Dinshunoslik


Masala bayoni. Xristianlikning O‘rta Osiyoga kirib kelishi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə27/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
Dinshunoslik maruza

Masala bayoni. Xristianlikning O‘rta Osiyoga kirib kelishi

Milodning boshlaridayoq xristianlik Markaziy Osiyo, ayniqsa, Marv va Baqtriyada keng tarqalgan edi. Ana shu davrda xristianlarning Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lganini cherkov, manastiya, xristianlikka oid buyum qabrtosh hamda tanga kabi tarixiy ashyoviy dalillar isbotlaydi. Arablar bu hududni egallaridan so‘ng xristianlik jamoalarining faoliyati to‘xtagan. Xristianlikning Turkiston o‘lkasida keyingi paydo bo‘lishi XIX asrning 40 –yillariga to‘g‘ri keladi.
XIX asrning 70-yillari O‘rta Osiyo mintaqasiga, pravoslavie bilan bir qatorda, boshqa oqimlarning tarafdorlari ham kirib kela boshladi. Ular ortidan turli sektalarga mansub dindorlar, masalan, baptistlar, adventistlarga, katoliklar va boshqalar ham paydo bo‘ldi. 1879 yil 27 martda Rossiya imperatorining maxsus qonuni e’lon qilingach, bu jarayon yanada faollashadi. Rossiya armiyasi tomonidan Birinchi jahon urushida asir olingan nemis, polyak, eston, shved, litvalik, latish va boshqa g‘arbiy yevropalik askarlarning Turkiston o‘lkasiga surgun qilinishi ular e’tiqod qiladigan din yoki oqimning kirib kelishiga sabab bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20-30-yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkiston general-gubernatorligida 6,03 million musulmonga 391 ming pravoslav yoki 5340 masjidga 306 cherkov to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, e’tiqod jihatidan 10,0 ming pravoslav oqimiga mansub staroobryadchilar, 8,2 ming lyuteranlar, 7,8 ming katoliklar, 26 ming yahudiy diniga va 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga mansub dindorlar bo‘lgan.Pravoslav yo‘nalishi O‘zbekiston hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda Turkiston (hozirgi vaqtda O‘rta Osiyo va Toshkent) yeparxiyasini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.Xristianlikning O‘zbekistonda tarqalgan oqimlaridan biri katolitsizmdir. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asr oxirlarida Toshkentda 2300 ga yaqin katolik istiqomat qilgan. O‘sha vaqtda rim katoliklari jamoalariga Yustin Pranaytis rahbarlik qilgan. Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1917 yilda qurib bitkazilgan. Hozirgi vaqtda bu bino tarixiy obida sifatida qayta ta’mirlandi.
Keyingi o‘n yillikda mahalliy koreys millatiga mansub shaxslar orasida protestantizm yo‘nalishiga qiziqish ortdi. Bunga, bir tomondan koreyslarning o‘z qarindosh-urug‘lari bilan diydor ko‘rishish va boshqa maqsadlarda Janubiy Koreya, AQSh va boshqa rivojlangan davlatlarga borib kelishi omil bo‘ldi. Xorijda ular ma’lum bir diniy oqim ta’siriga tushib, O‘zbekistondagi yaqinlariga ham mazkur oqim ta’limotlarini targ‘ib qila boshladi. Shuningdek, Janubiy Koreya va AQSh lik koreys millatiga mansub kishilar ham katta moddiy mablag‘ga ega bo‘lgan protestantizm yo‘nalishi markazlari hisobig mahalliy koreys millati vakillari orasida missionerlik faoliyatini olib bormoqda.
O‘zbekistondagi koreys protestant cherkovlarining deyarli barchasini pyatidesyaniklik yo‘nalishidagilar tashkil etadi. Ibodat tarzlari protestantizmdagi yo‘nalishlarda bajariladigan amallar kabidir. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan To‘liq Injil xristianlarining (pyatidesyatniklik) ilk jamoalari XX asr 20-yillari oxirida Toshkent shahrida tuzildi.Yevangelchi-lyuteranlar O‘zbekiston hududida 1877 yilda buyon faoliyat yuritib, 1884 yildan ibodatlarini rasman amalga oshirib kelgan. 1890 yilda me’mor A.L.Benua rahbarligida boshlangan cherkov qurilishi 1896 yilning dekabr oyiga kelib nihoyalandi.
O‘zbekistonda yana bir cherkov – Novoapostollik cherkovi bo‘lib, u xristian dinining protestantlik yo‘nalishiga mansub oqimdir. Novoapostol cherkovi O‘zbekistondagi faoliyatini 1992 yildan boshlab, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Navoiy shaharlarida ro‘yhatdan o‘tgan. O‘zbekistondagi Novoapostol cherkovlari Berlin Brandenburg okrugi tasarrufidadir. Uning apostol-prezidenti – Fris Shreder.
O‘zbekistonda “Iegova shohidlari” protestant yo‘nalishidagi diniy tashkilot ham faoliyat yuritmoqda. Mazkur diniy sektaga 1870 yilda amerikalik ishbilarmon Ch.T.Rassel asos solgan. Sektaning markazi Bruklin shahrida joylashgan va 15 a’zodan iborat bo‘lgan “Rahbar korporatsiya” ga bo‘ysunadi.
Ayrim manbalar O‘rta Osiyoda Iegova shohidlarining XX asrning 40-yillarida paydo bo‘lgani haqida ma’lumot beradi. O‘sha davrda ular o‘zlarini “kanalistlar” deb atab kelgan.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə