Dinshunoslik



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə41/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75
Dinshunoslik maruza

Ilohiy kitoblarga imon keltirish. Alloh tarafidan payg‘ambarlariga kitoblar tushurilganiga imon keltirish.

Shu bilan birga bu kitoblarga umumy imon keltiriladi. Ammo ularning adadi va ismlari haqida aniq ma’lumot yo‘q. Muhammad payg‘ambarga (a.s.) Qur’on nozil qilinganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitob tushurilgan. Ulardan manbalarda zikr qilib o‘tilganlari quyidagilardir: Ibrohim payg‘ambarga «Sahifalar», keyingisi «Tavrot» bo‘lib, u Muso payg‘ambarga, «Zabur» Dovud payg‘ambarga berilgan. Iso payg‘ambarga esa «Injil», Muhammad payg‘ambarga (a.s.) «Qur’on» nozil qilingan. Shuningdek, biror payg‘ambarga biror kitob nozil qilinsa, u o‘zidan avvalgi shariatni o‘zgartirgan yoki butunlay yangi qarashlarni olib kelgan deb hisoblangan.

  1. Payg‘ambarlarga imon keltirish. Islom dini ta’limotiga ko‘ra Alloh insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlarni yuborgan va bu payg‘ambarlarga imon keltirish vojib hisoblanadi. Ularning barchasiga birdek ishonish shart. Ulardan birini inkor qilish barchasini inkor qilish bilan barobar.

Alloh Odam (a.s.)dan boshlab. Muhammad payg‘ambar (a.s.)gacha bo‘lgan oraliqda payg‘ambarlar yuborgan. Ularning soni, hadis asosida 124 000 nafar deyiladi. Barchasining ismi Qur’onda kelmagan, faqat 25 nafar payg‘ambarning nomi zikr qilingan.
Payg‘ambarlar ikki qismga bo‘linadi: nabiy va rasul.
Nabiy va rasul orasidagi farq:
1. Alloh kimga vahiy yuborib, o‘sha xabarni boshqalarga yetkazishni buyursa, o‘sha odam nabiy va rasuldir. Ammo xabarni boshqalarga yetkazishni tayinlamasa, nabiy hisoblanadi, rasul emas;
2. Rasul yangi shariatni olib keladi. Nabiy esa, yangi shariat bilan kelmaydi. Balki, o‘zi oldingi shariatga amal qiladi va boshqalarni shunga amal qilishga da’vat qiladi;
3. Rasul umumiy bo‘lib, farishtalarga ham, insonga ham ishlatilgan. Umuman olganda payg‘ambarlar ham oddiy ison bo‘lib, ular boshqa insonlarni Allohning ko‘rsatmasiga amal qilishga chaqirish uchun kelganlar. Ular orasida rasullar 313 nafarni tashkil etadi.
Alloh Payg‘ambarlarni oddiy odamlardan tanlagan. Payg‘ambarlar o‘zlarida Allohning buyruq va qaytariqlarini aks ettirib, boshqa odamlarga namuna bo‘lganlar.
Payg‘ambarlarning oddiy kishilardan ajrab turadigan birgina sifatlari ma’siyat qilish, shahvatlarga berilish, muruvvatga zarar yetkazadigan va insonlik qadrini ketkazadigan narsalardan saqlanganliklaridir. Ular mo‘jiza ko‘rsatib, payg‘ambarliklarini tasdiqlaganlar. Payg‘ambarlarning mo‘jizalari turlicha bo‘lgan. Iso payg‘ambar kasal odamni davolagan, Muso payg‘ambar dengizni ikkiga bo‘lgan, Muhammad payg‘ambar (a.s.) suv solingan meshga qo‘llairini tiqqanlaridan keyin o‘sha idishdagi suvdan juda ko‘pchilik ichgani va boshqa mo‘jizalarini misol qilib keltirish mumkin.
Payg‘ambarlarning ko‘rsatgani mo‘jiza bo‘lsa, avliyolarning ko‘rsatgani karomat bo‘ladi.

  1. Oxirat kuniga ishonish ham imonning bir bo‘lagi hisoblanadi. Islom ta’limoti bo‘yicha bu dunyo sinov-imtihon maydoni hisoblanadi. Alloh bu dunyoni bir kun tugatadi va insonlar qilgan ishlariga javob beradilar. Alloh qiyomatda barcha yaratgan narsalarini jonini oladi va qayta tiriltiradi. Insonlar qilgan ishlariga javob beradilar.

Yaxshi ishlarni qilgan bo‘lsa mukofotini, yomon ishlar qilgan bo‘lsa jazosini oladilar va ularning qilgan barcha ishlari insonga ko‘rsatiladi. Ularning qilgan ishlari tarozuda tortiladi.

  1. Insonning boshiga tushadigan yaxshilik yoki yomonlik Alloh tarafidan bo‘lishiga – taqdirga imon keltirish. Batafsil qilib aytganda, taqdir – insonga keladigan barcha yaxshilik va yomonlik, borliqdagi har bir hodisa va voqealar yoki oxiratda bo‘ladigan hamma ish Allohning taqdiri, ilmi, irodasi va beligilab qo‘ygani bo‘yicha sodir bo‘lishiga imon keltirish hisoblanadi. Xursandchilik va xafalik, hayot va o‘lim, boylik va kambag‘allik, kasallik va sog‘lomlik va boshqa barchasi Allohdan deb bilishdir. Taqdir masalasini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi, hatto payg‘ambarlar ham va farishtalar ham bu sirdan voqif emas.

Qadar masalasida chuqur ketib bahs qilish xato deb bilinadi. Alloh qiyomatgacha nima bo‘lishini biladi. Agar ularni bilmasa, Uning komil sifati nuqsonli bo‘lib qoladi. Mazkur ilohiy ilm «qazoi-qadar» deb ataladi.
Qazo – Allohning hamma narsalarning kelajakda qandoq bo‘lishini azaldan bilishi. Qadar esa, o‘sha narsalarning Allohning azaliy ilmiga muvofiq ravishda vujudga kelishiga aytiladi.

  1. O‘lgandan keyin qayta tirilishga ishonish ham imon shartlaridan biridir. Qiyomat kuni bo‘lganda, barcha insonlar qayta tirilib, mahshargohga yig‘iladilar. U kunda yaxshi ishlarning mukofoti (jannat), yomon ishlarning jazosi (do‘zax) beriladi. Barcha ishlar Xudoning huzurida ko‘riladi. Banda amallari hisob-kitob qilinadi. Har bir kishining qilgan ishlari kitobi – nomai a’moli o‘qiladi. Yaxshi amallar va yomon ishlar hammasi o‘lchanadi.

Qiyomat tik turish ma’nosini bildiradi. O‘sha kunda hamma qabridan tik turib tirilishiga shu nom berilgan. Qiyomat – hisob kuni, oxirat kuni, mahshar kuni kabi bir qancha nomlar bilan ham yuritiladi. Qiyomatning qachon bo‘lishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Hatto payg‘ambar va farishtalar ham. Faqat uning alomlatlari bildirilgan.
Islom ta’limotiga ko‘ra qiyomatda insonlar savol-javobdan o‘tadigan joy – mahsharga yig‘iladilar. Mahsharda savol-javobdan keyin insonlarga do‘zax ustidagi sirot nomli ko‘prikdan o‘tishlari aytiladi. Qiyomatdan o‘tgan inson jannat (bog‘, bo‘ston) yoki do‘zaxdagi joyiga boradi. Alloh jannatni ham, do‘zaxni ham yaratib qo‘ygan. Ular inson yetib boradigan so‘ngi manzil hisoblanadi.
Diniy aqida bo‘yicha, jannat imon keltirgan, taqvodor, yaxshi insonlar uchun tayyorlab qo‘yilgan. Ular u yerda rohat va farog‘atda yashaydilar. Qiyinchilik, kasal, qarilik va o‘lim yo‘q. Istagan narslari muhayyo bo‘ladi. Bularning barchasi bu dunyoda qilib o‘tgan amallari tufayli beriladi. U yerdagi narsalar tugamaydi, insonlarga man qilib qo‘yilmaydi. Jannatdagi eng oliy ne’mat, bu Allohning diydorini ko‘rishlik hisoblanadi.
Do‘zax esa, jannatning aksi kofir, munofiq va gunohkor – diniy talablarni bajarmaganlar uchun tayyorlab qo‘yilgan va ularga turli azob-uqubat beriladigan jazolash joyi. U yerda azob uchun olov, qaynab turgan buloq bo‘ladi. Yeydigan va ichadigan narsalari ham ularni azoblash uchun bo‘ladi. Do‘zax ham abadiy qoluvchi hisoblanadi. Ulardagi azoblar yengillatilmas va vaqtinchalik bo‘lmaydi. U bir necha tabaqa chuqurlikdan iborat, gunohlari darajasiga qarab jazolanadilar.
Jannatdagi rohatlar va do‘zaxdagi uqubatlar ham jasad va ham ruh uchun bo‘ladi. Qiyomat, jannat va do‘zaxning vasfi haqida Qur’onning ko‘p oyatlarida ma’lumotlar berilgan.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə