Dinshunoslik



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə42/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
Dinshunoslik maruza

2.Masala bayoni Kalom ilmi. Musulmonlar islom ta’limotini Muhammad payg‘ambar (a.s.)dan o‘rganganlar. Vaqt o‘tishi bilan islom ta’limotini faqat shu dinni yaxshi bilgan olimlar tushuntira boshladilar. Bu ta’limotni tushuntiruvchi fan paydo bo‘ldi. Mazkur fan turli davrlarda o‘ziga xos «al-fiqh al-akbar», «tavhid», «aqida», «kalom», «usul ad-din» kabi nomlar bilan ataldi. Uning nomlari turlicha bo‘lsada, bir mavzuni, ya’ni aqidani o‘rganishga qaratilgan.
«Al-Fiqh al-akbar» atamasini birinchi bo‘lib imom Abu Hanifa ishlatgan va shu nom bilan risola yozgan. Fiqh so‘zi biror narsani o‘ta yaxshi, har tomonlama tushunib, fahmlash ma’nosini bildiradi. Shuningdek, namoz, ro‘za, haj, nikoh va boshqa amaliy hukmlarni o‘rganuvchi ilmga ham fiqh deyiladi. Aqidaviy masalalarni o‘rganuvchi ilmni esa, «Al-Fiqh al-akbar», ya’ni «katta fiqh», amaliy fiqh esa, kichik fiqh hisoblanadi.
«Kalom ilmi» aqida ilmining eng mashhur nomlaridan biri hisoblanadi. «Aqida» bir narsani ikkinchisiga «mahkam bog‘lash» ma’nosini bildiradi. Islom aqidasi musulmon insonni muayyan tushunchalar bilan mustahkam bog‘lab turadigan e’tiqodlar yig‘indisi. Ya’ni, biror narsaga e’tiqod qilish uchun uni hech qanday shubha qoldirmaydigan darajada juda yaxshi bilishdir. Ma’lum bir fikr insonning fikriga aylanib, his-tuyg‘ularini yo‘llaydigan va harakatlarini boshqaradigan holga yetganda, aqidaga aylangan bo‘ladi.
Dindagi ayrim shar’iy hukmlar o‘zgarishi mumkin. Ammo sof e’tiqod o‘zgarmaydi, hukmi ham o‘chmaydi. Chunonchi Allohning yagonaligi, farishtalar, jannat va do‘zaxga imon keltirish kabi e’tiqodga oid qarashlar o‘zgarmaydi.
«Kalom» so‘zi arabcha bo‘lib, lug‘atda gap, suhbat, til, so‘zlashuv, nutq, bayon ma’nolarini anglatadi. Istilohiy ma’noda esa, musulmonning e’tiqodi, aqidasi, dunyoqarashini ko‘rsatib beruvchi ta’limotga aytiladi. Boshqacha aytganda balog‘atga yetgan musulmon kishining e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog‘lab olib undan ajralishi mumkin bo‘lmagan sharoiy e’tiqodiy hukmlardir.
Islom ta’limotiga ko‘ra insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog‘liq. Agar musulmonning aqidasi pok bo‘lsa, yo‘li to‘g‘ri bo‘ladi, qilgan barcha amallari qabul bo‘ladi va bandalik bilan sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Biroq kishi aqidasi sof bo‘lmasa, buzuq bo‘lsa, yo‘li noto‘g‘ri bo‘ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo‘ladi deb hisoblanadi.
Aqida masalasi o‘ta muhim bo‘lganidan eng birinchi payg‘ambardan boshlab, oxirgi Muhammad payg‘ambar (a.s.)gacha bu masalani Allohning o‘zi ko‘rsatib bergan. Shuning uchun aqidaviy qarashlarning asosi Qur’onda berilgan va hadislardagi ko‘rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan.
Sahobalar tiriklik paytidayoq aqidaviy qarama-qarshilik paydo bo‘lgan. Islomda aqidaviy ixtiloflar to‘rtinchi xalifa sahoba Alining qo‘shinidagi askarlari ichidan ajrab chiqqan, aqiyda masalasida bir necha shubhali savollar chiqargan xorijiylar toifasi bilan Ali va u kishining yaqin safdoshlari orasida bo‘lib o‘tdi.
Sahobalar davri tugab tobeinlar vaqtida vaziyat yanada o‘zgardi. Chunki bu davrga kelib din ilmlarini, ayniqsa aqidani biluvchi kishilar kamaydi va ular alohida shaxs sifatida ajralib chiqdilar. Bu davrda sof aqidaviy qarashlarga qarshi turli g‘oyalarni ilgari surgan firqa va toifalarning tarqalishi kengayb ketgan edi. Ular o‘zlarining buzuq, islomga oid bo‘lmagan fikr va qarashlarini, e’tiqodlarini tarqatib, islomning aqidasini buzishga harakat qilganlar. Shuningdek, fath etilgan yerlardagi xalqlarning eski qarashlari, falsafalari, dinlari haqidagi o‘z tushuncha va tafakkurlari mavjud bo‘lgan. Shuning sababidan ular islom ta’limotini tushunib olishlari qiyin kechgan. Qur’on oyatlari va hadislarni o‘zlarining eski qarashlari asosida tushunishlari ham bo‘lgan.
Bunga bir necha sabablar bor: fath ishlari sababli islom yerlari kengaydi. Islom dushmanlari esa, islom nomidan turli g‘oyalarni tarqatishga uringanlar; fath etilgan yerlardagi aholi o‘zining eski dinlari aqidasiga mos tarzda oyat va hadislarni tushunishi natijasida turli g‘oyalar yuzaga keldi va boshqa sabablar orqali musulmonlar orasida noto‘g‘ri, islomga mos bo‘lmagan qarashlar paydo bo‘ldi.
Islom ta’limotini buzib talqin qilish natijasida ularga raddiya sifatida olimlar kalom, ya’ni aqida ilmiga asos qo‘ydilar. Bu musulmonlar uchun zarur sohaga aylandi. Har bir musulmon kishi buni bilishi shart bo‘lgan majburiy ilmga aylandi. Chunonchi Saoduddin Taftazoniy «Maqosid at-tolibin» asarida: «Kalom ilmi diniy aqoid usullarini ishonchli dalillar asosida anglashni o‘rgatadigan ilmdir. U bilan shar’iy, nazariy, aqidaviy masalalar hal qilinadi. Uning natijasi imonga komil ishonch bilan ziynat berish, foydasi esa bu dunyoda intizomli hayot kechirish va oxiratda azob-uqubatdan xalos bo‘lishdir. Shunday ekan kalom ilmi eng sharafli ilmdir».
Abu Homid G‘azzoliy o‘zining «Ihyo ulum ad-din» nomli asarida: «...Chuqur bilimga ega bo‘lmagan oddiy musulmonlarning diniy e’tiqodlarini turli bid’at va noto‘g‘ri g‘oyalardan qo‘riqlash uchun kalom ilmini o‘rganish vojibdir», degan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, aqoid yoki kalom ilmining vazifasi: a) diniy e’tiqodlarni qatoiy dalillar bilan isbotlash va ular haqidagi shubha hamda gumonlarni rad qilish; b) insonni aqidada oddiy taqlidchi bo‘lishdan har bir e’tiqodga hujjat keltira olish darajasiga ko‘tarish; v) islomning sof e’tiqodlarini adashgan zalolat ahlining shubha va gumonlaridan himoya qilish.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə