Dinshunoslik


Xristianlikdagi oqim va yo‘nalishlar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə26/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
Dinshunoslik maruza

Xristianlikdagi oqim va yo‘nalishlar.
Tarixdan ma’lumki milodiy 395 yilda qudratli Rim imperiyasi parchalanib – G‘arbiy (Rim) va Sharqiy (Vizantiya) qismlarga bo‘linib ketdi. 476 yilga kelib esa G‘arbiy Rim saltanati butunlay quladi. Natijada Rim cherkovi va uning boshlig‘ining nufuzi mislsiz oshib ketdi. Cherkov boshlig‘i Rim papasi deb atalib, cheksiz xuquqqa ega bo‘ldi.
Sharqiy Vizantiyada esa imperatorlik hokimiyati kuchli bo‘lganligi sababli cherkov xokimiyatga bo‘ysundirilgandi. 1054 yilga kelib Rim va Konstantinapol cherkovlari o‘rtasida diniy ta’limotlarni talqin etish, yangi vujudga kelgan cherkovlarni nazorat qilish, daromadlarni taqsimlash yuzasidan kelib chiqqan ixtilof keskinlashdi. Oqibatda Rim papasi Lev IX va Konstantinopol cherkov boshlig‘i Kirudariy bir-birlarini la’natladilar. Xristianlik ana shu sanadan boshlab ikkiga ajralib ketdi. Ulardan biri Rim papasiga bo‘ysunuvchi katolik (butun dunyo) cherkovi, ikkinchisi esa Konstantinopol patriarxiga bo‘ysunuvchi Pravoslavie (chin e’tiqod) cherkovi degan nom oldi. Buni qisqa qilib Xristianlik G‘arbiy va Sharqiy cherkovlarga ajralib ketdi deb izohlasa bo‘ladi.
Katolik – yunoncha so‘z bo‘lib, ma’nosi «umumjahon», «umumiy», «asosiy» demakdir.
Katolik cherkovi qat’iy markazlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Uning yagona jahon markazi – Vatikan davlatida joylashgan. Mazkur cherkovning bosh ruhoniysi, yepiskopi, birdan bir boshlig‘i – Rim papasi sanaladi.
Rim papasiga Isoning yerdagi noibi, u din va axloq masalalarida mutloq gunohsiz, uning hokimiyati jahon soborlari hokimiyatidan ham yuqori turadi deb qaraladi.
Katolik cherkovini papa va uning joylardagi kardinal (o‘rinbosar) lari boshqaradilar. Kardinallar yig‘ilishi Rim papasini saylaydilar.
Katoliylik, xristian dinining asosiy aqida va marosimlarini e’tirof etadi. Jannat va do‘zox bilan birga oxirzamonda hisob-kitob mashxar kunini bor deb hisoblaydi. Muqaddas Ruh faqat Ota-Xudodan emas, balki O‘g‘il-Xudodan ham kelib chiqqan deb qaraydi. Ruhoniylarga uylanish – nikohni ta’qiqlaydi. Injilni faqat ruhoniylar sharhlashi mumkin deb hisoblaydi. Ruhoniylar odamlar bilan xudo o‘rtasida vositachi deb qaraladi.
Katoliylik marosimiga ko‘ra chaqaloqni cho‘qintirayotganda suvga botirib olmaydilar, balki uning ustidan suv quyadilar. Cho‘qintirilgandan so‘ng suritiladigan xushbo‘y moy go‘daklikda emas, keyinchalik balog‘at yoshida suritilishi tayin etilgan. Diniy ibodat asosan lotin tilida olib borilishi, bu oqimga xos xususiyat sanaladi.
Katolik cherkovi bid’atga va Papa hokimiyati dushmanlariga qarshi kurashish uchun XIII asrdan Inkvizatsiya (cherkov sudi, jazolash tashkiloti) ni tashkil qilgan. U yuz yillar mobaynida katolik mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatgan. Sud qilinuvchilarga nisbatan o‘ta shafqatsiz qiynoq usullari qo‘llanilgan. Aybdorlarga nisbatan jamoa oldida aytganlaridan voz kechish, jarima solish, qamash, tiriklayin o‘tda kuydirish kabi jazo choralari qo‘llanilgan. Buning misoli tariqasida fan namoyondalari Nikolay Kopernik, Galileo Galiley, Jardano Bruno, fransuz xalqining milliy qahramoni Janna D’Ark va boshqalarning boshlariga solingan kulfat, qiynoq, dorga osish va tiriklayin o‘tda kuydirish kabi jazo choralarini qo‘llanilganligini eslash kifoya.
Cherkov statistikasiga ko‘ra, xozir Yer yuzida katoliklar 900 milliondan ortiq. Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Belgiya, Avstraliya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida katoliylik hukmron diniy tashkilot sanaladi. Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Boltiq bo‘yi mamlakatlari va Kubada aholining ko‘pchiligi katoliylikka e’tiqod qiladilar.
Provaslavie – ma’nosi chin e’tiqod demakdir. Provaslavie – oqimining katoliylikdan farqlaridan biri shuki, bu oqimda yagona diniy markaz, cherkovlarning yagona rahbari yo‘qligidir. Xozirgi vaqtda pravoslavieda 15 ta avtokafel (mustaqil) cherkov mavjud. Bular – Konstantinopol, Aleksandriya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Alban, Polyak, Chexiya, Amerika va boshqa cherkovlardir.
Yuqorida qayd etilganidek Pravoslavie 1054 yilda Xristianlikning Sharqiy Rim imperiyasi o‘rnida rasmiylashgan va uning davlat dini bo‘lgan.
Pravoslavie – olamning yaratuvchisi va boshqaruvchisi muqaddas uchlikdan iborat yagona Xudo ekanligi, narigi dunyo, ajr to‘g‘risidagi, dastlabki gunoh tufayli azob-uqubatlarga duchor qilingan insoniyat najot topishga imkon beruvchi Iso Masihning xaloskorlik faoliyati (missiyasi) haqidagi aqidalarni tan oladi. Bu oqimda 7 sirli marosim asosiy o‘rinni egallaydi. Bular cho‘qintirish, non va vino tortish, ruhoniylik unvonini berish, tavba-tazarru, miro surtish, muqaddas zaytun moyi surtish, nikoh marosimlaridir.
Provaslaviening katoliylikdan farqlari shundaki, muqaddas ruh faqat Ota – Xudodan kelib chiqqanligi, cherkov boshliqlari emas, balki cherkovning o‘zi gunohsizligi va aqidalarning o‘zgarmasligi e’tirof etiladi. Ruhoniylarning uylanishlari va nikohdan o‘tishlari majburiy qilib belgilangan. Provaslavieda bayramlar nihoyatda ko‘p bo‘lib, ular – ulug‘, o‘rta va kichik bayramlarga bo‘linadi. Jumladan, Pasxa bayrami Xochga tortilgan Isoning mo‘jizaviy qayta tirilishi xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, bahorgi tengkunliklarda nishonlanadi.
Rajdestvo Xristovo – Iso Masixning tug‘ilish bayrami, katoliylikda har yili 25 dekabrda, Pravoslavieda 7-yanvarda nishonlanadi va boshqalar.
Xristianlikdagi uchinchi oqim – Protestanizm bo‘lib, norozilik bildruvchi, kelishmaslik degan ma’noni bildiradi.
1526 yilda Shpeyer reyxstagi nemis lyuteranchi knyazlari talabi bilan har bir nemis knyazi o‘zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ammo, 1529 yilda 2 –Shpeyer reyxetagi bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi Germaniyaning bir qancha shaharlari va 5 knyazi norozilik – protest bildirdi. «Protestanizm» atamasi shu so‘zdan kelib chiqqan. Uning cherkovi esa protestanizm cherkovi deb yuritiladi.
Protestanizm ham xudoning borligini, uning uch qiyofada namoyon bo‘liishini, jonning o‘lmasligi, jannat va do‘zoh haqidagi umumxristian ta’limotini e’tirof etadi. Shu bilan birga protestanizm 3 ta yangi qoidani joriy etdi:

  1. Shaxsiy e’tiqod bilan najot topish mumkinligi;

  2. Dinga ishonuvchi barcha kishilarning ruhoniy bo‘lishi mumkinligi;

  3. Injilning oliy nufuzi.

Protestanizm katolik cherkovi gunohdan holi, Rim papasi birlamchi, degan ta’limotlarni rad etadi.
Xristianlikning bu oqimida insonning xudoga va cherkovga munosabati soddalashtirilgan. But va sanamlarga sig‘inish yo‘k. Monaxlik va ruhoniylarning uylanmasligi qoralanadi.
Protestanizm sirli marosimlarning ko‘pchiligini bekor qildi, faqat cho‘qintirish hamda non va vino tortish marosimini qoldirdi.
Protestantlar soni xozirgi davrda butun dunyoda 250 milliondan ortiq. Bu oqim Skandinaviya mamlakatlari, Germaniya, Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zellandiya, AQSh va boshqa mamlakatlarda keng tarqalagan.
Protestanizmdagi asosiy oqimlarga – babtizm, staroverlar, duxoborlar, molokonlar, mormonlar, adventistlar, Iegova shoxidlari va boshqalar kiradi.
Baptizm – yunoncha so‘z bo‘lib, «suv bilan cho‘qintirish» degan ma’noni bildiradi. Bu ta’limot bo‘yicha bolalar yoshligida emas, balki voyaga yetganda, dinga nisbatan ongli bo‘lgandagina cho‘qintirilishi lozimligi uqdiriladi. Xristianlikda muqaddas hisoblanadigan avliyolar, monaxlik, ikona, but va boshqalar rad etiladi.
Baptizm ruxoniylarning dindorlar bilan insonlar o‘rtasidagi vositachiligini rad etadi. Insonning yashashdan maqsadi, o‘zini narigi dunyoga tayyorlashdir deyiladi. Baptitstlar har hil yig‘inlarlarga, teatrlarga, xursandchilik maskanlariga bormaydilar. Begonalarga qarshi qurol ko‘tarmaydilar. Hatto armiyaga berganlarida ham qurolga qo‘l tegizmaydilar, boshqa ishlar bilan shug‘ullanadilar. Kamdan-kam xursand bo‘lib yuradilar, ko‘pincha xomush yuradilar. O‘z yaqinlari va dushmanlarini ham birdek sevishlari, hammani kechirishlari, yomonlikka qarshilik ko‘rsatmasliklari muttasil tashviqot qilinadi. Jahonda baptistlar soni 35 milliondan ortiq. 1905 yilda jahon baptistlar ittifoqi tuzilgan, uning markazi AQShda. O‘zbekistonda baptistlarning ro‘yhatga olingan 14 jamoasi mavjud.
Duxoborlar – ruhga e’tiqod qiluvchi xristianlar, ruh uchun kurashuvchilar – eski rus sektantchiligi yo‘nalishlaridan biri. Ular ruxoniylarni, monaxlikni, butxonalarni, provaslav qoida va marosimlarini, xoch va ikonalarga topinishni rad etganlar. Iso Masih oddiy inson, xudoning o‘g‘li emas, ammo unda ilohiy aql mujassam bo‘lgan deyiladi.
Adventistlar – lotincha so‘z bo‘lib, voqe bo‘lish ma’nosini bildiradi. Adventistlar jonning o‘lmasligini inkor etadilar. Jon tana bilan birga o‘ladi va Iso qayta tirilib kelgan kun yana tiriladi. Bu dunyo ana shunga tayyorgarlik ko‘rish uchun berilgan deydilar. Shanba kunini dam olish kuni deb biladilar. O‘z daromadlarining o‘ndan bir qismini cherkovga berish talab etiladi. Adventistlar Iso qayta tirilib kelib oxiratdan avval ming yil hukmronlik qiladi va bu kun yaqin deb ishonishadi.
Staroverlar, staroobryadchestvo (eski udumlar, eski diniy udum, marosim va urf-odatlarga amal qiluvchilar) – Rus pravoslav cherkovining 17-asrning ikkinchi yarmida patriarx Nikon o‘tkazgan cherkov islohotini qabul qilishdan bosh tortgan diniy oqim vakillari.


  1. Yüklə 0,69 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə