Dinshunoslik


Hadislar Islom dinining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbaidir



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə35/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
Dinshunoslik maruza

Hadislar Islom dinining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbaidir.
Hadis – arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi «xabar», «yangilik», «hikoya» demakdir. «Hadis» va «sunnat» so‘zlari muxaddislar o‘rtasida bir ma’noda qo‘llanilib, payg‘ambar Muhammad (sav)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari, fe’l-atvorlari, axloqlari, hayot yo‘llari to‘g‘risidagi rivoyatlarni anglatadi.
Hadis Islom dinida Qur’ondan keyingi ikkinchi manba sanaladi. Hadis ilmi esa islom olamida eng ulug‘ va mo‘tabar sanaladi. Hadis ikki turga bo‘linadi: 1. Hadisi Qudisiy – ya’ni aytilgan hadisni ma’nosi Allohniki bo‘lib, aytilishi Muxammad (sav) dan bo‘lgan. Uni Alloh o‘z nabiysiga ilhom berish, tushida ko‘rsatib bildirish orqali habar beradi. Payg‘ambar esa buning ma’nosi Alloh nomidan, Alloh aytdi, deb sahobalariga yetkazganlar.
Hadisi qudisiyning martabasi, o‘rni Qur’on bilan xadisi Nabaviy o‘rtasidadir. 2. Hadisi Nabaviy – bu Muhammad (sav) ning Qur’onga tayangan holda aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlardir.
Hadislar e’tiborga olinishi jihatidan yana uch qismga bo‘linadi: 1. Sahih – eng to‘g‘ri, ishonchli xadislar. Ular Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar tomonidan yetkazilganligi bilan qimmatli va e’tiborga loyiqdir. 2. Hasan – «go‘zal» hadislar, ya’ni hadisni yetkazgan kishilar o‘rtasida qqqandaydir uzilish ro‘y bergan holda yetkazilgan hadislardan iborat. 3. Zaif ya’ni ishonchsiz hadislar. Agar hadisni yetkazganlar orasida hurmatga va ishonchga loyiq bo‘lmagan odamlar kirib qolgan bo‘lsa, bunday hadislar «zaif», «ishonchsiz» deb hisoblangan. Shuning uchun ham har bir hadis ikki qismdan iborat. Uning birinchi qismida ushbu hadisni yetkazgan kishilarning nomlari, bunda Muhammad (sav) ning hikmatli so‘zlari, ko‘rsatmalari va boshqalarni shaxsan eshitgan, ko‘rgan odamlarning nomigacha sanab ko‘rsatilgan. Ikkinchi qismda esa, hadisning umumiy mazmuni keltirilgan.
Qur’onda barcha xuquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqliy kiritish va izohlab tushuntirish uchun Muhammad (sav) o‘z Xadislarini aytardi. Bu hadislarni payg‘ambarning safdoshlari, quvvai-xafizasi kuchli sahobalar yodda saqlashga harakat qilardi. Payg‘ambar hayotlik chog‘larida hadislarni jamlashga ruhsat bermagan, chunki sahobalarning Qur’onga xadislarni aralashtirib yuborishlaridan qo‘rqib, ularni yozishdan qaytargan. Ul zot sahobalarga: «Mendan Qur’oni karimdan bo‘lak hech narsani yozib olmanglar, agar kimki biror narsa yozib olgan bo‘lsa, uni yo‘q qilsin!», - der edi.
Muhammad (sav) vafotidan so‘ng Qur’on va xadislarni yod olgan o‘tkir xofiza egasi bo‘lgan sahobalar soni tobora kamayib borayotganini, Payg‘ambar (sav) Xadislariga begona so‘z aralashib qolishi va unitilib ketishidan qo‘rqib va kelgusi avlodlar uchun qoldirish niyatida uni yozma shaklda to‘play boshladilar. Boz ustiga xadislarni bilgan kishilar turli yurtlarga tarqalib ketgan edilar. VII asr o‘rtalaridan boshlab ularni topib, Xadislarni og‘izlaridan yozib olishga harakat qilingan.
VIII asr boshlarida Umaviy xalifalardan Umar ibn Abdulaziz noiblariga Muhammad (sav) hadislarini jamlash haqida farmon berdi. Natijada ko‘plab ulamolar Hadislarni jamlab yozishga kirishib ketdilar. Abdumalik ibn Abdulaziz Jurayx, Ar-Rabi’ ibn Subayx kabi allomalar Birinchi Xadis kitoblarini yaratdilar. Ulardan so‘ng xadis ilmi yanada rivojlanib birin-ketin ko‘plab xadis to‘plamlari yuzaga keldi. O‘lkamizda quyida nomlari zikr etilgan zotlar: Imom ibn Muborak al-Marvaziy, Imom Isxoq al-Marvaziy, Imom ibn Kulayb ash-Shoshiy va boshqalar birinchi bo‘lib hadis to‘plamlarini tuzganlar. Biroq bu to‘plamlarda hadislar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan bo‘lib, ularda payg‘ambar hadislari sahobalar va tobeinlarning fatvolari bilan chalkashtirib yuborilgan edi.
Keyingi xijriy III asr melodiy IX asr hadis ilmining «oltin asri» deb shuhrat qozongan. Chunki bu davrda hadislarni to‘plash davri o‘tib, endi ularni manbashunoslik va matnshunoslik ilmi qoidalariga muvofiq tahlil va tadqiq etish, ma’lum mazmun aosida tartib berishga kirishildi. Hadis to‘plash soxasida «Musnad», «Sahih» va «Sunan» deb nomlangan yo‘nalishlar vujudga keldi. Bu davrda keyingi asrlar, keyingi avlodlar uchun namuna bo‘ladigan ishonchlik hadis to‘plamlari yaratildi26.
«Musnad» arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi asoslangan, dalillangan demakdir. U hadis to‘plamlarining ilk turi. «Musnad» to‘plamlarida hadislar ularni bir-biridan eshitgan shaxslar silsilasiga asoslangan holda, ya’ni har bir hadis uni habar qilgan shaxsning ismi bilan bog‘langan tarzda joylashtirilgan. Bundan tashqari bunday to‘plamlar turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilishi bilan ham ajralib turadi. «Musnad» yo‘nalishidagi hadis to‘plamlariga Abdulloh ibn Muso va Imom Ahmad ibn Xanbalning hadis to‘plamlarini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
«Sahih» - arabcha so‘z bo‘lib ishonchli, to‘g‘ri demakdir. Eng ishonchli deb hisoblangan hadis nomi. Sahih yo‘nalishiga buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy asos solgan.
Sahix xadis deb: uni birinchi rivoyat qiluvchisidan to oxirgi muxaddisga qadar o‘rtada uzilib qolmagan, rivoyat qiluvchilarning biror tabaqasida (zanjirida) roviyning ma’naviy va jismoniy nuqsoni bo‘lmagan (kar, soqov, duduq, aqli zaiflik, yolg‘on gapirib qo‘yishlik kabi illatlar bo‘lmagan), barcha xadis rivoyat qiluvchilarning ishonchliligi elga mashxur bo‘lgan kishilarning rivoyatiga aytiladi27. Imom al-Buxoriy va Imom ibn Muslimning hadis to‘plamlari sahix –ishonarli deb sanaladi.
«Sunan» yo‘nalishidagi hadis to‘plamlaridagi hadislarning hammasi ham sahix-ishonchli, to‘g‘ri bo‘lmay, ularda zaif hadislar ham mavjud. Bu yo‘nalishdagi hadislarga Abu Dovud, Iso at-Termiziy, an-Nasoiy va ibn Mojaning hadis to‘plamlari kiradi.
Shunday qilib, Islom tarixida hadislarning tan olingan 6 ta to‘plami vujudga kelgan. Bulardan, ayniqsa 2 tasi – «Sahihi Buxoriy» va «Sahihi Muslim» ko‘p e’zozlanadi. Imom ibn Moja, Imom Abu Dovud, Imom at-Termiziy, Imom an-Nasoiylarning hadislar to‘plami qolgan 4 hadis to‘plamini tashkil etadi. Islom dunyosida tan olingan va hurmatga sazovor 6 ta muhaddisdan 2 tasi bizning yurtimizdan chiqqandir.
Yuqorida nomlari zikr etilgan 6ta muhaddis o‘zlarining barakali ijod va xizmatlari bilan payg‘ambar va sahobalar nomidan turli maqsadlarni ko‘zlagan holda sohta hadislar to‘qishga uringan va urinmoqchi bo‘lgan kishilar yo‘lini to‘sgan va bunday hatti-harakatlarga g‘ov soldilar. Shu boisdan ham keyingi davr ulamolari mazkur ustoz va shogirdlar asri – xijriy III asr, milodiy IX asrni hadislarni to‘plash va tadqiq etish borasida «oltin asr» deb hisoblaydilar.
Ulardan keyin yashagan va xadis ilmi bilan shug‘ullangan ulamolarning hammasi yuqorida qayd etilgan ulug‘ va mo‘tabar muhaddislar qizigan ariqdan suv ichgan va qozonidan taom yeganlar.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə