Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/99
tarix11.12.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#147362
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Yahudiylarning Markaziy Osiyoga kirib kelishi qachondan boshlangan?
2. Yahudiylarning qadimda Markaziy Osiyoda yashaganini ko‘rsatuv-
chi topilmalar qachon va qayerdan topilgan hamda ular qaysi davrga 
tegish li?
3. Markaziy Osiyodagi yahudiylar nima uchun «Buxoro yahudiylari» deb 
ataladi?
YAHUDIYLIK
5-§
DIN TARIXIDAN
Yahudiylik dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri 
bo‘lib, taxminan, miloddan avvalgi 2-mingyillikda 
Yaqin Sharqda paydo bo‘lgan. U faqat yahudiy xalqiga 
xos millat dini hisoblanadi. Abu Rayhon Beruniy o‘zi-
ning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kito-
bida yahudiylar nomi somiy tillardagi «hoda», ya’ni 
«tav ba qilmoq, tavba qilganlar» so‘zidan kelib chiqqan, 
degan fikrlar mavjud ekanini aytib o‘tgan. Keng tarqal
-
gan fikrga ko‘ra esa, «yahudiy» so‘zi Ya’qub payg‘am
-
barning o‘g‘li Yahudo nomidan olingan.
Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroildir. «Is-
roil» so‘zi Ya’qub payg‘ambarning ikkinchi nomi bo‘lib, 
«banu»-bolalar deb tarjima qilinadi. Demak, Banu Isroil 
nomi «Isroil avlodlari» ma’nosini beradi. 
Rivoyatlarga ko‘ra, Ya’qub payg‘ambarning 12 o‘g‘li bo‘lib, ular­
ning to‘rtinchisi Yahudo edi. 12 o‘g‘ildan keyinchalik 12 ta qabila 
tarqaldi. Yahudo avlodlari bo‘lgan yahudiylar boshqa qabilalarni 
o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Shundan so‘ng bu qabilalarning barcha­
si «yahudiy» deb atala boshladi.
Fanlarning 
foydasi — ular 
yordamida 
oltin va kumush 
to‘plash emas, 
balki insoniylik 
va donishmand-
likka erishishdir.
Abu Rayhon 
Beruniy


21
Yahudiy xalqiga nisbatan «yevrey» so‘zi ham ishlatila-
di. Bu qadimiy somiy tillaridagi «ibriy» so‘zining o‘zgar-
gan shaklidir. Arab manbalarida bu so‘z «abara, ya’bu- 
ru» — «kechib o‘tmoq» fe’lidan kelib chiqqan, deb hi-
soblanadi. Mazkur din manbalariga ko‘ra, ilk yahudiy qa-
bilalari Mesopotamiyada yashagan edilar. Ular miloddan 
avvalgi XV asrlarda Ibrohim payg‘ambar boshchiligida 
Dajla va Furot daryolaridan kechib o‘tganlar. 
Tavrot, Injil va Qur’onda xabar berilishicha, Ibrohim 
payg‘ambarning nabirasi bo‘lgan Ya’qubning o‘n bi-
rinchi o‘g‘li Yusuf edi. Yusuf va uning akalari o‘rtasi-
dagi munosabatlar sababli Banu Isroil qavmi Misrga 
ko‘chib kelgan. Ular ancha vaqt Misr yerlarida yasha-
ganlar. Keyinchalik Misr fir’avni Banu Isroil qavmiga 
zulm qilgach, Muso payg‘ambar boshchiligida bu xalq 
yana Kan’on (Falastin) yerlariga qaytdi. 
Miloddan avvalgi 722-yilda Isroil podshohligi Ossu-
riya tomonidan, 586-yilda esa Bobil davlati tomonidan 
bosib olingach, yahudiy xalqining bir qismi o‘lkadan 
haydab chiqarildi. 
TARIXGA NAZAR
Bibliya rivoyatlariga ko‘ra, mil avv. 1250-yilda yahudiylar Muso boshchiligida 
Misrni tark etdilar. Mil. avv. 1000-yilda podshoh Saul vafotidan so‘ng uning kuyo-
vi podshoh Dovud Falastinni birlashtirib, Yahudiy podshohligini tashkil qildi.
Dengizning ikkiga 
ajralishi tasviri
Musoni quvib ke­
tayotgan Fir’avn 
(papirusga ishlan­
gan rasm).


22

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə