Dinshunoslik


Tasavvuf ta’limoti va fiqh ilm



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə44/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Dinshunoslik maruza

Tasavvuf ta’limoti va fiqh ilm.

Tasavvuf, sufiy yoki mutasavvif so‘zlarining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Bu so‘zning «suf» (jun chopon) so‘zidan kelib chiqqanligi haqidagi o‘rta asr musulmon olimlari ta’kidlagan fikr umumqabul qilingan fikr hisoblanadi. Chunki sufiylarning asosiy belgilari ularning dag‘al jundan kiyim kiyishlari edi.
Tasavvufga asos bo‘lgan tarkidunyochilik kayfiyati deyarli islom bilan bir davrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg‘ambarning Abu-d-Dardo, Abu Zarr, Huzayfa (vafotlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi mistik-asketik oqimning shakllanishi VIII asrning o‘rtalari – IX asrning boshlariga tegishli. Bu davrda sufiylar qatoriga muhaddislar, qorilar, Vizantiya bilan chegara urushlarida qatnashgan jangchilar, kosiblar, tijoratchilar, jumladan, islomni qabul qilgan xristianlar kirganlar. Bu davrda sufiy yoki at-tasavvuf terminlari hali keng tarqalmagan edi: uning o‘rniga zuhd (tarkidunyochilik) yoki zohid, obid so‘zlari ishlatilar edi. Islomdagi bu mistik-asketik oqimning paydo bo‘lishi va taraqqiy etishiga musulmon jamiyatidagi ilk ikki asr davomidagi siyosiy-ijtimoiy beqarorlik, diniy hayotning murakkabligi, uning natijasida kelib chiqqan ma’naviy-g‘oyaviy izlanishlar va boshqa dinlarning, xususan, xristianlikning ta’sirini ko‘rsatish mumkin.
Ilk davr sufiylari, aniqrog‘i, zohid va obidlariga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat edi: Qur’oni karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur’on va Payg‘ambar sunnatlariga qat’iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor o‘tkazish, kunduzlari ro‘za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan saqlanish, hokim va harbiylardan o‘zini yiroq tutish, halol va harom orasini juda uzoq tutish (vara’), o‘zini Alloh ixtiyoriga topshirish (tavakkul) va h.k.
Sufiylik ta’limoti mu’taziliylardagi mavhum ilohiyotga oid fikrlar, obro‘li shaxslarga ko‘r-ko‘rona taqlid qilish, muqaddas matnlarga so‘zma-so‘z itoat etishdan farqli o‘laroq, insonga asosiy ob’ekt sifatida qaraydi: inson amallarini boshqaradigan ruhiyatning mayda qirralarini ham chuqur tahlil qilish, shaxsiy kechinmalarga e’tibor bilan qarash va diniy haqiqatlarni chuqur his qilish ularga xos xususiyatlardan edi. Shu bois ham ziyrak ruhshunos, ilm al-qulub va-l-xavotir (qalblar va fikrlar ilmi)ga asos solgan al-Hasan al-Basriy (vaf. 728 y.) sufiylikning asoschilaridan hisoblanadi.
Al-Hasan al-Basriyning as’hoblari, basralik zohidlar – Raboh ibn Amr, Rabi’a al-Adaviya (vaf. 752-53 y.), Molik ibn Dinor (131/748-49), Shaqiq al-Balxiy (vaf. 770 y.) va Fuzayl ibn Iyod (vaf. 778 y.), Sulaymon ad-Doroniylarning (VIII­IX asrlar) va’z va ma’ruzalarida Allohga bo‘lgan sof muhabbat, unga yaqinlashishga bo‘lgan intilish haqidagi fikrlar paydo bo‘ldi. O‘sha davrdan boshlab ular sufiylikka aniq mistik xarakter bag‘ishladilar va bu ta’limotlar sufiylik mafkurasining o‘ziga xos xususiyatiga aylandi.
IX asr davomida tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg‘in harakatlar davom etdi. Basra bilan bir qatorda Bag‘dod va Xuroson sufiylik maktablari ham eng nufuzli maktablar sirasiga kirdi. Ularning namoyandalari avvalgidek sufiyning ichki dunyosiga asosiy e’tiborni qaratar edilar. Ularning ahvol, maqomotlariga batafsil tavsiflar berdilar. Boshqa mistik ta’limotlar kabi sufiylikka «dunyo gunohkorligidan» poklanib, ilohiyotga yaqinlashishga olib boradigan yo‘l (tariq) sifatida qaradilar. O‘z-o‘zini nazorat (muroqaba, muhosaba) qilishga erishish uchun ibodatning «ixlos» va «sadoqat» bilan bo‘lishiga asosiy urg‘u beriladi.
Tasavvufda Allohga yetishish (vasl) unga qo‘shilib ketish (baqo) bilan bo‘lishi mumkin, degan fikr ilgari surildi. Bu masala keng omma orasida tushunarli bo‘lmaganligi va mazkur g‘oya tarafdorlari al-Husayn ibn Mansur al-Halloj (qatli 922 y.), Ibn Ato, Ayn al-Qudot al-Hamadoniy kabilarning qatl etilishi boshqa sufiylarni hushyorlikka chaqirdi.
Tasavvufning manbalardagi talqini quyidagi yo‘sinda: bunga ko‘ra, ba’zi musulmonlar kalom va mantiq ilmlaridagi turli ko‘rinishdagi tortishuvlardan, quruq bahslardan o‘z qalblarini saqlab, Alloh taoloning muhabbati yo‘lida zuhd va taqvoni o‘zlariga kasb qilib oldilar. Ularga «sufiy» deb nom berildi. Islom dinida birinchi sufiy nomini olganlardan Abu Hoshim ash-Shomiy (vaf. 776-77 y.), tasavvuf usuliga birinchi marta sharh bergan kishi Imom Molikning shogirdi Zunnun al-Misriy (vaf. 869-70 y.), minbardan turib birinchi marotaba tasavvufga chaqirgan kishi Abu Bakr ash-Shibliy (vaf. 945-46 y.), tasavvuf usulini kengaytirib tartibga solgan kishi Junayd al-Bag‘dodiy (vaf. 1007-08 y.) edilar. Ayollardan birinchi sufiy bo‘lgan kishi Robi’a al-Adaviyadir (vaf. 752-53 y.). Umuman olganda, tasavvufning rivojlanish yo‘li islom tarixining ajralmas bir bo‘lagidir.
Movarounnahrga sufiylik Xuroson orqali kirib keldi. Keyingi davr sufiylarining talqiniga ko‘ra, Movarounnahrda sufiylik oqimi aqoid olimi shayx Abu Ya’qub Yusuf al-Hamadoniy (vaf. 1140-41 y.) shaxsidan boshlanadi. Unga ko‘ra Yusuf al-Hamadoniy maktabi ikki tarmoqqa ajratiladi:

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə