Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

Martin
Lyuter King


9
DINSHUNOSLIKDAGI
ZAMONAVIY TENDENSIYALAR
2-§
DINSHUNOSLIK FANINING
RIVOJLANISH TARIXI
Dunyodagi barcha dinlar va ular bilan bog‘liq ja
-
rayonlarni xolisona o‘rganuvchi fan «Dinshunoslik» deb 
ataladi. Mazkur fanning sohalari juda ko‘p bo‘lib, ular-
dan biri «Dunyo dinlari tarixi»dir. 
Konstantin davrida IV asrda xristian dini boshqa din
-
lar bilan bir mavqega ega bo‘ldi. Yevropada xristianlik 
dinining Rim imperiyasi tomonidan davlat dini sifatida 
e’tirof etilishi esa (milodiy IV asr) va cherkovning as-
ta-sekin hokimimiyatni qo‘lga olishi natijasida, ilm-fan 
ham xristianlik ta’siriga tushib qoldi. Bu davrda, dinlar 
TARIXGA NAZAR
Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlari-
dayoq turli xalqlarning dinlari haqida ma’lumotlar 
kelgan. Masalan, «tarix otasi» nomini olgan Gerodot 
(mil. avv. V asr) ham o‘zi tadqiq qilgan xalqlarning 
tarixi haqida ma’lumot berish barobarida, ularning 
dinlari haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
MA’LUMOT
UCHUN
Dinshunoslik-
ning boshqa 
diniy fanlardan 
farqi shundaki, 
unda har qan
-
day din haqida 
xolis, tanqid va 
haqorat qil
-
magan holda 
ma’lumotlar 
beriladi.
BUGUN DARSDA QUYIDAGI
MAVZULAR BILAN TANISHASIZ:
1. Dinshunoslik fanining rivojlanish tarixi.
2. Din sotsiologiyasi, falsafasi, psixologiyasi, feno-
menologiyasini o‘rganish dagi yangi tendensiyalar.


10
IJODIY FAOLIYAT
Gomer va Gesiodning asarlaridan xudolar va qahramonlar haqida be
-
rilgan ma’lumotlarni eslang.
Ushbu asarlar orqali qaysi davrga oid dinlar haqida ma’lumot olish 
mumkin?
borasidagi tadqiqotlar faqatgina ilohiyot ko‘rinishida 
bo‘lib, xristianlik, xususan katoliklikning boshqalardan 
ustunligini isbotlashga yo‘naltirilgan edi. 
Biroq, XIX asrga qadar xristian olamida boshqa din
-
lar haqida xolis ma’lumot beruvchi to‘laqonli asar yara
-
tilmagan edi.
VII-VIII asrlarda o‘sha davrda mavjud dinlar haqi
-
da kichik risolalar paydo bo‘lgan. VIII-IX asrlardan esa 
dinlar tarixi va ta’limotlariga oid ilk kitoblar yaratildi.
XIX asrga kelib Yevropa mintaqasida cherkovning 
ta’siri kamaydi. Natijada, boshqa fanlar qatori dinshu
-
noslik fani ham cherkov ta’siridan chiqa boshladi. Shu 
davrda Maks Myullerning «Qiyosiy mifologiya», «Din-
larning asosi va shakllanishiga oid ma’ruzalar» nomli 
asarlari nashrdan chiqi.
Keyinchalik u mashhur Oksford universitetida dinlar 
tarixidan ma’ruzalar o‘qigan va birinchi bo‘lib «dinshu
-
noslik» atamasini iste’molga kiritgan. Shu yo‘sinda, 
Buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy 
haqiqiy ma’noda musulmon sharqidagi dinshu
-
noslik fanining otasi nomiga munosibdir. 
Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», 
«Hindiston» kabi asarlarida turli dinlar haqida bataf
-
sil ma’lumotlar berilgan. 
Maks Myuller
Gomer.
 «Odiseya» dostoni 
qahramon
lari


11
dinshunoslik Parij, Bryussel va Rim universitetlari-
da fan sifatida o‘qitila boshlagan. Sobiq Sovet ittifoqi 
davrida dinshunoslik fani, asosan, dinlarni tanqid qilish 
va «eskilik sarqiti» ekanini isbotlash uchun o‘rganil
-
di. Natijada, uning nomlanishi ham «Ilmiy ateizm» deb 
o‘zgartirildi. Yillar davomida, universitetlarda «Ilmiy 
ateizm» kafedralari tashkil etilib, talabalarga «din xalq 
uchun afyundir», degan g‘oya singdirildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach 
dinshunoslik sohasi ham ateistik mafkura ta’siridan 
chiqarildi. 
O‘sib kelayotgan avlodda dinlar haqida to‘g‘ri va xo
-
lis fikrlarni shakllantirish, ularni dinlararo bag‘rikenglik 
ruhida tarbiyalash maqsadida, 90-yillarning o‘rtalari
-
dan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quv dasturiga 
«Dun yo dinlari tarixi» fani kiritildi.
2017 yilda qabul qilingan yangi tartibga muvofiq 
endilikda dinshunoslik asosiy fan sifatida e’tirof etildi. 
Davlat ta’lim standartlari va dasturlari tasdiqlanib, 8-, 
9-, 10- va 11-sinflarda o‘qitilishi belgilab olindi. 
Mazkur sohani rivojlantirish yo‘lida 1999-yilda To-
shkent islom universitetining tashkil etildi. Universitet 
o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistr mutaxas-
sislar tayyorlana boshladi. 
“Ilm mol-dun-
yodan ko‘ra 
yaxshiroqdir. 
Chunki, ilming 
seni asraydi, 
mol-dunyoni esa 
sen asrashing 
kerak bo‘ladi. 
Mol-dunyo sarf 
qilinsa kamayadi, 
ilm esa o‘zgalar-
ga o‘rgatish bilan 
yana ziyoda 
bo‘laveradi”.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə