84
XX asrda yangi urf-odat va an’analar hayotimizga
kirib kela boshladi. Masalan, tug‘ilgan chaqaloqlarning
ota-onalariga guvohnoma yoki
voyaga yetgan yoshlarga
pasport topshirish, o‘quv yurti bitiruvchilariga tantana
-
li ravishda diplom va shahodatnomalarini topshirish va
ularni mehnat jamoasiga qabul qilish, tantanali pensiya
-
ga kuzatish va b.
Hozirga kelib, ular «an’anaviy tadbir»
urf-odatlarimizga aylanib bormoqda.
Diniy urf odat, an’ana va marosimlar vaqt o‘tishi
bilan milliy an’ana va marosimlarga aylanib borishi
transfarmatsiyalashuvi deb ataladi.
Masalan, xristian-
lik dini yevropa xalqlari hayotiga kirib kelganida ushbu
dinning marosimlari mazkur xalqlarning milliy urf odat
va an’analariga aylandi.
Rojdestvo bayrami, hindlarda
Xole bayrami, Koreyslarda shamanizm bilan bog‘liq urf
odatlar mavjud.
O‘zbekistonda esa, barcha dinlarda muqaddas deb
hisoblangan oila instituti milliy qadriyat sifatida Asosiy
qonunga kiritilgan va an’anaga aylangan.
Diniy marosimlarni bajarishda
kohinlar, keyinchalik
ruhoniylar boshchilik qilgan. Ular o‘z marosimlarini as
-
ta-sekin muayyan dinning talabi, xususiyati, aqidasi va
ehtiyojiga moslagan.
Xristianlikda «Yetti sirli marosim», cho‘qintirish, non
va sharob totish,
miro moyi surtish, tavba-tazarru qili
-
sh, yeley (muqaddas zaytun yog‘i) surtish marosimi, ru
-
honiy unvonini berish, nikoh marosimlari mavjud. Ro-
jdestvo va Pasxa xristianlikda
keng nishonla na digan eng
asosiy bayramlari hisoblanadi.
Islom dinida aqiqa, amri ma’ruf, xatna, ro‘za tutish
va
ramazon hayiti, qurbonlik qilish va qurbon hayiti,
haj, janoza, nikoh, dafn va boshqa marosimlar bor.
Yahudiylikda – ibodat, shanba kunini muqaddas deb
bilish, tug‘ilish, balog‘atga yetish, nikoh va dafn maro-
simlari alohida o‘rin tutadi.
Xoli bayrami
(Hindiston)
Divani bayrami
Sumalak sayli
Xanuka