Dinshunoslik



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə28/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
Dinshunoslik maruza

Iegova shohidlari – xristianlikning protestant yo‘nalishidagi diniy tashkilot a’zolari. 1931 yildan unga “Iegova shohidlari tashkiloti” degan rasmiy nom berilgan. Tashkilotga Bruklin markazi rahbarlik qiladi.
Shu tariqa, turli din va mazhablarga e’tiqod qiluvchi, turli millatga mansub aholi O‘zbekistonda birgalikda yashab, Vatan ozodligi, taraqqiyoti va obodligi uchun ijod va yaratuvchi mehnat bilan bandlar. Ular orasida chuqur nizolarga olib kelishi mumkin bo‘lgan tortishuvlar, tarafkashlik hollarini ko‘rmaymiz. Aksincha, turli din arboblarining o‘zaro muloqoti, uchrashuvlari, hammasi uchun umumiy bo‘lgan masalalarni muhokama etishda ishtirok etish dinlararo hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu, bir jihatdan, davlatimizning odilona, tinchliksevar siyosatining natijasi bo‘lsa, ikkinchi tarafdan, xalqimizning olijanobligi, tabiatan bag‘rikeng tufayli yuzaga kelgan ijobiy hodisadir.
O‘zbekiston ko‘pmillatli, ko‘p konfessiyani davlatdir. Xozirgi kunda O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashaydi. Ular turli dinlarga e’tiqod qiladilar. Shuning uchun diniy bag‘rikenglik mamlakatimizda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Respublikamizda 16 diniy konfessiya birlashmalari o‘zaro totuvlikda faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular orasida Islomdan so‘ng, ikkinchi o‘rinni xristianlarning pravoslavie oqimi egallaydi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi va unga asoslanib ishlab chiqilgan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida (yangi taxrirda) qonun» ga asosan respublikamizdagi barcha diniy uyushmalar erkin, oshkora, teng huquqli asosda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bu xuquq va erkinliklar qonun bo‘yicha kafolatlangan. Bu qonunlarga binoan biror konfessiyaga imtiyoz berilmagan. Qonunlar doirasidagi faoliyatlari cheklanmagan.
Respublikamizdagi barcha konfessiyalar totuv, hamkor, hamjihat yashash, davlat va siyosat masalalariga aralashmasdan, hokimiyat talashmasdan, o‘z funksiyalarini xotirjam bajarayotirlar. Davlatimiz bilan ular orasida hech qanday ziddiyat va tushunmovchilik muammolari yo‘q. Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini yurtimizda to‘la amalga oshirilayotganligiga quyidagilar misol bo‘la oladi. 1995 yilda musulmon va xristian ilohiyotchilari ishtirokida «Bir samo ostida» xalqaro xristian-musulmon konferensiyasi; 1998 yildan faoliyat ko‘rsata boshlagan Toshkent Pravoslav diniy seminariya va Samarqand Protestant seminariyalarini keltirish mumkin. Shuningdek, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasining 125 yilligi hamda Yevangel-Lyuteran jamoasining 100 yilligi nishonlandi.
Xulosa shuki Respublikamizdagi barcha konfessiyalar orasida totuvlik, hamjihatlik mavjud bo‘lib, xalqimizni tarbiyalashga, tinchlik va havfsizlikni saqlashga salmoqli xissa qo‘shmoqdalar.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə