Dinlari tarixi


Dinning ko‘zga ko‘rinuvchi, tashqarida



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

Dinning ko‘zga ko‘rinuvchi, tashqarida 
aks etuvchi jihatlarini o‘rganuvchi ilm sohasi «Din fe-
nomenologiyasi» deyiladi. 
Din fenomenologiyasi diniy tuyg‘u va bu tuyg‘uning 
ko‘rinishlari deyarli butun dunyoda bir-biriga o‘xshashi-
ga ishora qiladi, barcha dinlarning asli va g‘oyasining 
MA’LUMOT
UCHUN 
Diniy ramz (bel-
gi)larda yashirin-
gan ma’nolarni 
ochish va majo-
ziy so‘zlarning 
muqaddas ma
-
zmunini yori-
tish kabi ishlar 
ham din 
fenomenologiya-
sining vazifalari-
ga kiradi.
IJODIY FAOLIYAT
Mazkur matnni o‘qing. Matnda dinshunoslikning qaysi sohasiga oid 
ekanligini tahlil qiling.
«...podshoh Doro ibn Doro xazinasida «Abisto» («Avesto»)ning 
o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan yozilgan bir nusxasi bor edi. 
Iskandar Maqduniy otashxonalarni vayron qilib, ularga xizmat qilu
-
vchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yuborgan edi. Shuning uchun 
o‘sha vaqtdan beri «Abisto»ning beshdan uch qismi (ya’ni, o‘n sakkiz 
naski) yo‘qolib ketdi. «Abisto» o‘ttiz nask edi, majusiylar qo‘lida cha
-
masi o‘n ikki nask (qism) qoldi.»
Abu Rayhon Beruniy


15
MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Din sotsiologiyasi falsafasi, psixologiyasi, fenomenologiyasi o‘rtasi-
da qanday bog‘lanishlar mavjud?
2. Berilgan jadvalni misollar bilan to‘ldiring.
Din sotsiolo-
giyasi
Din falsafasi
Din psixolo-
giyasi
Din fenomeno-
logiyasi
3. 
Din tarixini o‘rganishda qanday fanlar yordamchi hisoblanadi va 
nima uchun?
4. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi «Di
-
niy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirla
-
ri to‘g‘risida»gi Farmonini topib o‘qing va mohiyatini tushuntiring.
bir ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Turli dinlarning 
ibodat va marosimlarini, muqaddas joy, zamon, narsa va 
shaxsiyatlarini tadqiq qilib, mushtarak jihatlarini topish
-
ga harakat qiladi.
Diniy asoslar, diniy fenomen va shakllanishlarga xiz-
mat qiladi.
Din tarixi fani bir qancha fanlarga tayanadi va ular 
bilan uzviy bog‘liqdir. Masalan, tarix fani o‘tmishdagi 
voqea-hodisalarni o‘rganishi bilan birga, moziy va ho
-
zirdagi dinlarning tarixiy shakllanishi jihatidan Dinlar 
tarixiga yaqindan ko‘makchi bo‘ladi.
Diniy matnlarning o‘rganilishida filologiya fani 
alohida axamiyat kasb etadi. Bundan tashqari tarixni 
o‘rganishda yordamchi fanlar mifologiya (rivoyat va af-
sonalar), etnologiya, arxeologiya, san’at tarixi, folklor 
va shunga o‘xshash bir qancha fanlar ham din tarixi bi
-
lan bevosita bog‘liqdir.
Sobiq mustabid 
tuzum davrida 
yurtimizda
80 ga yaqin 
masjid faoliyat 
ko‘rsatgan 
bo‘lsa, 2017 yil-
ga kelib ularning 
soni 2 ming
42 tani tashkil 
etdi. 


16

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə