Dinshunoslik



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə31/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
Dinshunoslik maruza

5- Mavzu : Islom dini.
Ma’ruza rejasi

  1. Islomning kelib chiqishi va shakllanishi va boshqa o‘lkalarga tarqalishi

  2. Islom dinidagi asosiy yo‘nalishlar va mazhablar.

  3. Islom dinining asosiy manbalari.

  4. Islom dini manbalarinining tarbiyaviy ahamiyati.

Tayanch tushunchalar
Johiliya, qonunsizlik, yakkaxudolik, vahdoniyat, vahiy, hijrat , xalifalik, mazxab, Qur’on, hadis, sunniylik, shialar, ahloqiy komolot, halollik, poklik, iymon, vijdon, oila muqaddasligi, islomda ayollarga munosabat.
Biz islom dini ota-bobolarimiz dini ekanini,u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham ma’rifat ekanini doimo yuksak qadrlaymiz. Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma’naviy hayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab, aytish mumkinki, Alloh bizning qalbimizda, yuragimizda. Dinga hurmat va e’tiqod – biz uchun o‘lmas qadriyatdir. Islom Karimov.



  1. Masala bayoni. Islomning kelib chiqishi va shakllanishi va boshqa o‘lkalarga tarqalishi

Arabiston yarim orolida islom vujudga kelgan davrdagi shart –sharoit va ma’naviy hayot.
Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. E’tiqod qiluvchilari soni jihatidan esa xristianlikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Xozirda Islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni qariyib milliard 600 million kishini tashkil etadi18. Yil sayin bu dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda.
Islom dini VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida (xozirgi Saudiya Arabistonida) paydo bo‘lgan.
Islom – arabcha so‘z bo‘lib, mazmuni bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh irodasiga topshirishni bildiradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha «muslim» - «islomni qabul qilgan», «itoatli», «sadoqatli» demakdir. Ko‘pligi «muslimun» deb ataladi. Bu so‘z xozir o‘zbeklarda – musulmon, qirg‘iz va qozoqlarda – musurmon, Ukraina va Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi.
Umumiy tarzda, Islom – Alloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo‘ysunimoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan dinga iymon (ishonch) keltirmoqlik demakdir. Jahonda qariyb 1,6 mlrd. kishi islomga e’tiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan ko‘prog‘i Osiyoda yashaydi va bu qit’a aholsining 20 % dan ortiqrog‘ini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga to‘g‘ri keladi. Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo‘lgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining ko‘pchiligini tashkil qiladi. Shimoliy Afrika, G‘arbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Avg‘oniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya kabi mamlakatlarida aholining 80% dan ortig‘i musulmonlardir. Bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80 % gacha tashkil qiladi. (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, ba’zi bir mamlakatlar (Givineya-Bisau, Kamerun, Burkina-Faso, Serra-Leone) da musulmonlar ozchilikni tashkil etsada, ta’sir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar – Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; Musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopeya, Tanzaniya, Kipr, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Albaniya, Bosnya va Gersegovina, Makedoniya, Serviya, Chernogoriya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqalar), Shimoliy va Janubiy Amerika qit’asi mamlakatlari (AQSh, Kanada, Argentina, Brazilya, Gayana, Surinam, Trinidad, Tabago) da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi.
Islomning paydo bo‘lishi VI asr oxiri – VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va ma’naviy hayot bilan bog‘liq holda ro‘y bergan.
Bu davrda arablar katta-kichik qabila va urug‘larga bo‘linib ketgan bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy kelishmovchilik, urush va janjallar ro‘y berib turardi.
Ikkinchidan, bu davrda Arabistonda ko‘p xudolilik dinlari mavjud bo‘lgan. Asosan fetishizm – turli sanamlarga sig‘inish xukmronlik qilardi. Har bir qabilaning o‘z dini, sanami bo‘lib, 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanardi. Ularni arablar vaqti-vaqti bilan ziyorat qilib turganlar.
Uchinchidan, bu davrda arab qabilalari o‘rtasida joxiliya – bilimsizlik holati, jaholat xukmronlik qilardi. Ya’ni, arablar hayotida tubanlik, ichkilikbozlik, qimor, buzuqlik avj olgan edi. Binobarin, insonlarning ruhlari ham, e’tiqodlari ham, hatti-harakatlari ham buzilgan edi. Odamlarda uyat tuyg‘usi yo‘qolgan edi. Fohishalik bir kasbga aylangandi. Ayollarga hayvondek muomila qilinardi. Go‘dak qizlarni tiriklayin ko‘mish odati bo‘lgan va boshqalar.
Shunday qilib, Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, axloqsizlik, zo‘ravonlik hukm surgani uchun ham keyingi avlod o‘sha davrni haqli ravishda Joxiliya deb atagan va undan qutilishning najot yo‘li kerak edi.
Bunday xolatlarga, ayniqsa bo‘linib ketgan arab qabilalari o‘rtasidagi o‘zaro nizo va urushlarga barxam berish uchun siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy jihatdan birlashgan yagona Arab davlatini vujudga keltirishni davr taqazo etmoqda edi. Bunga esa yagona xudoga e’tiqod qilish orqali erishish mumkin bo‘lardi.
Bu davrda Islomning paydo bo‘lishi uchun g‘oyaviy muhit ham yetilib borayotgan edi. Chunonchi, xaniflar – chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar diniy harakati bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Xaniflar arab qabilalarini birlashtirish jarayonining g‘oyaviy ifodachisi edilar. Ular yakka xudoga ishonishni va ko‘pxudolikka e’tiqod qilishdan voz kechishni targ‘ib qilardilar. Xaniflar o‘z targ‘ibotlarida arablarni og‘ir ahvoldan qutqarish uchun xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatib, uni sabr bilan kutib turish lozimligini uqtirardilar.
Shunday qilib, bu davrda arablarni har jihatdan birlashtirish, kuchli saltanatni vujudga keltirish, yakkaxudochilikka o‘tishga xijoz arablari ma’lum ma’noda tayyor edilar. Bunday harakatni boshqargan kishilar o‘z faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan asoslay olgan holdagina muvaffaqiyatga erisha olardi. Islomning asoschisi Muhammadning diniy va siyosiy faoliyatlari yuqoridagi jarayonlarning xususiy ko‘rinishi bo‘lgan. Muhammad har tomonlama barkamol inson bo‘lganlari, u zotning shaxsiy fazilatlari tufayli xijozliklarning harakati o‘ziga xos xususiyatlar kasb etib, diniy va siyosiy kuchga aylandi; bu kuch islomning vujudga kelishini eng muhim tarixiy voqealardan biriga aylantirdi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə