Dinshunoslik


Masala bayoni. Moturidiylik va ash’ariylik



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə43/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Dinshunoslik maruza

3.Masala bayoni. Moturidiylik va ash’ariylik. Islom tarixini o‘rganish jarayonida ko‘plab olimlar kalom ilmida faoliyat olib borib o‘zlarining aqidaga oid asarlar yozganlarini ko‘rish mumkin. Ulardan hanafiy mazhabi olimlaridan Abu Hafs Nasafiy «Aqida an-Nasafiyya», Abul Muin Nasafiy «Tabsirat al-adilla», Abu Ja’far Tahoviy «Aqida at-Tahoviyya»larni alohida sanab o‘tish o‘rinli. Bulardan boshqa olimlar ham, shuningdek, molikiy, shofeiy, hanbaliy mazhabi ulamolari ham bu borada qalam tebratib o‘zlaridan muhim asarlar qoldirganlar.
Ularning barchalari Qur’on oyatlari va hadislar asosida hamda sahobalarning uslubi asosida aqida masalalarini bayon etib berganlar. Aqida borasida faoliyat olib borgan olimlarning orasida imom Abu Mansur Moturidiy va imom Abul Hasan Ash’ariylar alohida ajralib chiqqanlar. Bu olimlar Ahli sunna val jamoa aqidasi bo‘yicha imom deb tan olindilar.
«Ahli sunna val jamoa» to‘rt fiqhiy mazhabdan biriga amal qilib kelayotgan bo‘lsalar, aqidaviy masalada ikkiga – moturidiylik va ash’ariylikka e’tiqod qiladilar. Bunda hanafiy mazhabi moturidiylik, molikiy, shofeiy va hanbaliy mazhabi ash’ariylik ta’limotida deb hisoblanadi.
Moturidiylik aqidaviy maktab asoschisi buyuk kalom imomi va faqih Abu Mansur Moturidiydir (853-944). Uning hayoti haqida maolumotlar kam. Asli Samarqandning Moturid qishlog‘idan (hozirgi Jonboy tumnida joylashgan) bo‘lib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingan. Abu Mansur Moturidiy dastlabki ta’limni shu qishloqda olib, keyinchalik Movarounnahrning o‘sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo‘lgan Samarqandda davom ettiradi.
Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, zamonasining ko‘zga ko‘ringan hanafiy mazhabi olimlaridan dars olib o‘z bilimini oshiradi. Shu vaqt davomida ko‘plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqatda bo‘lgan va munozaralar qilib, shu sohaga oid asarlar yozib qoldirgan. Ulardan quyidagi «Kitabut Tavhid», «Kitabul maqomat», «Kitab rad avoilil adila lil Kaobiy», «Kitabul usul», «ar-Rad ala usulil Qaromita», «Kitab ta’vilot ahli sunna» va boshqalarni keltirish mumkin.
Abu Mansur Moturidiyning ko‘p asarlari bizgacha yetib kelmagan, yetib kelganlari ham asosan xorijiy mamlakatlar kutubxona va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi.
Moturidiy islom olamida juda nozik hisoblangan «Kitabut tavhid» asari bizning davrimizga yetib kelgan. Olimning yana bir asari «Kitab ta’vilot ahli sunna» yoki boshqa bir nomi «Ta’vilot al-Qur’on» deb nomlanadi. Moturidiy bu asarida sunniy aqidaga zid qarashlarni rad qilishga harakat qiladi va Abu Hanifaning qarashlariga suyangan holda ish ko‘radi. Moturidiyning bu birgina asari tarix jarayonida ko‘p allomalar asarlariga asos solgan, ular ijodiga turtki bo‘lgan.
Moturidiy ko‘p shogirdlar yetishtirdi, ular o‘z ustozlarining ta’limotini davom ettirishganligi tufayli hanafiy mazhabida kalom ilmi bo‘yicha moturidiya maktabi vujudga kelgan.
Moturidiy «Imom al-huda» (hidoyat yo‘li imomi) va «Imom al-mutakallimin» (mutakallimlar imomi) kabi nomlar bilan ham mashhur bo‘lgan.
Ash’ariy ta’limotining asoschisi Abul Hasan Ash’ariy (873-941) bo‘lib, u boshlang‘ich saboqlarni o‘z otasidan olgan, keyinchalik o‘z zamonasining taniqli olimlaridan Abu Ishoq Marvaziy va Ibn Surayjdan fiqh ilmini, Zakariyo ibn Yahyo Sojiydan hadis ilmini o‘rganadi.
Abul Hasan Ash’ariy taxminan 40 yoshlaridan keyin Bog‘dodga ko‘chib keladi va umrining oxirigacha ushbu shaharda qoladi.
Olim yuzga yaqin asarlar yozgan bo‘lib, ulardan baozilari quyidagilardir: «al-Fusul fiy ar-radd oala al-mulhidin», «ar-Rad ala al-mujassama», «Iyzohul burhon fiy ar-rad ala ahluz zayg‘ vat tug‘yon», «an-Naqs alal Juboiy», «Maqolotul mulhidin», «Tafsiru Abul Hasan», «Imomatu Abu Bakr Siddiq».
Abul Hasan Ash’ariy ahli sunnat va jamoaning ash’ariya e’tiqodiy ta’limotini yaratayotgan vaqtda Samarqandda Abu Mansur Moturidiy ham moturidiya ta’limotiga asos solayotgan edi. Bu ikki imom bir vaqtda yashagan bo‘lsalar ham bir-birlari bilan uchrashmagan, shunday bo‘lsada, ularning aqidaviy qarashlari deyarli bir xil. Ayrim juz’iy masalalarda lafziy ixtiloflar bo‘lsada, ularning asl maqsadi bir hisoblanadi. Boshqacha aytganda ikki ta’limot orasidagi ba’zi ixtiloflar lafziy bo‘lib, mohiyatan bir-birini qo‘llab-quvvatlab keladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda ular o‘zaro bir-birini adashganlikda yoki bid’atchilikda ayblamaydi. Ular o‘zaro bir-birlarini «ahli sunna val jamoa» deb e’tirof etadilar.
Ash’ariy va moturidiylik orasidagi asosiy farq imon masalasidadir. Moturidiy ta’limotiga ko‘ra imon til bilan iqror qilib, dil bilan tasdiqlashga aytiladi. Amal imonning tarkibiga kiritilmaydi. Ash’ariylikda esa, imonga amalni ham qo‘shadilar. Shu sababdan moturidiylik tarqalgan hududlarda imon keltirgan kishi musulmon hisoblanadi, ammo amal qilmagani uchun gunohkor bo‘ladi, deb yuritiladi.
Mazkur ikki olimning ta’limotlari islom olamida keng tarqaldi va asrlar davomida musulmonlarni sof e’tiqodda bardavom bo‘lishiga, oyat va hadislarning ma’nolarini to‘g‘ri anglab, hayotga tatbiq etib kelishlariga, turli e’tiqodi noto‘g‘ri oqimlar ta’siriga tushib qolmaslikka sababchi bo‘ldi.


  1. Yüklə 0,69 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə