Dinlari tarixi


Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 18-modda



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 18-modda


13
Din sosiologiyasi kishilarning diniy e’tiqodlari, diniy 
tashkilotlarning faoliyatini, jamiyat a’zolaridagi diniy 
tafakkurni o‘rganadi. 
Sotsiologiyada din hodisasini o‘rganishda dinni ijti-
moiy hayotda bajarayotgan funksiyalariga albatta mu-
rojaat qilishi lozim bo‘ladi. Avvalgi sinflarda ham bular 
bilan qisman tanishgansiz. 
Din psixologiyasi.
Insonga oid bo‘lgan diniy 
hayotning turli jihatlarini psixologik jihatdan o‘rga-
nuvchi dinshunoslik sohasi.
Modomiki, 
donolarcha javob 
berishlarini 
xohlar ekansan – 
donolarcha savol 
ber.
Gyote
MA’LUMOT UCHUN
Sotsiologiya ata masi lotincha «societas» — jamiyat va yunoncha 
«logos» — ta’limot so‘zlarining birikmasidan olingan bo‘lib, u bevosita 
jamiyat haqidagi fan ma’nosini anglatadi.


14
Din psixologiyasi shaxsning diniy tajribasini va bu 
tajribaning turli ko‘rinishlarini bayon qilishga harakat 
qiladi. Kishining diniy his, tushuncha va yashash tarzi 
din psixologiyasining asosiy mavzusidir.
Din falsafasi.
Dinning mohiyati, insonning diniy 
haqiqatlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan dinshunoslik 
sohasi. Uning e’tiborida bo‘lgan mavzular boshida Xu-
doning borligi, sifatlari, yaratuvchi – koinot munosabati, 
yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, 
payg‘ambarlik va vahiy kabi keng miqyosdagi masalalar 
turadi.
Din fenomenologiyasi.
Fenomen, namoyon bo‘luv-
chi, ko‘zga ko‘rinuvchi narsa bo‘lib, fenomenologiya 
ko‘zga ko‘rinuvchi narsaning sistematik shaklda tadqiq 
qilinishidir. 

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə