Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/99
tarix11.12.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#147362
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Shamanizm (shomonlik).
Boshqa millatlarda 
bo‘lgani singari, Markaziy Osiyo xalqlarida ham sha-
manizm turli ko‘rinishlarda kuzatiladi. Folbinlik, rom 
ochish, issiq-sovuq qilish, ilgirlik kabilarni shamanizm 
belgilari sifatida keltiriladi.
Bugungi kunda ham ba’zan biror narsasini yo‘qot-
gan kishi folbinga borish holatlari uchraydi. Shuning-
dek, sehr yo‘li bilan birovga foyda yoki zarar yetkazish-
ga urinish amaliyoti ham kuzatiladi. Markaziy Osiyo 
xalqlarida ba’zan biror kimsa uzoq vaqt kasal bo‘lsa, 
unga sog‘ayishning birdan-bir yo‘li – ruhlar bilan mu
-
loqotga kirishish, deb uqtiradilar. Bunday kishilar xalq 
orasida «odamli» deyiladi. Ammo unutmaslik kerakki
ko‘pincha, bunday hollar sodda odamlarni aldash uchun 
o‘ylab chiqarilgan bo‘ladi.
Jonivorlar va o‘simliklarga sig‘inish.
Markaziy 
Osiyo xalqlari orasida, asosan, quyidagi jonzotlar va 
o‘simliklar muqaddaslashtirilgan:
Bo‘ri.
Qadimgi turk afsonalariga qaraganda, Ashi-
na qabilasidan bo‘lgan yosh go‘dakni bo‘ri emizib kat-
ta qilgan. Shuning uchun ham Yevroosiyo vohalaridagi 
turklarning ko‘k bayrog‘ini bo‘rining oltindan yasalgan 
boshi bezab turgan. Bo‘rining mo‘jizaviy ilohiy kuchiga 
ishonch shu kunlargacha qisman saqlanib qolgan.
Ot.
Otni ulug‘lash turkiy xalqlar orasida qadimdan 
mavjud bo‘lgan. Buni Janubiy Qirg‘iziston tog‘larida-
gi (Aravon, Ayirmoch-Tog‘) qoyalarga bitilgan otlar 
tasvirida ko‘rishimiz mumkin. Tasvirlar tagida hayvon-
larni qurbonlikka keltirib, sham yoqish uchun tokcha-
lar yasalgan. Otning muqaddasligi haqidagi tushuncha 
nafaqat dashtlarda yashovchi qabila va elatlarda, balki 
dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi orasida 
ham keng tarqalgan.
Odamlar! Eng 
avvalo, ezgu 
axloqqa ega 
bo‘lishga hara-
kat qiling,
zero, axloq qo-
nunning asosi-
dir.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə