Dinshunoslik


Xristianlikning diniy ta’limoti



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə25/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75
Dinshunoslik maruza

Xristianlikning diniy ta’limoti.
Xristianlikning diniy ta’limoti mazmunini asosan quyidagilar tashkil etadi: Xudo muqaddas uchlikda namoyon bo‘ladi. Ya’ni Xudo uch qiyofali, lekin mohiyatan yagonadir. Ammo Xudo Xudo – ota, Xudo – o‘g‘il, Xudo – muqaddas ruh ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu holat esa yakkayu-yagona xudoga shirk keltirish edi. Mana shunday yanglish, hato aqidalari tufayli nasroniylar musulmonlar tomonidan «kofir» - kufrga ketgan deb ataladilar.
Bu uch qiyofali xudolar ayni paytda shaxslariga ko‘ra farq qiladilar. Xristianlik ta’limotiga ko‘ra Xudo-ota tug‘ilish yo‘li bilan paydo bo‘lmagan, hech kim yaratmagan, u o‘zi abadiy mavjud. Xudo – o‘g‘il esa, tug‘ilgan. Xudo – muqaddas Ruh esa, Xudo – Otadan paydo bo‘lgan. Nasroniylar Iso Masixni Xudo-O‘g‘il darajasiga ko‘targanlar.
Xristianlikning asosiy aqidalari quyidagilardir: Xudo – O‘g‘il (Iso) Masix – Xudo yarlaqagan vakil. U ilohiy xaloskor. Iso – Xristianlikning asoschisi; Iso o‘ldirilgandan keyin osmonga ko‘tarilib ketgan. U kelajakda tiriklar va o‘liklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga qaytib keladi; Iso ham ilohiy, ham insoniy tabiatga ega; Bibi Maryam Xudo (Iso)ning onasi, u qizlik iffati saqlangan holda ilohiy xomilador bo‘lgan va Isoni tuqqan; ikonalarga sig‘inish; Xudo hamma narsadan ustun turadi va abadiydir. Uni hech kim yaratgan emas. Xudo dunyoni yaratuvchisidir; odamzot tug‘ilgan paytidan boshlaboq gunohkordir. Xudo yaratgan mavjudotlarning gultoji inson bo‘lgan, chunki u insonni o‘ziga o‘xshash qilib yaratgan edi. Bu o‘xshashlikning asosiy qirralari – bu insonga berilgan aql-idrok, iroda, abadiy o‘lmasliklarida edi. Xudo butun kosmik tartibni insonga bog‘lab qo‘ydi. Biroq inson o‘zining irodasini, erkini Xudo irodasiga, erkiga qarama-qarshi qilib qo‘yganligi uchun uni abadiy gunohkorlikka mahkum etgan. Cho‘qintirish yo‘li bilan Xudo odamlarga najot yo‘lini ochib bergan. Odam Ato va Momo Havo qilgan ish shunday gunohi azim ediki, odamlar qiladigan har qanday qurbonlik Xudoni qanoatlantira olmaydi. Shuning uchun Xudo odamlarga rahm qilib, o‘z o‘g‘li Isoni o‘limga mahkum etgan. Bu qurbonlik Xudoni Isoga ergashganlar bilan yarashtirgan va ularga cho‘qintirish marosimi orqali najot yo‘lini ochib bergan. Faqat xristian cherkovi bag‘ridagina odamlar Xudoning marhamatiga, uning himoyasida bo‘lishlariga umid bog‘lashlari mumkin. Iso o‘gitlariga, vasiyatlariga amal qilish, hayot mashaqqatlariga Iso kabi bardosh berish, buning evaziga narigi dunyoda ajr (mukofat)ga erishajaklikning muqarrarligiga ishonish. Jannat va do‘zohning mavjudligi va jonning o‘lmasligi kabilar xristianlik diniy ta’limotining mohiyatini tashkil etadi16.
Shunday qilib Xristianlik diniy ta’limotining bosh g‘oyasi yakkaxudolik, gunohga botish va undan xalos bo‘lish aqidalaridir. Odamlar xudo oldida gunohkor, yahudiymi yo yunon, rimlikmi yo varvar, qulmi yo erkin fuqaro, boymi yo kambag‘al – barchasi «xudoning bandasi», barchasi gunohga botgan. Bandasi o‘z gunohini xudoga, buyuk xaloskori (Iso) ga chuqur e’tiqod qilish orqali yuvadi. Iso Masix butun odamzotning gunohini yuvish uchun qancha azoblar chekib, bandalariga o‘rnak bo‘lsin deb o‘zini qurbon etadi. Muqaddas uchlik – Ota – Xudo, O‘g‘il-xudo (Iso) va Muqaddas ruhga ishongan, tavba qilgan, oxiratdagi yaxshi hayotga umid bog‘lagan taqvodor kim bo‘lishidan qat’i nazar to‘g‘ri jannatga borishi mumkin. Aksincha, betavfiq gunohkor va ta’magir do‘zoh olovida qovuriladi. Xristianlikning Muqaddas uchligi va Isoning dunyoviy odamlikdan xudo darajasiga ko‘tarilishi uni iudaizm va Islomdan farqlaydigan asosiy aqidalaridir17.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə