon buyrug’i bilan qatl qilindi (1918 yil 18 may). 1918 yil boshlarida Toshkentda Yosh xivaliklar qo’mitasi tuzildi (raisi — Polvonniyoz Yusupov). Yosh xivaliklar taktik maqsadlarni ko’zlab, bolsheviklar bilan yaqinlashdi. To’rtko’ldagi Yosh xivaliklardan bir guruh inqilobchilar bilan ajralib, 1919 yil boshida kommunistik guruh (fraktsiya) tuzganligini e’lon qildi (raisi — Jumaniyoz Sultonmurodov). Yosh xivaliklar partiyasiga ko’plab a’zolar kelib qo’shildi. Uning yangi dasturi qabul qilinib, unda demokratik islohotlar dasturi bayon etildi. Xiva xoni, to’ralar va beklarga qarashli butun mol-mulkni xalqqa berish, katta boylarning yerlarini kambag’allarga taqsimlash, bepul shifoxonalar va maktablar ochish, yo’llar va ko’priklar qurish, siyosiy erkinlik, milliy tengxuquqlilik, xonlik tuzumini ag’darib tashlab, demokratik xalq hokimiyati — respublikani barpo qilish ko’zda tutildi. Rossiya va Turkistonning anglerk rahbarlari Xiva xonligidagi barcha muxolif kuchlarni jipslashtirishga zo’r berib intildi.22 1919 yil noyabrda Yosh xivaliklar, To’rtko’ldagi inqilobchi kommunistlar guruhi hamda Qo’shmamedxon Sapiyev (? — 1920) va G’ulomalixon Bahodir (taxminan 1885— 1925) boshchiligidagi turkman qabilalari Xiva xoni Sayd Abdullaxon (? — 1933) va turkman yovmutlarining yetakchisi Junaidxonga qarshi kurash boshlash uchun o’zaro ittifoq tuzib, Xivani egallash uchun qizil askarlarni yordamga chaqirdi. 1919 yil noyabr — 1920 yil yanvar oylaridagi keskin angler natijasida Turkiston fronti Amudaryo (Xiva) guruhining qo’shinlari (qo’mondon — N. M. Shcherbakov, siyosiy rahbar — G. B. Skalov) 1920 yil 1 Fevralda xonlik poytaxti Xivani bosib oldi. Xiva xoni Sayd Abullaxon taxtdan voz kechdi, Junaidxon angler bilan Qoraqumga chekindi. 2 Fevralda muvaqqat inqilobiy qo’mita tuzildi. Unga To’rtko’ldagi Yosh xivaliklar inqilobiy qo’mitasining boshlig’i Jumaniyoz Sultonmurodov — rais, Majlisning sobiq raisi Bobooxun Salimov, ulamolar vakili odamoxun Ortiqov, yirik savdogar Matpanoboy Madrahimov, turkmanlar vakillari Mulla O’roz Xo’jamuhamedov va Mulla Navro’z Ro’ziboyev a’zo bo’ldi. 9 aprelda muvaqqat inqilobiy qo’mita ishini yaxshilash uchun uning tarkibida 10 kishidan iborat dastlabki xalq xukumati — Nozirlar Sho’rosi tashkil qilindi. Kundalik masalalarni hal qilish uchun Jumaniyoz Sultonmurodov (rais), Polvonniyoz Hoji Yusupov, Bobooxun Salimovdan iborat hay’at saylandi. 1920 yil 26-30 aprelda butun Xorazm xalq vakillarining I qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tashkil topdi. Yosh xivaliklar dasturi qurultoyda qabul etilgan muvaqqat Konstitutsiyaga asos qilib olindi. Unda Xiva xonligi tugatilganligi va Xorazm Xalq Respublikasi tuzilganligi e’lon etildi. Qurultoyda 15 kishidan iborat respublika xukumati — Xalq nozirlari Sho’rosi tuzildi. Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligidagi xukumat tarkibiga Jumaniyoz Sultonmurodov (raisning 1-muovini), Bobooxun Salimov (Adliya), Bekjon Rahmonov (maorif), Eshchonqori Jabborqulov (xalq xo’jaligi), O’roz Xo’jamuhamedov (tashqi ishlar), Navro’z Ro’ziboyev (hukumat kotibi), Qo’shmamedxon Sapiyev (raisning 2-muovini), G’ulomalixon Bahodir (ijtimoiy ta’minot), Shomurod Baxshi (sog’liqni saqlash), Muhammadpanoboy Abdullaev (moliya), Xudoybergan Devonov (oliy mufattishnazorat), Rizo Shokirov (harbiy), Hakim Bobojonov (ziroatdehqonchilik), Nazir Sholikorov (ichki ishlar) nozir sifatida kiritildi. Nozirlarning aksariyati jadidlardan iborat bo’lgan va shu sababli hukumat Yosh xivaliklar hukumati deb yuritilgan. Yosh xivaliklar mamlakatda xonlikdan qolgan asoratlarni tugatish, respublikada demokratik tuzumni qaror toptirish, mustaqil Xorazm davlatini barpo qilish uchun kurashdi. Rossiya rasmiy doiralari, Turkkomissiya va Turkfront vakillari mustaqil siyosat yuritishga intilayotgan Yosh xivaliklar xukumatini badnom qilish uchun jon-jaxdi bilan harakat qildi. Sho’rolar davlatining qurolli ig’vogarliklariga qaramay, Yosh xivaliklar hukumati qariyb bir yil yashadi. 1921 yil 6 martda qizil askarlar Xivada 2 marta davlat to’ntarishi yasab, Yosh xivaliklar hukumatini ag’darib tashladi. Bolsheviklar xalq nozirlarini qamoqqa olib, ko’pchiligini otib tashladi. Ayrim nozirlar Junaidxon va istiklolchilar safiga qo’shildi, ba’zilari chet ellarga o’tib ketdi. Yosh xivaliklarning bir qismi keyinchalik afv qilindi va ular Xorazmdagi sho’ro davlati qurilishida faol ishtirok etdi (1923 yil oktabrgacha). Ularning aksariyat qismi 30 yillar qatag’onlarida yosh buxoroliklar singari halok bo’ldi.23


Yüklə 250,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə