Dinshunoslik


Masala bayoni. Islom dinining asosiy manbalari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə34/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Dinshunoslik maruza

Masala bayoni. Islom dinining asosiy manbalari

Qur’on, uning tuzilishi, jamlanishi va ahamiyati.
Mustaqillik tufayli o‘tmish tarixga, xususan ma’naviy merosimiz Islom diniga va diniy kitoblarga munosabat o‘zgarib, ularga insoniyatni yuksak ma’naviylikka yo‘llovchi bebaho boylik sifatida qarash qaror topdi.
Qur’on Alloh tomonidan vahiy qilingan 4-ilohiy kitobdir. Qur’on so‘zining lug‘aviy ma’nosi o‘qimoq, qiroat qilmoq demakdir. U musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Qur’onda o‘zidan oldin nozil bo‘lgan sahifalar, Tavrot, Zabur, Injil kabi barcha ilohiy kitoblarning ma’no, hikmat va ahkomlarini o‘zida jamlanganiga ishorat bor.
Ilmi ulamolari Qur’onni quyidagicha tariflaydilar: «Qur’on – Alloh taoloning Muhammad (sav) ga vahiy orqali nozil qilgan… ibodatda o‘qiladigan, ojiz qoldiruvchi kalomidir»23.
Qur’on Allohning yer yuzidagi butun bashariyatga yuborgan oxirgi diniy shar’iy ko‘rsatmalar to‘plamidir. Uning har bir kalomi so‘zma-so‘z nozil etilgan va Jabroil alayxissalom orqali Muhammad alayxissalomga yetkazilgan.
Qur’onning nozil qilinishi muqaddas ramazon oyining 27-kuni kechasi boshlangan. Shu sababli bu oy muqaddas hisoblanib, ro‘za tutilgan kunning 27-kechasi «Laylat ul Qadr», ya’ni qudrat kechasi, ilohiy qudrat namoyon bo‘lgan tabarruk kecha deb ulug‘lanadi.
Qur’oni karimning asosiy mavzusi va maqsadi bashariyat tafakkurida ko‘pxudolikka barham berish, yakkaxudolikka targ‘ib qilish va Islom dinini o‘rnatishdir.
Muhammad (sav) 40 yoshga yetganlarida Makka atrofidagi tog‘lardan biridagi Hiro nomli g‘orda Qur’onning birinchi oyatlari nozil bo‘la boshlagan. Bu jarayon Makkada o‘n uch yil, Madinada o‘n yil, hammasi bo‘lib yigirma uch yil davom etgan. Muhammad (sav) ning amrlariga muvofiq Qur’on har xil xajmdagi 30 pora (bo‘lak, qism); 114 suraga bo‘lindi. U 6236 oyatdan iborat. Qur’onning oxirgi oyati payg‘ambar vafotlaridan 18 kun avval nozil bo‘ldi. Qur’on har bir surasining o‘z nomi bor. Ba’zi suralarning nomi suraning avvalidagi so‘zdan olingan. Ba’zilariniki esa, o‘sha surada zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomiga qo‘yilgan.
«Sura» so‘zi lug‘atda qo‘rg‘on, manzil va sharaf ma’nolarini anglatadi. Ulamolar esa, sura – Qur’on oyatlarining boshlanishi va tugashi belgilangan mustaqil toifasi ekanligini ta’kidlaydilar. Boshqacha aytganda, Qur’on oyatlarining qo‘rg‘on ila o‘ralgandek, bir toifasiga sura deyiladi. Qur’oni karimdagi eng qisqa sura Kavsar surasi bo‘lib, uch oyatdan, eng uzun sura Baqara surasi bo‘lib, 286 oyatdan iboratdir24.
Qur’on suralari ikki qismga bo‘linadi: 1. Hijratdan avval tushgan suralar – «Maka suralari» deyiladi. 2. Hijratdan keyin tushgan suralar – «Madina suralari» deyiladi. 86 sura 4780 oyat Makkada 610-622 yillarda, 28 sura 1456 oyat Madinada 622-632 yillarda nozil bo‘lgan25.
Muhammad (sav) Qur’on oyatlarini farishta Jabroildan eshitib, yod olar edilar. Keyin boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olishardi. Shu bilan birga yozishni biladigan sahobalar, shu jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b va boshqlar xurmoning po‘stlog‘iga, yapaloq toshlarga, katta suyaklarga, teriga, qog‘ozga va shunga o‘xshash narsalarga Qur’onni yozib borganlar.
Muhammad (sav) ularga yangi tushgan oyat qaysi suradan ekanini va qaerda turishi lozimligini ko‘rsatib berganlar.
Payg‘ambar hayotlik vaqtlarida, yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qur’onni jamlab kitob shakliga keltirmagan.
Muhammad (sav) dan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr boshliq (xalifa) qilib saylandi. Bu davrda dindan qaytganlar bilan musulmonlar orasida qattiq janglar bo‘ldi. O‘sha janglarda Qur’onni to‘liq yod olgan ko‘plab qorilar shahid bo‘ldilar.
Shunda Umar Abu Bakrga qorilar o‘lib ketaversa, Qur’onga zarar yetishi mumkin, shuning uchun uni kitob shakliga keltirib jamlab qo‘yish kerak, degan maslahatni berdi.
Abu Bakr bu ishni bajarishni payg‘ambarning eng yaqin sahobalaridan biri bo‘lmish Zayd ibn Sobitga topshirdi. Bir yildan ortiq vaqtda mashaqqatli mehnat natijasida Qur’on jamlanib kiyik terisiga uning sahifalari yozib tugatildi. Jamlanib kitob xoliga keltirilgan Qur’on sahifalari Abu Bakrning uyida saqlandi. U kishi vafotidan so‘ng esa qizlari va payg‘ambarning xotinlari Hafsa xuzurida qoldi.
Vaqt o‘tishi bilan Islom davlatining chegarasi kengayib, ko‘plab xalqlar ham musulmonlikni qabul qilib, musulmonlarning soni ko‘paygandan so‘ng Qur’onni o‘qishda turlicha kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bu xolatni ko‘rgan xalifa Usmon Xafsadan Abu Bakr davridagi sahifalarni so‘rab olib, undan olti nus’ha ko‘chirishga buyruq berdi.
Nus’halar tayyor bo‘lgandan so‘ng xalifalikning markaziy shaharlari Makka, Shom, Kufa, Basraga bittadan nus’haga Qur’on tilovatini yaxshi biladigan bittadan qori qo‘shib jo‘natdi. Hammaga faqat shu nus’hadan Qur’onni ko‘chirish va shu qoridan qiroat o‘rganishga buyruq berdi. Halifa ko‘chirilgan sahifalardan yana birini odamlarga qiroat ta’limi berishni Zayd ibn Sobitga topshirib Madinada qoldirdi. Usmon o‘ziga ko‘chirilgan nus’hadan bir dona qoldirdi. Keyinchalik nus’ha ko‘chirish yo‘lga qo‘yilishi bilan ko‘chirilgan har bir nus’haning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida, bu nus’ha Mus’habi Usmonga muvofiqdir, deb yozib qo‘yiladigan bo‘ldi. Shu tariqa Qur’onning xarflarini yozish uslubi bir xilligi saqlab qolindi.
Shunday qilib Qur’on tarixan uch marotaba jam qilingan. Birinchi marotaba Payg‘ambar zamonida; ikkinchi marotaba xalifa Abu Bakr davrida va nihoyat uchinchi marotaba xalifa Usmon vaqtida jamlangan.
Qur’on tilovati vaqtida xalifa Usmon dushmanlari tomonidan o‘ldririldi. Shahid qilingan qoni Qur’oni karimga to‘kilgan.
Ana shu Qur’onni Amir Temur Basradan Samarqandga keltirilgan. 1869 yilda Turkiston general-gubernatori fon Kaufman buyrug‘i bilan Petrburgga olib ketildi.
1917 yildagi davlat to‘ntarilishidan keyin Peterburgda tuzilgan Islom sho‘rosi tashkilotining talabi bilan Qur’on Rossiya musulmonlariga qaytarib berildi va Ufa diniy nazorati qarorgohida 1924-yilgacha saqlandi. Shundan so‘ng Turkistondagi tarixiy muzeylar va qadimiy ososri atiqalar ishi bo‘yicha tuzilgan qo‘mitaning talabnomasi va Rossiya hukumatining qaroriga asosan Usmon Qur’oni 1924 yil 18-avgustda Toshkentga olib kelindi. Xozir esa Movoraunnahr musulmonlar idorasida saqlanmoqda.
Qur’on jumlalalriga biron-bir o‘zgartirish, bironta harfini, hatto harflar belgisini – zeb-zabarini ham o‘zgartirish mumkin emas, qat’iyan taqiqlangan.
Qur’on Islom dinining asosiy hujjati. Islom diniga oid barcha hukmlarning asosiy va birinchi manbaidir. U musulmonlarning diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotida yagona qo‘llanma, doimiy yo‘lboshchisi bo‘lib xizmat qilib keldi. Musulmon xuquqshunos (fiqhshunos)lari biror narsaning shariatdagi hukmini bilmoqchi bo‘lsalar, albatta, oldin Qur’onga murojaat qiladilar. O‘sha o‘zlari izlayotgan hukm haqida Qur’onda biror hukm bo‘lsa, uni darhol qabul qiladilar. O‘sha narsa Qur’onda bo‘lmagan taqdirdagina sunnat (xadis), ijmo’, qiyosga murojat qilishga o‘tadilar.
Qur’on ta’limotining markaziy g‘oyasi yakkayu yagona Alloh to‘g‘risidagi ta’limotdir. Unda iymon, Allohga ishonch, olamning yaratilishi, farishtalar, payg‘ambarlar, oxirat-qiyomat, qayta tirilish, qazoi qadar, Islomning asoslari va boshqa diniy ko‘rsatmalar belgilab berilgan. Qur’ondagi axloqiy, xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy me’yorlar Islom dinining qonunlar majmuasi – shariatga asos qilib olingan.
Qur’on musulmon xalqlar hayotida va tarixida asosiy o‘rin tutgan kitobdir. Bu kitob mazkur xalqlarning ilm-ma’rifat, adabiyot, turmush tarzi, qonun-qoidalari, urf-odatlari, dunyoqarashlari va boshqa narsalarda o‘zining salmoqli izini qoldirganligi bilan ham ahamiyatlidir. Mustaqillik yillari Qur’oni karimni mazmuni o‘zbek tiliga tarjima qilinib chop etildi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə